@gsbe_uz · Post #2541 · 25.07.2025 г., 06:58
🌐Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) mintaqaviy vakillari bilan uchrashuv 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida IFC vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar biznes-ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, barqaror rivojlanish tamoyillarini ilgari surish, ESG standartlarini joriy etish, xalqaro tavsiyalar va ilg‘or jahon tajribasiga asoslangan korporativ boshqaruvni takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. 🟢 IFCning ta’lim tashabbuslari kompaniya rahbarlari uchun boshqaruv va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xususiy sektor ehtiyojlariga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratadi. 💠 Yakunida tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va ESG tamoyillarini O‘zbekiston biznes muhitiga integratsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida keyingi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. 📝Batafsil 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#IFC#ESG#Cooperation#Meeting 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube