Yazı məzmunu
Assalomu alaykum! Ko‘pchilik meni IT Center’dagi menejerlik yoki mentorlik faoliyatimdan, kimdir esa Wunderkind o‘quv markazidagi boshqaruv jarayonlaridan taniydi. Hozirda tuman hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlaganman. Ushbu blogni ochishdan maqsad — texnologiyalarning kuchi bilan bu aholi orasida raqamli savodxonlik darajasini ko'tarish va sun'iy intellekt texnoogiyalaridan foydalanish bo'yicha bilim va tajriba ulashishdir. AI va Biz: Sun’iy intellektni ish jarayonida va kundalik hayotingizda qanday ishlatish mumkin? Ish tajribalarim: IT va ta’lim sohasidagi boshqaruv sirlari, mentorlik davridagi xulosalarim. Tashabbuslar: Tumanimiz yoshlari va tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar hamda IT loyihalar haqida birinchi bo‘lib shu yerda gaplashamiz. Mening asosiy maqsadim — texnologiya va jamiyat o‘rtasida ko‘prik bo‘lish. Agar sizga zamonaviy tuman, aqlli yechimlar va IT sohasidagi real tajribalar qiziq bo‘lsa — safimizga qo‘shiling! @ibrohimjon_aiblog