TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanallara qayıt
Ibrohimjon | AI, IT Blog avatar

TGINSIGHT CHAT

Ibrohimjon | AI, IT Blog

@ibrohimjon_aiblog

Technologies

Rasmiy Sahifa. Tuman hokimi maslahatchisi. AI, IT va ish jarayoni haqida. Tajribalar, tavsiyalar, yutuqlar hammasi bir joyda!

Abunəçilər18Cari abunəçilər
İzlənilən yazılar44İndekslənmiş yazıların sayı
Son əhatə805Son baxışların cəmi
Son yazılar

Son yazılar

1/4 səhifə · 44 yazı

Yayımlandı 18 apr

Claude dizaynerlarni almashtirishga qaror qildi va Claude Design ni chiqardi Claude Design — bu neyron tarmoq to‘liq dizayn vositasiga aylanadigan interaktiv muhit. Endi Claude matnli javoblar o‘rniga ish maydonchasida jonli interfeyslar, saytlar va taqdimotlar yaratadi. Oddiy chatlardan asosiy farq — birgalikda tahrirlash funksiyasi. Siz natijani shunchaki olmayapsiz, balki uni sun’iy intellekt bilan birga takomillashtirasiz: bloklar tuzilmasini o‘zgartirasiz, uslublarni tanlaysiz va maketlarni real vaqtda joylashtirasiz. Model endi faqat matn mazmunini emas, balki kompozitsiya, tipografiya va UX prinsiplari ham tushunadi. Ushbu vosita allaqachon Pro va Team foydalanuvchilari uchun mavjud. @Djemilovdesigner

6 views

Yayımlandı 17 apr

🤖100% AI boshqaradigan do‘kon ochildi San-Fransiskoda do‘konni to‘liq neyronka boshqaryapti. AI’ga $100 000 berishgan — va u o‘zi: • mahsulot sotib oladi • narx qo‘yadi • xodim tanlaydi Eng qiziq joyi: — talabalarni ishga olmayapti — telefonlarni taqiqlagan — o‘zi kassir bo‘lib o‘tiribdi (terminal orqali gaplashasiz) Odamlarga esa: faqat tozalash va tovar qo‘yish qolgan. 3 yilga ijara ham to‘lab qo‘yilgan. AI endi maslahat bermayapti — boshqarayapti 👀 @umidliv

9 views

Yayımlandı 16 apr

Linux - bu butun dunyo kompyuterlari, serverlari va smartfonlarining "yuragi" hisoblanadi. Yaqinda Linux asoschisi Linus Torvalds va uning jamoasi sun'iy intellekt (AI) borasida yakuniy to'xtamga kelishdi. ✅ AI'ga ruxsat: Dasturchilar Copilot kabi AI-yordamchilardan foydalanishi mumkin. Bu taqiqlanmaydi. ❌ "AI Slop" AI yozgan, lekin inson tekshirmagan sifatsiz va mantiqsiz kodlar qabul qilinmaydi. 👤 Mas'uliyat odamda: Agar kodda xato bo'lsa, "buni AI qildi" deb bahona qilib bo'lmaydi. Kod uchun faqat uni yuborgan dasturchi shaxsan javobgar bo'ladi. Xulosa: AI - bu shunchaki tool, lekin sifat va xavfsizlik uchun faqat inson javob beradi!

14 views

Yayımlandı 11 apr

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev sunʼiy intellekt boʻyicha umummilliy xakatonga tashrif buyurdilar. — The President of the Republic of Uzbekistan, Shavkat Mirziyoyev, and the President of the Republic of Kazakhstan, Kassym-Jomart Tokayev, visited the national artificial intelligence hackathon. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn

37 views

Yayımlandı 11 apr

Google NotebookLM’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Gemini’ga integratsiya qildi Endi siz bir nechta loyihalarni tartibga solishingiz va hatto oldingi chatlar hamda tegishli fayllarni manba sifatida qo‘shib, joriy vazifaga e’tiboringizni qaratishingiz mumkin. Bu foydalanuvchilarga bevosita Gemini interfeysida ishlash va Gemini chatlarini NotebookLM uchun manba sifatida ishlatish imkonini beradi. Xizmat Google AI Ultra, Pro va Plus obunachilari uchun mavjud bo‘ladi. Yaqin haftalarda mobil qurilmalarga va bepul foydalanuvchilar uchun ham kengaytiriladi.

