Yazı məzmunu
G‘ayrat, 2 yil ichida ko‘p kasblar yo‘qoladi Sababi — Sun’iy ong (AI). IT loyihalarimizda 2 oydan beri Antigravity’dan foydalanishga o‘tdik. Oldin 5 kishi 6 oy qiladigan ishni hozir 1 kishi 1 haftada qilib qo‘yyapti. Shuni ko‘rib qiziqib qoldim. Hafta boshida blogim uchun sayt qilib ko‘rmoqchi bo‘ldim. Bir qator ham kod yozmadim. Qilgan ishim — prompt yozish. Ya’ni AI’ga to‘g‘ri vazifa berish, xolos. Jami 8 soat vaqtim ketdi. IT bo‘lim menejerining esa taxminan 2 soati. Natijada to‘liq ishlaydigan sayt tayyor bo‘ldi. Bepul. Va aynan o‘zim xohlagan ko‘rinishda. AI’dan foydalanishda o’zimga qo’ygan qat’iy qoidam bor: O‘z sohamdagi muammoni avval o‘zim yechishga harakat qilaman. Masalan, boshqaruvga oid savollarni GPT yoki Gemini’dan so‘ramayman. Chunki hamma narsani AI’dan so‘rayversang, vaqt o‘tib odamning o‘zi fikrlamay qo‘yadi. Lekin boshqa sohalarda — marketing, sotuv yoki texnik ishlarda — AI’dan bemalol foydalanaman. Shunda ikki narsa bo‘ladi: O‘z sohamda mustaqil fikrlash saqlanadi. Boshqa sohalarda esa bilim juda tez oshadi. Xullas, AI’dan qo‘rqma. Uni ishlatishni o‘rgan. Chunki yaqin kelajakda ikki xil odam qoladi: AI bilan super natija qiladiganlar. Va AI’dan foydalanmaydigan ishsizlar —aqliy mehnat sohasida. — Aytgancha, qurgan saytimdan foydalanib ko‘rishing mumkin. Havola @boshqaruvchiga