@gsbe_uz · Post #1719 · 01.11.2024 г., 10:40
🌍Innovatsion biznesda texnologik transfer mavzusida amaliy seminar 🎓 Respublikamizda tadbirkorlik subyektlari tomonidan innovatsion ishlanmalar, yangi texnologiyalar va nou-xaularni ishlab chiqarishga joriy etishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2024-yil 5-6-noyabr kunlari “Innovatsion biznes va startaplarni rivojlantirishda texnologiyalar transferi” mavzusida ikki kunlik seminar tashkil etmoqda. ➡️ Seminardan maqsad innovatsion loyihalarni amalga oshirishda ilm-fan yutuqlari va innovatsion ishlanmalarga oid texnologik transferni keng qo‘llashning amaliy jihatlarini o‘rganishdan iborat. 💠 Tadbirda Koreyalikekspert va mahalliymutaxassislar tomonidan mavzuga oid taqdimot, ma’ruza hamda muhokamalar o‘tkaziladi. 🔹 Seminarda ishtirok etish uchun 2024-yil 4-noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tish lozim. 🔗Ro‘yxatdan o‘tish. 🔷 Ishtirokchilar soni cheklangan. 🔝 Sanasi: 5-6-noyabr 🔝 Vaqti: 09-30 – 13-00 📞 Telefon: +99871 239-03-27 🇬🇧Eng 🇷🇺Ru #GraduateSchool#Healthtech#Startup#Evaluation 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube