TGTGInsightтелеграм анализLIVE / telegram public index
← Такты, стеки, два колеса

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Намери подобно съдържание

Изходен канал @clockstackwheels · Post #310 · 21.04

Поймал себя на том, что иногда мне нравится ездить на автомобиле, а иногда нет. Понятно, что чилить на автостраде это прикольно, а пробиваться через городские пробки — нет. Но я осознал, что иногда мне в городе вполне прикольно, а иногда нет. Я даже в пробках иногда стою спокойно. Начал рефлексировать, и понял: мне приятно ездить, когда я никуда не тороплюсь. Когда можно опоздать на 5-10-15 минут, а то и на полчаса. В гости к друзьям обычно можно опоздать. В магазин можно опоздать, если ты не под закрытие едешь. А вот если едешь на какое-то мероприятие ко времени, то опаздывать нельзя, и обычно даже 10 минут неприятны. Дорожная ситуация меняется не слишком предсказуемо. Время на поиск места парковки тоже не определено. Да и постоянное искушение где-то что-то нарушить, чтобы не опоздать. Либо наоборот — выезжаешь на машине сильно заранее, и на месте просто ждёшь полчаса. В общем, машина хорошо решает задачу "Добраться куда-то в место, плохо доступное другими видами транспорта". Но не слишком хорошо решает задачу "Добраться куда-то к заданному моменту с точностью плюс-минус 5 минут". А, например, пешком + метро решает хорошо. Можно, конечно, пофантазировать на тему какого-то предсказания и правильного планирования, но на деле пара забитых перекрёстков вполне могут стоить вам 10 минут, что в контексте городской жизни довольно много. P.S. Скоро у меня отпуск, и будут очень интересные посты про дроны и мототехнику. Хотя погода в Питере как обычно норовит подвести в самое неподходящее время. С таким климатом хоть на автомобиле езди! #life

Hashtags

Резултати

Намерени 1,097 подобни публикации

Търсене: #review

当前筛选 #review清除筛选
Bored Panda

@boredpandablog · Post #11383 · 27.01.2026 г., 06:35

​​#review "Yetti qirollik ritsari", (2026) Episode 2 tahlili Epizod ser Dunkning ustozi ser Arlanning ulkan fleshbeklaridan (👀) boshlanadi. U g'amxo'r, pishiq va mehribon inson edi. U sayyor ritsarlarning barcha amallariga rioya qiladigan, na farzandlari, na mol-mulki bor, lekin sahovatpesha shaxs sifatida gavdalanadi. Ochig'i, men ser Arlanga biroz achindimam. U umri davomida birorta turnir yutmagan, omadsiz, nomi chiqmagan ritsar edi. O'limi ham ovloqda, loy yo‘lning o‘rtasida marosimsiz dafn etildi. Endi yakka qolgan Dunk Arlan xizmat qilgan va u uchun qon to‘kkanini eslaydigan birorta ritsarni yoki lordni topishga urinadi, biroq hech kim qariyaning hatto ismini ham eslolmaydi. Bu bizning realligimizga juda o'xshaydi: sen bir qishloqdan chiqqan yigitchasan, bir paytlar otang aytib bergan katta shahardagi "tanishlar"ni izlab shaharga kelgansan, ammo ulardan hech biri seni tanimaydi. Undan tashqari Dunk o'zining butun umr yashagan faqirona hayotini "biz ulug' ritsarlar yo'lini tutyapmiz" deb ishonganini Ashforddagi turnirga kelgan kazo-kazo oilalarning ritsarlari va ularning boyliklari butunlay o'zgartirib yuboradi. U Buyuk xonadonlar xizmatiga oddiy ritsar kira olishiga ishonchi so'nib boradi. Bunga Dunk uchrashgan ikkita Qirollik qo‘riqchisi - ser Roland Krekxoll va Shafaq vodiylik ser Donnelning oppoq zirhlarini ko'rgan sahnasi ham yaxshi misol. Ser Donnel Dunkka oilasi qisqichbaqa ovlovchilar ekanini aytadi. Dunk qisqichbaqachi qanday qilib Qirollik qo‘riqchisiga aylangani haqida so‘raganda, ritsar unga "Qanday qilib qisqichbaqachi bo‘lgan bo‘lsak, xuddi shunday" deb javob beradi. Keyinroq, u buni Eggga aytib berganida, yosh yaroqbardor unga ser Donnelning oilasi aslida Vesterosda qisqichbaqa ovlaydigan kemalarning yarmiga egalik qilishini ma’lum qiladi. Bu, ehtimol, Martindan yana bir "panch" bo'lgan bo'lsa ne ajab:) Va nihoyat bu epidodda Targariyenlar oilasi ko'rinish beradi. Ser Dunk nafaqat ularni ko'radi, balki oldilariga bostirib borib, turnirda qatnashish uchun so'nggi umidi Qirol Qo'li bilan ko'rishadi. Va nihoyat endi biz turnirda ser Dunk ham qatnasha olishini bilib olamiz. Turnir esa shu kunning o'zidayoq boshlanadi. Menimcha, bizni tarixdagi ritsarlik turnirlari haqidagi seriallarning eng zo'ri kutib turibdi. Bu epizodda boshqa ko'plab qiziqarli sahnalar va Egg'ning ko'proq ekran daqiqalaridan bahramand bo'lamiz. Ser Lyonel Baratheon ham yana qisqa muddatga bo'lsa ham ekranda ko'rinish beradi. Shu bilan bir paytda ser Dunk turnirda qatnashish uchun borini garovga qo'yayotganini ko'rishimiz mumkin. Ha, bu safar Jorj tog'a bizga beshafqat reallikning lord va ledialar yotog'idan sug'urib olib, ko'chada ochiq osmon ostida yotib yurgan insonlar oldiga olib kelib tashlaydi, Brrr. @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #11370 · 24.01.2026 г., 03:58

​​#review "Yetti qirollik ritsari", (2026) Vaqt topib, nihoyat yangi serialning birinchi qismini ko'rib tugatdim. Juda-juda yomon emas, ayrim jihatlarindan hatto juda yaxshi. Serial "Taxtlar o'yini" dunyosini kengaytiradi, ammo oldindan aytayki, bu serialda na ajdarlar, na katta urushlar va na saroy fitnalari bor. Bu Westerosning lordlari va ledilari koshonalaridan pastroqda, oddiy odamlar ko'zi bilan qaraganda qanday hayot kechirishi haqida. Biz endi Barateonlarning Targariyenlar davrida o'zini qanday tutgani haqida bilishimiz mumkin. Serial qahramoni - Dunk yoki Duncan the Tall uzoq yillar ritsar ser Arlan the Pennytree qurolbardori bo'lib yuradi. Voqealar rivoji yomg'irli kunlarning birida ovloq joyda ser Arlanning o'limi va Dunkning nihoyat ritsarga aylanish sahnasi bilan boshlanadi. Bu oltin zirhlar kiyadigan Lannisterlar yoki o'z qahramonligi bilan mashhur Starklar haqida emas. Hattoki ularning vassallari haqidayam emas, bu Hedge knight ya'ni Lordi bo'lmagan sayyor ritsar haqida. Bu bizning realligimizga maksimal darajada yaqin: sen oliyjanob qahramon bo‘lishing mumkin, lekin agar sening tanishlaring (yoki ajoyib gerbing) bo‘lmasa, sen shunchaki hech kimga kerakmas qurol ko'targan yigitsan. Buni serialda Layonel Barateon bilan kechgan suhbatda Dunk ham aytadi: "Siz yaxshi oiladan chiqqansiz, sizda hamma zo'r qilichlar va otlar bor, eng yaxshi ustozlar sizni o'qitgan, menda qanday qilib imkon bo'lishi mumkin?" deydi. Barateon esa "Ha, senda hech qanday imkon yo'q" deydi. Dunk esa afsuslanib "Ammo siz yutqazsangiz, nima yo'qotasiz? Men esa bitta mag'lubiyatdan so'ng, otimdan ayrilaman. Nima qilishim kerak?" deganda Barateon "Men bilmayman" deb javob beradi. HBO dialoglarga qaytibdi. Odamlar baribir aqlli suhbatlarni tinglashni yoqtiradi. Bitta kichikroq davlat byudjetiga teng pul ketadigan CGI effektlar emas, balki fikrning teranligini qadrlaydigan o‘sha eski yaxshi kunlarni esga soldi. Bu hali mavsum davomida yanada bilinsa kerak. Bu serialda GoTga o'xshab ikki daqiqadan keyin kallasi ketishi mumkin bo'lgan yuzlab qahramonlar yo'q. Bosh qahramonlar - biroz dovdir, ammo vijdonli ser Dunk va aslida kimligini Got muxlislari allaqachon biladigan yosh kalbosh bolakay Egg. Birinchi qismdayoq Dunk ko'pchilikka manzur bo'ldi menimcha, Egg ijrosi ham chakkimas, qolgan personajlar ichidan anavi ikkita fohisha ajralib tursa, barcha lavrlarni Layonel Barateon o'z epik xarizmasi va raqslari bilan ilib ketdi desam bo'ladi. Layonel serialda muxlislar qo'msashi mumkin Buyuk xonadonlar vaybini berib turadi. Hatto Jorj Martinning o'zi ham kun kelib Taxtlar o'yinidagi pafos va masshtabdan charchab, oddiy ritsarning oddiy va mashaqqat hayoti haqida yozgan ekan, nega buni ishtiyoq bilan ko'rmaslik kerak? Xullas, bu sokin, chiroyli va takoy uyutniy serial. Bu tentaklar va zolimlar hukmronlik qiladigan dunyoda ham bitta halol sodda yigit nimanidir o‘zgartira olishi mumkinligi haqida. @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #11301 · 11.01.2026 г., 06:14

​​#review “Dark”, (2017-2020) "Stranger Things"ning so‘nggi qismlarini ko‘rgandan so‘ng, serialni ikkinchi mavsumdan keyin yakunlash kerak edi, degan fikr yanada kuchaydi. Yaxshi xabar shuki, sirli hodisalar va atrofida maxfiy obyekti boʻlgan kichik shaharchadagi bolalarning g‘oyib bo‘lishi haqidagi yana bir serial mavjud. Unda barcha mavsumlar bir xil darajada yaxshi, yakuniy qism esa serialning eng yuqori baholangan epizodi hisoblanadi. Albatta, men Dark haqida gapiryapman. Nemislar tomonidan vaqt boʻylab sayohat va boshqa dunyolar haqidagi ushbu serial insonni oʻylantirib qoʻyadi, unda koʻplab ilmiy nazariyalar haqiqatda boʻlishini koʻrsatib beradi. “ST” ilmiy fantastikani yumor, qoʻshiqlar va turli reklamalar bilan boyitgan boʻlsa, Dark boshidan oxirigacha “yalangʻoch” ilm-fantastika boʻlib qoladi. “ST” asosiy planga nostalji va ommaviy madaniyatni qoʻysa, Dark ilm-fandagi qiziq nazariyalar va oila masalasini oldinga qoʻyadi. Va ikkalasida ham Sevgi alohida oʻrinda turibdi. Xullas, ST muxlisi boʻlsangiz va bu janr sizni yana qiziqtirsa, Dark siz uchun yaxshi tanlov. Sic Mundus Creatus Est. @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #11294 · 07.01.2026 г., 22:09

​​#review "Stranger Things", (2025) Final Episode of Final Season O'zi juda mashhurlikka erishgan katta seriallarning ko'pchiligining yakuni muxlislarga yoqmaydi. Balki biz miyamizda beixtiyor voqealarni boshqacha tasavvur qilarmiz yoki boshqacha yakun kutarmiz, bilmadim. Lekin odatda tanqidlar ham o'rinli bo'ladi. "ST" ham tugadi. Hawkins bilan ko'pchilik bunday xayrlashaman deb o'ylamagan bo'lsa kerak. Yakun avvalo juda uzun bo'lib ketgan, qizig'i, uni yarmidayoq Vecna o'ldirib bo'lindi. Qolgani boshqa voqealar, suhbatlar va xayrlashuvlarga bagʻishlandi. Kimdir yaqinda zoʻr fikr aytdi yoki yozdi: bosh qahramonlar birinchi qismda koʻproq entuziazmi va koʻrishiga qarab tanlangan, aktyorlik uncha talab qilinmagan deyishgandi. Umuman, shu fikrda jon bordek. Mike obrazi butun mavsum davomida umuman rivojlanmadi masalan. Eleven’ning boteks qoʻyib, katta qiz boʻlib ketgani uchunmi undayam qandaydir yasamalik sezildi. Nima boʻlgan taqdirda ham Serial yakunlangani yaxshi boʻldi. Undan yaxshi xotiralar va maroqli vaqt oʻtkazganimiz qoldi. “ST” kult boʻladimi yoʻq, vaqt koʻrsatadi, ammo boshlanishi ajoyib boʻlgan serial boʻlib qoladi. Axir, doim shunday boʻladiku… @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #11291 · 06.01.2026 г., 08:25

​​#review Long Standing Samurai,(2025) Yangi yil ta'tillarida shu serialni ko'rib chiqdim. Agar kimda-kim "Shogun" va "Squid Game"ni ko'rgan bo'lsa, bu serial mana shu ikki olamni o'zaro chatishmasiga duch keladi. "Kalmar o'yini" samuraylar ijrosida. O'rtaga katta pul tikilgan. 300dan ortiq ishtirokchilar o'limga qadar o'ynaydi. Eshitilishi ajoyib a? Ammo serialning syujeti bir ko'ringanda shunday qiziqarli xolos, ammo aktyorlar tarkibi va ularni motivlari juda g'alati. Keyin serial boshida katta mablag' sarflangandek tuyulsa-da, ba'zi effektlar juda hom, va ba'zi sahnalar juda sodda ko'rinadi. Bosh qahramon tipik American harbiyga oʻxshaydi. Urushda zoʻr jangchi boʻlgan, endi iste’foga chiqqan. Oilaga qaytgan, qizi betob, pul yoʻq, PTSga chalingan. Turnir unga ozroq pul topish vositasi boʻlib koʻrinadi. Ammo hammasi u oʻylagandek boʻlmaydi, samuraylar orasida kichkina pichoqchasini koʻtarib bir raqqosa qizaloq ham kelgan boʻladi (?), uning maqsadi pulni yutib vaboga chalinganlarga xayriya qilish (yobana). Keyin eski tanishlar va dushmanlar paydo boʻladi, siyosatga aralishiladi, Kalmardagi Hayvon niqobli odamlar bu safar ochiq koʻrsatiladi. Xullas, voqealarda Yapon madaniyati emas, ommaviy madaniyat koʻproq ufurib turibdi. Bu janr aslida yangilik emas. Shunchaki “Kalmar” muvaffaqiyatli chiqqach, uni har xil yoʻllar bilan qaytarib koʻrishga urinishyapti deb o’ylayman. Serial boshida qiziq, jang sahnalari e’tiborga loyiq, ammo serialni yarmida juda zerikdim, va hammasi bitta mavsumda tugamasligini bilib xafsalam pir boʻldi. Oʻrtacha serial xullas. @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #11262 · 29.12.2025 г., 02:59

​​#review "Avatar-3", 2025 Avatar-1 chiqqanda hali yosh bola edim, tan olish kerakki, u o'z davri uchun vizual yangilik edi. Go'zal va chiroyli Pandora dunyosi juda oddiy syujet liniyasiga — Yomonlar yomon, yaxshilar yaxshi konsepsiyasiga bog'langan ertaknamo narsa edi. Davr ham boshqacha edi. Keyin Jeyms Kemeron o'z texnologiyalarini yaratishga yillar sarfladi, boshqa ishlarga chalg'idi — xullas, 2-qism chiqqanida zamon va odamlar allaqachon o'zgarib ketgandi. Ko'pchilik bu vizual effektlardan oldingidek hayratlanmadi, syujet esa hindular va oq tanlilar kolonizatsiyasi tarixiga o'xshardi. Ko'p jihatdan bu to'g'ri: sivilizatsiyaning cho'qqisiga yetgan Insonlar va hali-hamon ibtidoiy turmushda yashaydigan aborigenlar. Odamlar internetda ha aborigenlarga achinishadi, ammo real hayotda ular qayerda va qanday yashayapti, hech kimni ishi yo'q. "Avatar-3" o'tkazib-o'tkazib ko'rdim. Syujet takror, dialoglar klishe, o'lganlar yana qaytadi, syujetda o'sish yo'q. Kemeronga bu kerak ham emasdek, u yangi Pandora dunyosini yaratdi va hammani unga sayrga taklif qilayapti, aminmanki agar 10 soat film qilish imkoni bo'lganda Kemeron shunday ham qilardi. Nihoyat, shuni tushundimki, Bu Kemeron yaratayotgan Jannat konsepsiyasi. O'zga olam, u aslida bizning qonuniyatlarimizga bo'ysunishi shart emas. U go'zal, immortal va abadiydek.. Ammo final hammamizga ravshan bo'lsa kerak, bu urushda Insonlar g'alaba qozonishadi oxir-oqibat, Avatarlar balki qisman g'alaba qozonishar, ammo bu hammasi go'zal ertakning happy endi bo'lmaydi. Nima demoqchiman, Avatardan ma'no izlashni to'xtatdim, vizual go'zalligiga tan berib, bir bora ko'rishga arziydi. Axir, film kassalarni urishi kerak:) @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #11258 · 26.12.2025 г., 17:06

​​#review "Zootopia — 2", 2025 Rojdestvo kechasida issiq uyda o‘tirib, tashqaridagi dekabr oyining mayda yomg‘iri yog‘ayotganda, yorqin va energiyaga boy Zootopiani tomosha qilib, u yerda yirtqichlar va o‘txo'rlar tinch-totuv yashaydigan manzarani kuzatish - o‘ziga xos terapiya men sizga aytsam. Biroq, Judi va Nikning sarguzashtlarini tomosha qilarkanman, bir narsa xayolimdan ketmadi: axir buni allaqachon ko‘rganmiz-ku:) Kinoda emas, haqiqiy hayotda: go'yoki "saylangan hokim", ular ortida aslida soyada turib shaharni boshqaradigan kriminal Silovsinlar klani, global miqyosdagi oshib borayotgan ksenofobiya, poytaxtlarni kengaytirish maqsadida tartibsiz buzishlar, tarixni qayta yozish va hokazo.. Disney bu safar nihoyat eski oqimlariga qaytib, dunyoga pushti ko'zoynaklarni yechgancha qarayapti. Xo'sh, katta yoshli va bolalarni nimasi bilan bu multfim o‘ziga tortadi? 1. Zveropolis shahri "Utopiyasi" — De Ilon buva patentlagan Devor aslida har qanday urbanist orzusi-ku! U yerda drenaj, issiq-sovuq muammosi yo‘q, ekologiya bahonasida tandirlar buzilmaydi va hammasi soatdek ishlaydi. Shaharni tirbandliklar bosayotgan bir mahalda biz uchun Zveropolis mukammal namuna bo‘lib ko‘rinadi. 2. Nik va Judi o'zaro himiyasi — Noan’anaviy juftlik. Ko'cha bolasi, ayyor tulki va ko‘zlari chaqnab turgan, qonun va tartibga ishonadigan idealist Quyon. Birinchi qismda ular bir-biriga ishonishni o‘rganishgandi, ikkinchisida esa ular o'z sherikligini saqlab qolishga intilishadi. Bu safar o'tgan safardagidan qaraganda hazillar kam, Tulki ham, Quyon ham asosiy ekran vaqtini yangi qahramonlar bilan bo'lishishga to'g'ri keladi — tan olish kerakki, Geri va Bupert o'ziga xos atmosfera bera oladi. Nik va Judi ham sen ilon yoki yirtqich bo‘lsang-da, bu "dunyoda" o‘z o‘rningga ega bo‘lishga haqli ekaningni isbotlashga yordam berishadi. Umuman, film stereotiplarga qarshi kurashdan iborat. Biz, Markaziy Osiyoda "bu - anavi urug‘dan," "bu - o‘zi shunday, chunki u manabu tarafdan..." kabi yorliqlarni yaxshi ko‘ramiz. "Zootopia-2" bizga yana bir bor klishelar - bu faqat dangasa miya uchun ekanligini ko‘rsatadi. Reptiliyalar dushman bo‘lmasligi, Tulki esa egoist bo'lmasligi mumkin. Xullas, multfilm yomon emas. Blitz haliyam juda kulgili personaj:) @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #11195 · 13.12.2025 г., 08:50

​​#review “Knives Out: Wake Up Dead Man”, 2025 Kecha premyera kuni ko'rib chiqdim. 2.5 soat vaqtimga achindim. Kinoni 15 daqiqasidayoq murderer kimligini bilib bo'lgandim. Faqat uni hamkorlari kimligini bilish qiziq bo'lgandi. Xullas, go'zal klisheli film. Oldin ham aytganimdek, XXI asr 2-choragidan boshlab Detektiv janr sifatida o'lib bo'ldi. Internet, smartfon, kamera — bular detektiv janr va deduksiyaning barcha jozibasini yo'qqa chiqaradi. Kim o'ldirdi, qotil kim?? - Qanaqa deduksiya, ana bor kamerani qara! Bizga endi Benua Blanc yoki Sherlok Holms emas, Aliexpressdan zakaz qilingan $25 dollarlik kamera kerak xolos. Ammo bu filmni aybi emas, Detektivni diniy motivlar va fanatizm bilan chiroyli uyg'unlashtirishgan, niqob ostida yurgan monax katta boylikni merosxo'ri ekanligini eshitgach, qanday o'zgargani va hayotini barbod qilgani yaxshi ko'rsatib berilgan. Aktyorlar tarkibiyam ajoyib, kuchli ijro va ta'sirli sahnalar ko'p. Ammo bu detektiv emas, balki biror drama yoki sitkom bo'lganida, juda go'zal chiqardi. Ammo detektiv emas... O'ylaymanki, shu bilan biz, Knives Out seriyasiga barham berdik, har holda yaqin 3-4 yil ichida ular dam olib, yangi g'oyalar bilan qaytadi degan umiddaman. @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #11173 · 08.12.2025 г., 09:27

​​#review "Stranger things" Bu serial ruschada "Очень странные дела", o'zbekchada tabiiyki "Juda g'alati ishlar" deb tarjima qilingan. Va bu nazarimda noto'g'ri tarjima. Serialni ko'rgan odam tushunadiki, bu nom ostida mualliflar so'z o'yini qo'llashgan: Stranger ha g'alati degani, ammo uni yana bitta ma'nosi bor: Begona. Serialda bizni dunyomizga begona bo'lgan jismlar, maxluqotlar kirib keladi, shundan barcha g'alatilik kelib chiqadi. Nega bu serialni hamma kinoman ko'rishi kerak? G'oya original bo'lsa ham, u 80-yillar pop-madaniyati, komikslar va oldingi mashhur ijodkorlar: Spilberg, Uzuklar hukmdori yoxud Dungeons& Dragons kabi o'yinlardan qattiq ilhomlangan. Serial mutlaq nostalgiya ustiga qurilgan. Axir, yosh avlod internet va smartfonlar bo'lmagan davrlarda odamlar qanday mazza qilganini bilmaydiku:) Ikkinchidan, serialda juda ko'plab ikkinchi darajali qiziqarli qahramonlar va ajoyib syujet liniyasi bor, u o'zida detektib va sarguzashtlarni jamlaydi, natijada tomoshabin oxiri nima bo'larkin deya kutib turadi. Buni nozik saspens va qo'rquv bilan yetkazish esa qo'shimcha adrenalin beradi odamga. SHuningdek, serialda ovoz bilan mohirona ishlangan. Juda kam seriallar bunchalik musiqaga bo'lgan yuqori didi va hurmati bilan maqtana oladi. Serial original theme songidan tortib, ba'zi personajlarning alohida o'z musiqasigacha o'ylab chiqilgan. Umuman, zo'r musiqaga va klassik filmlarga havolalar serialda juda ko'p. Va asosiysi, dialoglar. Ular ham kulgili, ham qiziqarli, ham foydali va ham joyiga qarab dardlidir. Aktyorlar shunchaki missiya bajaruvchi robotlar emas, balki inson ekanini har bir dialog orqali sezish qiyin emas. Yana dialoglar har bir qahramonni ochib beradi. Masalan, El serial boshida kamroq gapirardi, ammo serial davomida u rivojlandi, ko'p narsani anglay boshladi, va tabiiyki uning so'z boyligi ham o'sdi. Serial Taxtlar o'yini yoki boshqa kult seriallardek katta ma'no kasb etmas, ammo u o'zining ajoyib to'lqini yaratgan. Xuddi uning bosh qahramonlari kabi bu serialni hammayam yoqtiravermaydi, hammayam tushunmaydi va qabul qilmaydi. Ammo bu bilan serial yomon bo'lib qolmaydi. Uni ko'rib, yengillik, nostalgik kuch va maroq olsangiz, menimcha shuning o'zi eng katta sovg'a. Yakuniy 4 ta qism bu yil oxirida chiqadi. Demak hozirdan boshlasangiz, serialning oxirgi qismlarigacha ko'rib tugatishga ulgurasiz. Aminmanki, bu shunga arziydi. @boredpandablog

Hashtags

Bored Panda

@boredpandablog · Post #11138 · 24.11.2025 г., 01:45

​​#review "Frankenstein", 2025 Kecha Guillermo del Toroning o'sha eski hikoyaga yangi nazar tashlangan filmini tomosha qildim. Ko‘pchilik Frankenshteyn deganda bo'laklardan yasalgan, ulkan yovuzni hayoliga keltiradi. Ammo aslida Frankenshteyn — bu uni yaratgan olimning familiyasi. Viktor Frankenshteyn. U o‘liklarning eti va suyaklaridan tikib, qoqib yaratgan maxluqning esa umuman ismi yo‘q. Kitobda shunchaki "Yaratiq" yoki "Iblis" deb ataladi. Filmni tomosha qilib, bu hikoya aslida dahshatlar haqida emasligini angladim. U biz haqimizda. Zamonaviy jamiyat haqida. Undagi mas’uliyatsizliklar haqida. Viktor Frankenshteyn - yetilmagan erkak tipining yorqin misoli. Unda bolalarcha o'z g‘oyasiga berilish, hech qanday sog'lom tanqidni tan olmaslik, o'z maqsadi yo'lida yaqinlari va boshqalardan yuzsizlarcha foydalanish bor. Ha, u oxirida istaganidek yangi "hayot" yaratadi va lekin natijani ko‘rgach, qo‘rqib qochib qoladi. Hammasiga o't qo'yib ketadi. Bu sizga hech narsani eslatmayaptimi? Atrofimizda shunday "Viktorlar" kammi? Dastlab katta gaplar bilan startaplarni boshlaydigan, ammo ilk muammolardayoq jamoani tashlab ketadiganlar. Uylanishga uylanib, keyin "turmush yoqmadi" yoki "u o‘zgardi" deb g‘oyib bo‘ladiganlar. O'z ishiga zarracha ma'suliyat his qilmaydiganlar. "Maxluq"chi? Diqqat bilan qaralsa, bu yaratiq kitob/filmdagi eng insoniy qahramon. U noldan gapirishni o‘rganadi, Gyote va Miltonni o‘qiydi, kambag‘al dehqonlarga yordam beradi. U odamlarga intiladi. U faqat sevgi va qabul qilinishni xohlaydi. Ammo jamiyat uning chandiqlari, "g‘ayrioddiy"ligini ko'radi xolos. Va qo'lida qurol bilan quvib soladi. Dunyomizning butun kinoyasi ham shunda. Biz chiroyli odamning ichki "xunukligini" kechirishga tayyormiz, qo‘rqinchli tashqi ko‘rinish ortidagi go‘zal qalbni ko‘rishga esa yo'q. Muqovaga qarab hukm chiqaramiz. Maxluq shunday tug‘ilgani uchun qotilga aylanmadi. Balki uchragan har bir odam unga barmog‘ini bigiz qilib: "Badbashara!" deb baqirgani uchundir. Yolg‘izlik — eng mehribonlarni ham maxluqqa aylantiradi. Menimcha, har birimizda ana shu Yaratiq yashaydi. Hammamiz biroz turli "narsalardan tikilganmiz" - o‘qilgan kitoblar, odamlarning gap-so‘zlari, eski jarohatlar va yangi umidlar. Qayerdaligimizdan farqli o'laroq, boshqalar ko‘zimizga qarab qo‘rqmasligini xohlaymiz. Bizni qabul qilishlarini istaymiz. Hayotda Viktor bo‘lmang. Yaratgan narsangiz uchun javobgar bo'ling. Maxluq kabi ko'ringanlar aslida ozgina mehr izlayotganlardir balki. Sizningcha, bu hikoyadagi haqiqiy yovuz kim? @boredpandablog

Hashtags

123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••85•••909192
ПредишнаСтр. 1 от 92Следваща