Yazı məzmunu
#yoshlar_kuni O‘zbekiston tumanida yoshlarni IT sohasiga ko‘proq jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirishga yanada ko’proq e’tibor qaratiladi O‘zbekiston tumanida yoshlar kuni munosabati bilan yigit-qizlarga zamonaviy kasblarni o‘rgatish, ularni raqamli texnologiyalar sohasiga yo‘naltirishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, DXX tuman bo‘limi rahbariyati, yoshlar ishlari bo‘limi, mahalladagi yoshlar yetakchilari, tegishli tashkilotlar, tijorat banklari va yoshlar vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida bugungi kunda mamlakatimizning barcha sohalarida raqamli texnologiyalar keng joriy etilayotgani va ular faoliyat samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynayotgani ta’kidlandi. Shu bois yurtimizning barcha hududlarida nafaqat zamonaviy ta’lim infratuzilmasini yaratish, balki hududlarda raqamli iqtisodiyot uchun mustahkam kadrlar zaxirasini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganligi haqida to‘xtalindi. Tuman yoshlarini raqamli texnologiyalar sohasiga yo‘naltirish va ularning mazkur sohada bilim egallash bo‘yicha intilishlarini rag‘batlantirish choralarini kuchaytirish bo‘yicha muhim va aniq takliflar ilgari surildi. Davlatimiz rahbarining qarori asosida tumanda yaqinda tashkil etilgan IT-shaharcha faoliyati to‘g‘risida mutaxassislar tomonidan yoshlarga taqdimotlar qilindi. Bevosita IT-shaharchada bo‘lgan yoshlarning aksariyatini shu kuniyoq sohaga qiziqishi ortib, endilikda bu maskanga muntazam qatnashlari hamda zamonaviy kasblarni puxta o‘rganishlari haqida ma’lum qilishdi. @uzbaxborotxizmati