Yazı məzmunu
Hurmatli tadbirkor ayollar! Hamroh va Uzum Market tomonidan e’lon qilingan kichik grantlar tanloviga bildirgan katta qiziqishingiz va faol ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Grant dasturining shaffofligi, xolisligi hamda xalqaro standartlarga to‘liq mosligini ta’minlash maqsadida biz tanlov g‘oliblarini aniqlash mexanizmini kuchaytirishga qaror qildik. Shu munosabat bilan: • g‘oliblarni aniqlash xalqaro tashkilotlarning vakillaridan tashkil topadigan mustaqil tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi; • barcha loyihalar yagona, xolis va professional mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi. Yangi komissiya shakllantirilganligi va baholash xalqaro amaliyot asosida amalga oshirilayotganligi munosabati bilan g‘oliblar 2026-yilning fevral oyi oxirigacha e’lon qilinadi. Biz uchun eng muhim ustuvorlik — tadbirkor ayollar ishonchi, adolatli tanlov va grantlarning real ta’siridir. Shu sababli biz vaqt emas, sifatni tanladik. - - - Дорогие женщины-предпринимательницы! Благодарим вас за высокий интерес и активное участие в конкурсе малых грантов, объявленном Hamroh и Uzum Market. Для нас важно, чтобы грантовая программа соответствовала стандартам прозрачности, объективности и доверия. В связи с этим мы приняли решение усилить процесс отбора победительниц. Это означает, что: • победительницы будут определяться независимой отборочной комиссией, которая будет формироваться из состава представителей международных организаций; • все заявки будут оцениваться по единым, профессиональным и объективным критериям. В связи с формированием новой комиссии и проведением оценки на основе международной практики, победители будут объявлены до конца февраля 2026 года. Мы уверены, что такой подход позволит обеспечить максимальную справедливость отбора и укрепить доверие к программе со стороны предпринимательского сообщества. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook