@dasturlash_hayoti · Post #3995 · 07.10.2025 г., 16:24
#hosting#free#webdev 2025-yilda eng ishonchli 7 ta bepul hosting platformasi Agar siz o‘z veb-saytingizni yoki portfolio loyihangizni bepul internetga joylashtirmoqchi bo‘lsangiz — mana siz uchun eng yaxshi 7ta platforma! 1️⃣Netlify — https://www.netlify.com ◾️ Frontend va statik saytlar uchun eng mashhur platforma. ◾️ GitHub bilan avtomatik deploy imkoniyati. ✅ Ishonchli, tez va doimiy bepul. 2️⃣Vercel — https://vercel.com ◾️Next.js, React, Vue kabi frameworklar uchun juda qulay. ◾️ Serverless funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. ✅ Tezlik va ishonchlilik bo‘yicha eng yaxshi variantlardan biri. 3️⃣GitHubPages — https://pages.github.com ◾️ Statik HTML, CSS, JS loyihalar uchun ideal. ◾️ To‘liq bepul va custom domen bilan ishlaydi. ✅ Portfolio va shaxsiy saytlar uchun a’lo tanlov. 4️⃣Render — https://render.com ◾️ Backend (Node, Python, Go) va front-end loyihalar uchun. ◾️ Bepul reja mavjud, lekin 15 daqiqadan so‘ng “sleep” rejimga o‘tadi. ⚙️ Test loyihalar uchun qulay. 5️⃣000webhost — https://www.000webhost.com ◾️PHP va MySQL qo‘llab-quvvatlaydi. ◾️ CPanel orqali boshqaruv. ⚠️ Ba’zida sayt qisqa muddat “sleep” rejimiga o‘tadi, lekin o‘rganish uchun zo‘r. 6️⃣InfinityFree — https://www.infinityfree.com ◾️ Reklamasiz, PHP va MySQL bilan to‘liq bepul hosting. ◾️ Domenni ulash oson, SSL bepul. ✅ Ishonchli va uzoq muddatli foydalanish uchun mos. 7️⃣Surge — https://surge.sh ◾️ Statik saytlarni terminal orqali bir daqiqada joylashtirish imkonini beradi. ◾️ Minimal, soddaligi bilan mashhur. ✅ Frontend dev’lar uchun juda qulay. Bu hostinglar yordamida siz o‘zingiz yaratgan saytlarni bepul internetga joylashtirishingiz va haqiqiy domen bilan ulashingiz mumkin! 💻@dasturlash_hayoti — dasturchilar uchun eng kerakli maslahatlar, hazillar va foydali kontent!