TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ibrohimjon | AI, IT Blog
Ibrohimjon | AI, IT Blog avatar

TGINSIGHT POST

Post #5

@ibrohimjon_aiblog

Ibrohimjon | AI, IT Blog

Baxışlar26Yazı baxışları
Yayımlandı5 fev05.02.2026, 14:57
Məzmun

Yazı məzmunu

O‘zbekiston tumani Yaypan shahrida tashkil etilgan “IT-shaharcha” ish boshladi Zamonaviy infratuzilmaga ega, axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan yangi markaz davlatimiz rahbarining “Hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan “IT-shaharcha”lar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Ochilish marosimida tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, davlat va jamoat tashkilotlari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda ushbu loyiha mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, bu sohada yoshlarni va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar izchilligining yorqin namunasi bo‘lganligi to‘g‘risida so‘z yuritildi. Mazkur maskan yoshlarning chinakam taraqqiyot drayveriga aylanishiga umid bildirildi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X