30 views

Yayımlandı 10 apr

Mana endi rostdan ham bepulga smartfonda Sun’iy intellekt modelini ishlatsa bo’ladi. 🤩 📹Google Edge Gallery app orqali endi telefonni o'zida hohlagancha bepulga Gemma 4 modelini ishlatish mumkin. Oddiy, appni yuklab olasiz. • E4B agar sizda iPhone 15 Pro dan, Xiaomi 12 dan, Galaxy S21 dan boshlab 8Gb operativ xotirali smartfonlarda. • E2B deyarli barcha smartfonlarda. Model hajmi 4Gb atrofida. • Obuna va tokensiz ishlaydi. • Internetga ulanish shart emas. • Rasm, audio va matnlarni o’qiy oladi. Faqat ishlatish vaqtida smartfon qizishi mumkin. Yuklab olish 👇 AndroidiOS

34 views

Yayımlandı 7 apr

Ibrohimjon | AI, IT Blog pinned a photo

views

Yayımlandı 31 mar

#2026_йил_1_апрелдан 💻 Қонунчиликка кўра, “Рақамли стартаплар” дастурида иштирок этувчи стартап лойиҳаларга IT-парк резиденти мақоми берилади. ✅ Уларга қонунчиликда белгиланган экспортнинг минимал кўрсаткичлари талабисиз тегишли имтиёз ва преференциялардан фойдаланишга рухсат берилади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot

82 views

Yayımlandı 29 mar

Hurmatli ustozlar, talabalar va o‘quvchilar, Sun’iy intellektni o‘rganing, o‘rgating va sovg‘alarga ham ega bo‘ling! Prezidentimiz tashabbuslariga ko‘ra “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasida ishtirok etgan “Eng faol oliy ta’lim tashkiloti”, “Eng faol maktab”, “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” va “Eng faol ishtirokchi” bo‘lgan talaba va o‘quvchilarni qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishi bo‘yicha “Milliy tanlov” tashkil etilganidan xabaringiz bor. Hozirda mukofotlar IT Park Uzbekistan majmuasida tayyorlandi va birinchi taqdirlash marosimiga tayyorgarlik amalga oshirilmoqda. Siz ham bo‘sh vaqtingizni bekor o‘tkazmay aileaders.uz platformasi orqali sun’iy intellekt asoslarini o‘rganing hamda talaba va o‘quvchilarga o‘rgating! Shunda nafaqat kelajakda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, balki bilimlaringizni sinovdan o‘tkazib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishingiz ham mumkin!

85 views

Yayımlandı 17 mar

G‘ayrat, 2 yil ichida ko‘p kasblar yo‘qoladi Sababi — Sun’iy ong (AI). IT loyihalarimizda 2 oydan beri Antigravity’dan foydalanishga o‘tdik. Oldin 5 kishi 6 oy qiladigan ishni hozir 1 kishi 1 haftada qilib qo‘yyapti. Shuni ko‘rib qiziqib qoldim. Hafta boshida blogim uchun sayt qilib ko‘rmoqchi bo‘ldim. Bir qator ham kod yozmadim. Qilgan ishim — prompt yozish. Ya’ni AI’ga to‘g‘ri vazifa berish, xolos. Jami 8 soat vaqtim ketdi. IT bo‘lim menejerining esa taxminan 2 soati. Natijada to‘liq ishlaydigan sayt tayyor bo‘ldi. Bepul. Va aynan o‘zim xohlagan ko‘rinishda. AI’dan foydalanishda o’zimga qo’ygan qat’iy qoidam bor: O‘z sohamdagi muammoni avval o‘zim yechishga harakat qilaman. Masalan, boshqaruvga oid savollarni GPT yoki Gemini’dan so‘ramayman. Chunki hamma narsani AI’dan so‘rayversang, vaqt o‘tib odamning o‘zi fikrlamay qo‘yadi. Lekin boshqa sohalarda — marketing, sotuv yoki texnik ishlarda — AI’dan bemalol foydalanaman. Shunda ikki narsa bo‘ladi: O‘z sohamda mustaqil fikrlash saqlanadi. Boshqa sohalarda esa bilim juda tez oshadi. Xullas, AI’dan qo‘rqma. Uni ishlatishni o‘rgan. Chunki yaqin kelajakda ikki xil odam qoladi: AI bilan super natija qiladiganlar. Va AI’dan foydalanmaydigan ishsizlar —aqliy mehnat sohasida. — Aytgancha, qurgan saytimdan foydalanib ko‘rishing mumkin. Havola @boshqaruvchiga

102 views

Yayımlandı 14 mar

Startap g‘oyalar taqdimoti o‘tkazildi O'zbekiston tumanida "Startaplar klubi" va "IT shaharcha"si hamkorligida "Tuman startap-2026" startap g'oyalar tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar tanlovning mazkur bosqichida IT va boshqa yo‘nalishlardagi o'zlarining startap loyihalarini hakamlar hay'atiga taqdimot qildilar. Loyihaning afzalliklari, dasturiy va texnik yangilik, innovatsionlik darajasi, dolzarblik, xarajatlar smetasining asoslanganligi va amalga oshirish samaradorligi kabi ilgari surgan g‘oyalar hakamlar hay'ati tomonidan baholandi. @uzbaxborotxizmati

90 views

Yayımlandı 12 mar

Doimiy foydalanib kelayotganlar sezdingizmi? ChatGPT gapini ohirida taklif o'rniga savol beryapti. "Bir narsani bilishim kerak", "mana bu savolga javob bering", "bir narsaga aniqlik kiritib olaylik"... Avvallari mana buni ham qilib beraymi deb, mulozamat qilardi. Ko'rinishidan, algoritmlar o'zgarganga o'xshaydi. Kuzataylikchi, biror yangilik bo'ladigan shekilli. @ibrohimjon_aiblog

316 views
Əvvəlki1/4 səhifəSonrakı