@hetandijon · Post #38458 · 18.09.2025 г., 16:11
#Respect Rahbar va yoshlar uchrashuvi: Yangi g‘oyalar – tezkor yechimlar Farg‘onada “Yoshlar forumi” doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruvi raisi Asrorjon Askarov hamda tizim korxonalari va hududiy filiallarda faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Ochiq va samimiy muloqot shaklida o‘tgan tadbir davomida yoshlardan kelib tushgan yangi g‘oyalar va tashabbuslar muhokama qilindi. Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali yoshlari tomonidan ilgari surilgan taklif Boshqaruv raisi tomonidan katta e’tibor bilan qabul qilinib, shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hashtags