@HashtagUz · Post #14536 · 17.11.2025 г., 07:08
🇦🇶 Antarktida hududida Yer yuzida topilgan eng qadimgi muz qazib olindi — uning yoshi taxminan 6 million yil deb baholanmoqda. 🌍 Xalqaro olimlar guruhi Allan-Hillz hududida burg‘u orqali muz namunasini oldi. Bu muz avvalgi rekorddan ikki baravar qadimgi bo‘lib, ichida o‘ta mayda havo pufakchalari mavjud. Ushbu pufakchalar uzoq o‘tmish atmosferasining go‘yo “izlari” hisoblanadi. 🌡 Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, o‘sha davrda mintaqa harorati hozirgidan 10–14°C yuqori bo‘lgan. 🧊 Shuningdek, yana bir muz namunasi topilgan — u deyarli gazsiz bo‘lib, olimlarga ko‘ra, uning yoshi yanada qadimgiroq bo‘lishi ehtimoli katta. ➡️#antarktida#muz | Birinchi IT-Blog
Hashtags