Yazı məzmunu
⚡️Startap loyihalar soni 5 mingtaga, jalb qilingan venchur investitsiyalar hajmi 2 milliard dollarga yetkaziladi – Prezident qarori ✍️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, startap loyihalarini g‘oyadan boshlab masshtablashtirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda institutsional, moliyaviy va infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Prezidentining “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2026-yil 11-fevraldagi PQ–59-sonli qarori qabul qilindi. ✅ Qaror bilan quyidagilar 2030-yilga qadar startap ekotizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi: – startap loyihalar sonini 5 mingtaga hamda jalb qilingan venchur investitsiyalar hajmini 2 milliard AQSh dollariga yetkazish; – 500 ta startap loyihani qiymati 1 million AQSh dollaridan yuqori, 100 ta startap loyihani qiymati 10 million AQSh dollaridan yuqori hamda 25 ta startap loyihani qiymati 100 million AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan kompaniyalarga aylantirish; – startap loyihalar ishga tushishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish; – yoshlarning 2 mingta startap g‘oyalarini tijoratlashtirish, kamida 400 ta startap loyihasini xalqaro bozorlarga olib chiqish. ⚡️ 2026-yildan boshlab har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarni aniqlash bo‘yicha “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Batafsil: 👉https://digital.uz/oz/news/view/131871 📩Telegram📱Facebook📱Instagram📺Youtube🌐LinkedIn🐦X