TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Məzmun
Yazı məzmunu
Udemy ChatGPT’ga kirib kelmoqda Udemy OpenAI bilan hamkorlik e’lon qildi. Platforma kontenti to‘g‘ridan-to‘g‘ri ChatGPT’ga (takliflarni tadqiq qilish funksiyasi orqali) integratsiya qilindi. Bu esa Udemy katalogi (290 000 dan ortiq kurslar) bilan bevosita chat ichida ishlash imkonini beradi. E’lon Udemy’ning Coursera bilan qo‘shilishi arafasida yangradi. Bu haqdagi xabar ilk bor 2025-yil dekabr oyida chiqqan edi. Bitim qiymati taxminan 2,5 milliard dollar deb baholanmoqda. Kelishuv 2026-yilning ikkinchi yarmida yakunlanishi kutilmoqda va natijada ikki yirik onlayn ta’lim platformasi Coursera brendi ostida birlashadi. @ibrohimjon_aiblog