Yazı məzmunu
#Yoshlar_kuni Yoshlar loyihalarini startap g‘oyalariga aylantirish va ularni ishga tushirish mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi Haftaning har payshanbasi - "Yoshlar kuni" doirasidagi bu galgi tadbirlar O‘zbekiston tumanida “Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish hamda ularning loyihalarini startap g‘oyalariga aylantirish” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminar bilan boshlandi. Tadbirda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov ishtirok etdi. Tuman rahbari har bir mahallada yoshlarni raqamli texnologiyalarga qiziqtirish, zamonaviy kasb va xorijiy tillarga o‘qitishni tashkil etish, g‘oyalarni startapga aylantirish va hayotga tatbiq qilishga ko‘maklashish bo‘yicha manzilli tadbirlar davom etishi haqida to‘xtaldi. Ana shu vazifalarni sifatli uddalashda barcha mas’ullarni faollikni yanada oshirishga chorladi. Mahalladagi o‘g‘il-qizlar va yoshlar yetakchilari qatnashgan o‘quv-amaliy seminarida qanday qilib yoshlar o‘z loyihalarini yaratishi, startap g‘oyalarini shakllantirish, ularni ishga tushirish va bozorlarga chiqarishgacha bo‘lgan samarali amaliyot haqida soha mutaxassislarining tushuntirish va tavsiyalari tinglandi. @uzbaxborotxizmati