Yazı məzmunu
«Meni ilhomlantiradigan ayollarga men doimo e’tibor qarataman. Ularning energiyasi, ishga bo‘lgan ishtiyoqi va qat’iyati nafaqat hayrat uyg‘otadi, balki menga ham oldinga intilish uchun kuch beradi.» — Iroda Rasulova Rasulova Iroda Erkinovna, 45 yosh, Toshkent shahrida istiqomat qiladi. U marketing va menejment yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega hamda uch farzandning onasi. Bugungi kunda Iroda ta’lim xizmatlari sohasida o‘z biznesini rivojlantirib, bolalar va ularning oilalari uchun qulay hamda ishonchli o‘quv muhitini yaratmoqda. Uning tadbirkorlik yo‘li o‘quv markazlari faoliyatiga bo‘lgan qiziqishdan boshlangan. Dastlab u bu ishni uddalay oladimi-yo‘qmi, degan ikkilanishlarni boshdan kechirgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan ishonch ustun kelib, u oldinga qadam tashlashga qaror qiladi. Ishga mas’uliyat bilan yondashish maqsadida Iroda to‘qqiz oy davomida turli o‘quv markazlari faoliyatini o‘rgandi, ularning yondashuv va metodikalarini tahlil qildi hamda asta-sekin kelajakdagi biznesi bo‘yicha o‘z qarashlarini shakllantirdi. Bugun uning o‘quv markazi bolalarni maktabga tayyorlash, nutqida o‘ziga xosligi bo‘lgan bolalar uchun logoped-defektolog mashg‘ulotlari, shuningdek, maktab o‘quvchilari uchun rus va ingliz tili kurslarini taklif etadi. Markaz ishida har bir bolaga individual yondashuvga alohida e’tibor qaratiladi. Iroda shunchaki ta’lim maskani emas, balki bolalar o‘zini erkin his qiladigan va o‘z salohiyatini ochib boradigan muhit yaratishga intiladi. Ta’lim jarayonida zamonaviy vositalar, jumladan, interaktiv doskalardan ham foydalaniladi. Iroda HAMROH kompaniyasi tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan va BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan WESP dasturiga qo‘shildi hamda ikki oylik o‘qishni muvaffaqiyatli yakunladi. Dastur unga biznesni tizimli rivojlantirish, mijozlar ehtiyojlarini chuqur anglash, moliyaviy rejalashtirish va o‘sish uchun yangi imkoniyatlarni izlash kabi muhim ko‘nikmalarni mustahkamlashda yordam berdi. Kelgusi yillarda Iroda o‘z o‘quv markazi filiallari tarmog‘ini kengaytirish, xususiy bolalar bog‘chasini ochish hamda ayollar uchun yangi ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirmoqda. - - - «Я всегда обращаю внимание на женщин, которые меня вдохновляют. Их энергия, страсть к делу и упорство не только восхищают, но и дают мне силы двигаться дальше.» — Ирода Расулова Расулова Ирода Эркиновна, 45 лет, проживает в городе Ташкент. Она имеет высшее образование в области маркетинга и менеджмента и является матерью троих детей. Сегодня Ирода развивает собственный бизнес в сфере образовательных услуг, создавая для детей и их семей комфортную и надёжную среду для обучения. Её путь в предпринимательство начался с интереса к работе учебных центров. В начале у неё были сомнения, сможет ли она справиться, однако со временем уверенность взяла верх, и она решила двигаться вперёд. Чтобы подойти к делу ответственно, Ирода в течение девяти месяцев изучала работу различных учебных центров, анализировала их подходы и методики, постепенно формируя собственное видение будущего бизнеса. Сегодня её учебный центр предлагает подготовку детей к школе, занятия с логопедом-дефектологом для детей с речевыми особенностями, а также курсы русского и английского языков для школьников. В работе центра особое внимание уделяется индивидуальному подходу к каждому ребёнку. Ирода стремится создавать не просто образовательное пространство, а место, где дети чувствуют себя уверенно и раскрывают свой потенциал. В обучении используются современные инструменты, включая интерактивные доски. Ирода присоединилась к программе WESP, инициированной компанией HAMROH и реализуемой совместно с ПРООН, и успешно завершила двухмесячное обучение. Программа помогла ей укрепить ключевые навыки, включая системное развитие бизнеса, понимание потребностей клиентов, финансовое планирование и поиск новых возможностей для роста. В ближайшие годы Ирода планирует расширять сеть филиалов своего учебного центра, открыть частный детский сад и создать новые рабочие места для женщин. 📲Telegram | 📲Instagram | 📲Facebook