@boredpandablog · Post #11728 · 02.04.2026 г., 12:57
#about ✈️Nega biz kam uchamiz? Men Yevropada bir yilda ko'p uchdim. Uchish chastotam Ziyoxonov yoki boshqa trevel blogerlarnikiga yetib qolgandi. Agar uyoqda muqim yashab, o'rtacha oylik olgan taqdiringizda ham yiliga 15-20 va hatto 30 martagacha ham ucha olasiz. Xo'sh, nega unday? Asosiysi, albatta soqqa bilan bog'liq. Bugun O‘zbekistonda aviachiptaning o‘rtacha narxi 25 ish kunlik daromadga teng — amalda bir reys uchun bir oylik ish haqi sarflanadi. Qozog‘istonda bu 4 kun, G‘arb mamlakatlarida esa bir kunlik daromadga teng. Demak, aviatsiya hozircha bizda yetarlicha hashamatli narsa hisoblanadi. Jahon statistikasi aniq ko‘rsatadi: daromadlar oshgani sayin odamlar ko‘proq uchadi— avval ish yuzasidan yoki qarindoshlar oldiga, keyin esa dam olish uchun. Hozir bizda iqtisodiyot yiliga 6−7 foizga o‘smoqda va bu sur’at saqlansa, 2030-yillar o‘rtalariga kelib ikki baravarga oshishi mumkin. ikkinchi sabab, aeroport. Bugungi kunda Toshkent xalqaro aeroportida 12 ta geyt bor. Yirik xalqaro aeroport uchun bu hatto terminalning bir qanoti darajasiga ham yetmaydi. Katta hablarda bir qanotda 30 ta va undan ortiq geyt bo‘lishi mumkin. Kimda-kim Istanbul yoki Heathrow airportga borgan bo'lsa, uni ichida adashib qolish hech gapmas. Ammo shunchaki katta aeroport borligi muammoni hal qilmaydi, shunga yarasha yangi yo'nalishlar ham kerak. Bizda esa asosan yo'nalishlar miqdori chegaralangan. Hozir yangi aeroportlar qurilyapti. Odamlar aytganimdek ko'proq uchsa, ichki talabning o‘sishi aviakompaniyalarga yuklama va operatsion foyda keltirishi mumkin. Uchinchisi, albatta viza. O'zbekiston passporti afsuski o'z kuchi bilan oldingi o'rinlarda turmaydi jahonda. Deyarli barcha G'arb va rivojlangan davlatlarga uchish uchun bizga viza kerak bo'ladi. Lekin shu bilan birga juda ko'pgina turistik davlatlar (Misr SHarm el Sheyxi, Tailand, Malaysia va Gruziya va hz)ga viza shart emas, Va kamida 20 ta va undanam ko'p yaxshi davlatlarga sayohat qilish uchun UZB passporti kifoya qiladi. Sizda yana qanday fikrlar bor? @bagajsiz
Hashtags