@ecoschools_uzbekistan · Post #1440 · 04.06.2025 г., 12:17
Bugun, Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni arafasida, O‘zbekiston 1,3 million nafar yoshlarni iqlim o‘zgarishiga qarshi ta’lim va yetakchilik ko‘nikmalari bilan ta’minlashga qaratilgan uch yillik “O‘zbekistonda yoshlarning imkoniyatlarini iqlim ta’limi orqali kengaytirish va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish” loyihasini ishga tushirdi. Loyiha atrof-muhitni muhofaza qilishni O‘zbekiston ta’lim tizimiga integratsiyalash borasidagi muhim qadam hisoblanib, BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Education Above All” fondi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Zamin” fondi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Tashabbus doirasida 50 ming nafar pedagog ekologik yo‘nalishda ta’lim oladi, 4 ming nafar qishloq yoshlari qayta tiklanuvchi energiya manbalari, iqlimga mos qishloq xo‘jaligi va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitiladi. Biz birgalikda dunyoni o‘zgartiramiz! — Сегодня, в преддверии Всемирного дня окружающей среды Узбекистан запустил трёхлетний проект «Расширение возможностей и развитие лидерских качеств молодёжи через климатическое образование в Узбекистане», направленный на обеспечение 1,3 миллиона молодых людей образованием в области борьбы с изменением климата и навыками лидерства. Проект представляет собой важный шаг на пути к интеграции охраны окружающей среды в систему образования Узбекистана и будет реализовываться ПРООН в Узбекистане совместно с Фондом Education Above All, МДШО и Фондом Zamin. В рамках инициативы 50000 педагогов пройдут экологическое обучение, 4000 молодых людей из сельской местности получат профессиональную подготовку в области возобновляемых источников энергии, климатически оптимизированного сельского хозяйства и рационального использования водных ресурсов. Вместе мы изменим мир! #WorldEnvironmentDay#EcoSchoolsUzbekistan#ClimateEducation 😀Zamin🌐Instagram🌐Facebook