TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← HAMROH
HAMROH avatar

TGINSIGHT POST

Post #281

@hamrohingizuz

HAMROH

Baxışlar915Yazı baxışları
Yayımlandı6 mar06.03.2026, 17:08
Məzmun

Yazı məzmunu

Haqiqiy hashamat – bu o‘z salohiyatimizni ro‘yobga chiqarish va orzularimiz ortidan borishga jur’at topishdir. Ba’zan bu yo‘l bizdan ko‘proq narsani talab qiladi, ammo bu shunga arziydi”. – Nozimaxon Davletova Hamroh tashabbusi bilan, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) tomonidan amalga oshirilayotgan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda The Coca-Cola Foundation ko‘magidagi WESP grant dasturining birinchi bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ayollarning biznes imkoniyatlarini kengaytirish va ularning iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturda umumiy qiymati 100 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan grantlar ajratildi. Dastur doirasida eng yuqori ball to‘plagan 20 nafar har bir tadbirkor ayol 5000 AQSh dollarigacha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan taqdirlandi. Tadbir davomida “Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash” nomli ijtimoiy film ham namoyish etildi. Film ayol tadbirkorlarning muvaffaqiyatida oila qo‘llab-quvvatlovi qanchalik muhim ekanini yoritadi. --- «Настоящая роскошь — это способность реализовать свой потенциал и найти в себе смелость следовать за своими мечтами. Иногда этот путь требует от нас большего, но он того стоит». — Нозимахон Давлетова. Церемония награждения победителей первого этапа грантовой программы WESP, инициированной Hamroh, реализуемой Программой развития ООН (UNDP), при поддержке Министерства экономики и финансов и The Coca-Cola Foundation. В рамках программы, направленной на расширение возможностей женщин в бизнесе и поддержку их экономической активности, были выделены гранты на общую сумму до 100 000 долларов США. По итогам отбора 20 женщин-предпринимателей, набравших наибольшее количество баллов, получили финансовую поддержку в размере до 5000 долларов США каждая для развития своих проектов. В ходе мероприятия также был представлен социальный фильм «Поддержка женского предпринимательства». Фильм показывает, насколько важна поддержка семьи в достижении успеха женщинами-предпринимателями. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook