Son yazılar
2/2 səhifə · 16 yazı
Yayımlandı 8 may
“Dizayn” Product Manager:Dizayn men uchun — Figma emas. UI ham emas Men uchun dizayn — bu reja, harakat va mas’uliyatlar aniq bo‘lgan jarayon. Jamoaning har bir qadami oldindan o‘ylanganida, qarorlar tushunarli, harakatlar muvofiq bo‘lganida — shunda dizayn ishlay boshlaydi. Men har kuni dizaynni ko‘raman — rejalar, yig‘ilishlar, deadline va yakunlarda. Tashqi ko‘rinmasligi mumkin, lekin u har bir natijaning ichida yashaydi. Chiroyli interfeys emas, balki to‘g‘ri "FLOW" va natijaga yetaklaydigan "PLAN" — bu men uchun dizayn. ———————————————— Backend: Eng muhim dizayn — ko‘rinmaydigani. Chiroyli interfeys hammaga yoqadi. Lekin foydalanuvchi ko‘rmaydigan joyda nima bo‘lyapti? Backend developer sifatida men dizaynni quyidagilarda ko‘raman: — tizim arxitekturasi, — bazaning puxtaligi, — APIlarning barqarorligi, — kod strukturasi va — deploy jarayonlarining aniqligida. Bular ko‘zga tashlanmaydi, lekin agar buzilsa, hamma sezadi. Dizayn — bu shakl emas, bu ishlash tartibi. Qanday ko‘rinishi emas, qanday ishlashi muhim. ———————————————— AIExpert: Avval AI dizaynga muhtoj edi. Endi esa dizayn AIga. AI engineer sifatida men uchun dizayn bu: model arxitekturasi, oqimlar, qatlamlar, diagrammalar... ya’ni tizimli fikrlash va algoritmik tuzilma. Lekin 2025dan boshlab bu ro‘yxatga yana bir narsa qo‘shildi — kreativlik. AI endi dizaynni faqat tushunmayapti, yaratyapti. Dizayn — bu: AI yaratgan va AI tomonidan yaratilayotgan reallik. Aftidan dizayn haqida qaytadan o‘ylab ko‘rish vaqti kelgan Dizayn — bu ko‘rinishdan ko‘ra chuqurroq. Fikrlar har xil, maqsad esa bitta — ishlaydigan tizim yaratish.
Yayımlandı 6 may
📢 BU POST TAQDIRINGNI HAL QILADI! Hayotingda faqat bir kun qolgan bo‘lsa va 100 ta yangi obunachi hayotingni saqlab qolsa, nima qilarding? ⚠️ Unda bu postni e’tibor bilan o‘qi. Biz yangi Telegram kanal ochdik – Point of View. Boshqacha yo‘nalishda. Boshqacha uslubda. Bu oddiy blog emas. 🎯 Nima uchun Point of View? Bu yerda biz har bir mavzuni uch xil nuqtai nazardan tahlil qilamiz: 1️⃣ Operational & Management – real voqealarga menejer nigohidan yondashamiz 2️⃣ Backend Development – kod nima deydi? texnik tomoni qanday ishlaydi? 3️⃣ AI Engineering – sun’iy intellekt bu holatga qanday yechim beradi? 💡 Hayotingda biror murakkab holat bo‘ldimi? Yoki o‘z fikringga qarama-qarshi qarashlarni eshitging kelyaptimi? 📌 Unda Point of View senga aynan kerak bo‘lgan joy. 👇 BIZNI QO‘LLAB-QUVVATLA Obuna bo‘l. Ulash. Fikr bildir. Bugun 100 kishi obuna bo‘lishi kerak. Bu hazil emas. 🔗TELEGRAM KANALIMIZGA QO‘SHIL 🖤 Bu nafaqat yangi loyiha. Bu — bizning nuqtai nazarimiz. Point of View – holatlarga boshqacha qarang.
Yayımlandı 6 may
Channel photo updated
Yayımlandı 6 may
Channel created