TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ibrohimjon | AI, IT Blog
Ibrohimjon | AI, IT Blog avatar

TGINSIGHT POST

Post #51

@ibrohimjon_aiblog

Ibrohimjon | AI, IT Blog

Baxışlar45Yazı baxışları
Yayımlandı24 fev24.02.2026, 12:19
Məzmun

Yazı məzmunu

✔️Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqotida e'tibor qaratilgan muhim masalalar 💼Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa mas’ullar hududidagi yoshlarni til va kasb-hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, g‘oya, loyiha va startapiga ko‘mak berib, ularni o‘stirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni e’tiborsiz qoldirmaslikka yanada katta mas’uliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etildi. ⚡️Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikda o‘qiyotgan o‘g‘il-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshdi. ➡️Dunyoda kun sayin yoshlar ongini egallash bo‘yicha yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan sharoitda barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi ish tizimiga o‘tishi zarurligi qayd etildi. ❗️Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi. ✍️Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi. 💵Yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishi e’lon qilindi. 💵 Joriy yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi ishga tushiriladi va yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15 foizli kredit ajratish boshlanadi. 🏢 Dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlikda o‘zbekistonlik 40 ming yosh biznesga o‘qitiladi. 💵Yoshlarning eng yaxshi 40 ta startap loyihasini moliyalashtirish uchun 2 milliard so‘m ajratiladi. 🏛 Texnikumlarda dual ta’lim va "spin-off" korxonalari tashkil etiladi. 🏬“O‘quv markazlari uyushmasi” tashkil etiladi. 📍Olis hududlardagi o‘quv markazlari uchun soliq imtiyozlari va 300 million so‘mgacha foizsiz ssudalar joriy etildi. ✍️ Ehtiyojmand oila farzandlari uchun bepul zamonaviy kasblar ta’limi yo‘lga qo‘yiladi. 🏣 Yoshlar ishlari agentligida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil qilinadi. 💵Kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga uch yilga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda berish yo‘lga qo‘yiladi. 📒 Sobiq mahkum yoshlar zamonaviy kasblarga bepul o‘qitiladi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X