Yazı məzmunu
“Har bir ayol o‘z mehnati bilan oilasiga va jamiyatiga foyda keltirishi mumkin. Men ham shunday ayollardan ilhom olaman”, — deydi Sanobar Jumaniyozova. Milliy shirinliklar ishlab chiqarish yo‘nalishida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Sanobar Jumaniyozova 2010-yildan beri tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Sanobar opa dastlab moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, o‘z mablag‘i hisobidan biznesini yo‘lga qo‘ygan. Hamroh liniyasi orqali Sanobar opa 850 million so‘mlik kreditdan foydalanib, biznesini kengaytirish maqsadida yangi texnikalar xarid qildi. Shuningdek, u akseleratsiya dasturimizda biznes-reja tuzish, soliq imtiyozlari va eksport jarayonlarini o‘rgandi. Hozirda esa Sanobar opa Hamroh va BMTTDning xorijiy trenerlari tomonidan olib borilgan mentorlik o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladi. Bugun Sanobar opa nafaqat o‘z ishini rivojlantirmoqda, balki ayollarga kasb o‘rgatib, ularni ish bilan ta’minlash orqali o‘ziga xos milliy shirinliklar ishlab chiqarmoqda. Uning mahsulotlari chiroyli ko‘rinishi, hamyonbop narxi va yuqori sifati bilan xaridorlar mehrini qozongan. U mahsulotlarini Telegram kanallari orqali onlayn, shuningdek, do‘konlar bilan shartnoma asosida oflayn tarzda sotmoqda. --- « Каждая женщина может приносить пользу своей семье и обществу своим трудом. Меня вдохновляют именно такие женщины », — говорит Санобар Джуманиязова. Санобар Джуманиязова успешно работает в сфере производства национальных сладостей и занимается предпринимательской деятельностью с 2010 года. Несмотря на финансовые трудности на начальном этапе, она смогла наладить свой бизнес за счёт собственных средств. Через линию Hamroh Санобар получила кредит в размере 850 миллионов сумов и приобрела новое оборудование для расширения производства. Кроме того, на нашей акселерационной программе она изучила составление бизнес-планов, налоговые льготы и экспортные процессы. Недавно Санобар успешно завершила нашу совместную с ПРООН менторскую программу. Сегодня Санобар не только развивает своё дело, но и обучает женщин профессии, обеспечивая их работой и производя уникальные национальные сладости. Её продукция завоевала любовь покупателей благодаря красивому оформлению, доступной цене и высокому качеству. Она реализует свои изделия как онлайн — через Telegram-каналы, так и офлайн — по договорам с магазинами. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook