С начала года я стал регулярно заниматься в FPV-симуляторе.
Как вы помните, летом я купил новый дрон DJI FPV, который сочетает в себе два режима пилотирования: классический режим с автоматикой, как было на всех моих предыдущих дронах, и продвинутый режим (он называется Acro Mode). О нюансах такого управления я расскажу отдельно, сейчас же нужно знать только то, что Acro Mode — сложный режим, который, с одной стороны, позволяет выполнять пролёты по хитрым траекториям, но с другой стороны требует немало навыка.
Человек, который никогда не летал на дронах, в обычном режиме без проблем с первого раза взлетит и скорее всего не убьёт дрон. В Acro почти наверняка убьёт. И для этого придумали симуляторы: к ним подключается настоящий пульт управления от дрона, но картинка вся на компьютере, поэтому можно тренироваться, не рискуя своим оборудованием.
Я стал заниматься по полчаса каждый день. Сначала шло очень тяжело. Не получалось вообще. Ловил сильную демотивацию от этого. Но поставил себе цель к наступлению тёплых дней обязательно освоить навык, и поэтому через страдания продолжал. И это сработало: на текущий момент в симуляторе я могу на начальном и начально-среднем уровне пролетать разные трассы, делать петли, влетать в узкие места, тоннели, оконные проёмы и так далее.
Я ещё ни разу не пробовал на настоящем дроне. Хотя авторы симулятора (Liftoff) в какой-то момент добавили туда именно DJI FPV и пообещали, что его виртуальные характеристики и поведение в воздухе будут максимально приближены к реальности. Питер погодой не радует, но в конце майских обещают хотя бы минимальное тепло и солнце — я поеду пробовать.
Кстати, в симуляторе есть карта в виде антенного комплекса "Дуга", который под Чернобылем. Карта называлась Russian Woodpecker, а после начала событий авторы симулятора (бельгийцы) переименовали её в просто Woodpecker.
#drone#hobby
#xabar
Qadrli davradoshlar!
Galdagi adabiy muhokama uchun Nazar Eshonqulning „Giryon“ romani tanlandi.
Tadbir sanasi qoʻshimcha eʼlon qilinadi.
Mutolaaga darhol kirishishingiz mumkin😉
@adabiy_klub
#xabar
Qadrli davradoshlar!
Galdagi adabiy muhokama uchun O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzamning "Momaqaldiroq ostida sayr" romani tanlandi.
Kitob mutolaasiga tezda kirishing! Tadbir sanasi qoʻshimcha eʼlon qilinadi.
Aytgancha, so‘rovnomadagi boshqa asarlarni ham davramizda ketma-ket muhokama qilamiz!
@adabiy_klub
#xabar
🎓2026-yil uchun stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura bosqichlarida o‘qish bo‘yicha qabul kvotalari.
🗓 Hujjatlar 2025-yil 5-noyabrgacha qabul qilinadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni davom ettirmoqchilarga jo‘natib qo‘yamiz.
🌐Sayt✈️Telegram✅Murojaat♾️Muhokama📱Instagram
#xabar
Xurshid Davron bilan ijodiy uchrashuv
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Chilonzor tumanidagi 178-maktabda O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda faol qatnashgan o‘quvchilarga "Til va adabiyot ta'limi" jurnalining maxsus soni va bolalar shoiri Orif To‘xtashning "Ko‘zmunchoq" kitobidan sovg‘a qilindi.
🌐Sayt
✈️Telegram
✅Murojaat
♾Muhokama
#xabar
🇺🇿“Vatanparvar bolajon” loyihasi doirasida O'zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan yangi animatsion multfilm taqdim etilmoqda!
Ushbu multfilm orqali farzandlaringiz va o'quvchilaringiz Davlat ramzlarimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishadi.
Ona Vatanga bo’lgan mehrni, faxr va g‘urur tuyg‘usini teran idrok etishadi.
Sayt✈️Telegram✅Murojaat♾️Muhokama
#xabar
SHE’RDAN RUXSATSIZ FOYDALANSA NIMA BO‘LADI?
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan O‘zbekistonda ilk bor sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yangi “Inson va qonun AI” gazetasi nashr qilindi.
Huquqiy gazeta deganda ko‘pincha tushunilishi qiyin matnlar ko‘z oldimizga keladi. “Inson va qonun AI” gazetasi butunlay o‘zgacha usulda yaratilgan. Gazetadagi barcha kontentlar soha mutaxassislari nazorati ostida sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan bo‘lib, sodda va tushunarli tilda yozilgan.
Xo‘sh, mualliflik obyektlari, ya’ni she’riy hamda nasriy asarlar, qo‘shiq, film va hokazolardan ruxsatsiz foydalansa nima bo‘ladi?
Shu va shunga o'xshash kerakli savollarga oson va tushunarli javoblarni gazeta sahifalarida o‘qing👇
https://t.me/hudud24official/30655
Sayt✈️Telegram✅Murojaat♾️Muhokama
#xabar
❗️ Boshqa tillarda ta’lim olgan sinf bitiruvchilari ham endi davlat tilidan imtihon topshiradi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi.
Mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.
Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
➖Matematika fanidan – yozma;
➖Oʻzbekiston tarixi fanidan – yozma/ogʻzaki;
➖Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda oʻtkaziladi.
11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
➖Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
➖Tarix fanidan – yozma;
Oʻquvchining tanlovi boʻyicha:
➖ Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida taʼlim boʻlgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
➖ Chet tili fanidan yozma/ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.
Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.
🌐Sayt
✈️Telegram
✅Murojaat
♾Muhokama
#Xabar
IELTS'dan 5,5 va undan yuqori ball toʻplaganlar bu yil 52 ming 706 nafarni tashkil qildi. Solishtirish uchun, 2020-yili 10 mingdan oshiqroq koʻrsatkich qayd etilgan.
Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#xabar
🇺🇿🇲🇳Oʻzbekcha-moʻgʻulcha soʻzlashgich yaratiladi
Moʻgʻulistonning Oʻzbekistondagi elchixonasida oʻzbek olimlari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar ilmiy-ijodiy hamkorlikning istiqbollari borasida fikr almashdi.
Davra suhbati yakunida birinchi navbatda oʻzbekcha-moʻgʻulcha va moʻgʻulcha-oʻzbekcha soʻzlashgich yaratishga kelishib olindi. Istiqbolli rejalar yuzasidan aniq dastur ishlab chiqilishi va ishchi tartibda yana uchrashuv belgilanishi bildirildi.
👉BATAFSIL
Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama
#xabar
703 ta kon nomi o‘zbekchaga almashtirildi
Vazirlar Mahkamasining "Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi ayrim geografik obyektlarning nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida"gi qarori (15.11.2024 yildagi 766-son).
#xabar
Yangi Toshkentda Alisher Navoiy ilmiy tadqiqot markazi quriladi
Majmua Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, 400 oʻrinli zal, xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, 200 oʻrinli oʻzbek tili, adabiyoti va musiqasi maktabi ham boʻladi.
Jahonga mashhur “Zaha Hadid architects” kompaniyasi loyihalashtirgan. Meʼmorlar Oʻzbekiston meʼmorchiligi tarixiga tayanishgan. Markaz anʼanaviy oʻzbek naqshlari va zamonaviy dizayn tamoyillari bilan boyitilgan monumental arxitektura namunasi boʻlishi kutilmoqda.
Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama