@newuzbekistanuniversity · Post #4124 · 12.12.2025 г., 18:34
Markaziy Osiyo STEM ta'limi: “Yangi O’zbekiston” universiteti professor-o’qituvchilari xalqaro maydonda o‘z fikrlarini bildirishdi 2025-yil 12-dekabr kuni A. Avloniy nomidagi institutda “Zamonaviy ta’limning dolzarb muammolari, yechimlari va rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 🔹 Ushbu nufuzli anjumanda “Yangi O‘zbekiston” universiteti professori, kafedra mudiri Dr. Michelle Bedeker “Markaziy Osiyoda STEM ta’limini qayta ko‘rib chiqish” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Dr. Bedeker o‘z taqdimotida mintaqada STEM yo‘nalishlarini modernizatsiya qilish, yangi pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga qo‘shish bo‘yicha amaliy takliflarni taqdim etdi. Universitetimiz ilmiy hamjamiyat bilan doimiy hamkorlikni davom ettirib, zamonaviy ta’lim rivojiga hissa qo‘shishda faol ishtirok etishda davom etadi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #NewUU#STEMEducation#InternationalConference ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook