TGTGInsightтелеграм анализLIVE / telegram public index
← Такты, стеки, два колеса

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Намери подобно съдържание

Изходен канал @clockstackwheels · Post #521 · 30.08

Telegram изъял 70% адресов каналов, которые не проявляли активность год или более (то есть отобрал у них короткое имя, как например моё @clockstackwheels). Дуров заявил, что, дескать, эти адреса принадлежали иранским киберсквоттерам. Хотя, зная его любовь к выдаче желаемого за действительное, могу предположить, что 70% каналов просто были заброшены. И у меня даже есть идеи, почему, но, думаю, вы и сами догадываетесь. Тем не менее, независимо от истинных причин, чистить неактивные адреса я считаю правильным. Каналы созданы для того, чтобы быть живым фидом какой-то информации. Не обязательно блогом, это может быть даже технический канал с логом вашего CI/CD по работе. Издание Telegram Info запустило петицию с требованием вернуть эти адреса. Вот что они пишут: Зачастую каналы используются авторами как личные визитные карточки, каталоги, энциклопедии и публичные архивы.. Я тоже так могу: Зачастую микроскопы используются владельцами как подставки для книг, линзы для поджига костра и инструмент забивания гвоздей!. Думаю, то же самое (экспроприацию адресов) сделали бы с ботами, если бы на платформу ботов не положили огромный болт ещё несколько лет назад. #web

Hashtags

Резултати

Намерени 2 подобни публикации

Търсене: #coomet

当前筛选 #coomet清除筛选

COOMET TK 1.3 “Elektr va magnetizm”ning 19-yig‘ilishi Toshkentda bo‘lib o‘tmoqda ✅ Yangi O‘zbekiston tarixida ilk bor 2025-yil 7–9-oktabr kunlari O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) tomonidan COOMETning TK 1.3 “Elektr va magnetizm” texnik qo‘mitasining 19-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. ✅ Mazkur xalqaro tadbirda COOMETga a’zo davlatlar — Belarus, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston Respublikasi, Armaniston, Gruziya, Turkiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlarning milliy metrologiya institutlari vakillari shuningdek, texnik qo‘mita a’zolari ishtirok etmoqda. ✅ Tadbir onlayn va oflayn formatda tashkil etilgan bo‘lib, unda COOMET kotibiyati hamda boshqa xalqaro metrologiya tashkilotlari vakillari ham qatnashmoqda. ✅ Yig‘ilishga TK 1.3 raisi, BelGIM instituti vakili Marina Yarmolovich raislik qilmoqda. ✅ Tadbir doirasida quyidagi masalalar muhokama etilmoqda: 🟤 COOMET qo‘mitasi va Prezident kengashi qarorlari hamda ularning ijrosi; 🔴 etalonlar bo‘yicha Qo‘shma qo‘mitaning (OKÉ) 28–29-yig‘ilishlari yakunlari; 🟢 elektr kattaliklar sohasidagi xalqaro va mintaqaviy solishtirishlarning borishi hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan taklif etilayotgan yangi solishtirish loyihalari; 🟡 COOMET P6/2023 dasturi doirasidagi “SI asosiy birliklarini qayta ta’riflash” bo‘yicha yo‘l xaritasi ijrosi; 🩷 TK 1.3 faoliyatining 2024–2025-yillardagi natijalari va yangi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar. ✅ Yig‘ilish davomida Rossiya, Belarus, Gruziya, Turkiya va O‘zbekiston milliy etalonlari ishtirokida o‘tkazilayotgan hamda rejalashtirilayotgan bir qator solishtirishlar — xususan, Jozefson effekti bo‘yicha kuchlanish etalonlari, Xoll effekti bo‘yicha qarshilik etalonlari, shuningdek, yuqori kuchlanish va katta tok o‘lchov tizimlari sohasidagi qiyoslamalar muhokama qilinmoqda. ✅ Shuningdek, CIPM MRA kelishuvi doirasidagi faoliyat, SMS (Calibration and Measurement Capabilities) bo‘yicha ekspertlar ro‘yxatini yangilash, CEEMS mamlakatlariga ko‘mak dasturlari va elektron o‘quv platformalarini yaratish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqilmoqda. ✅ Yig‘ilish COOMETga a’zo mamlakatlar o‘rtasida elektr va magnet o‘lchashlar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, qiyoslamalarni tashkil etish va ilmiy-amaliy tajriba almashish maqsadida o‘tkazilmoqda. #UzNIM#COOMET#TK_1_3#electricity_and_magnetism 🌐standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Incheon mezbonligidagi APMP 41-yig‘ilishi: O‘zbekiston delegatsiyasi faol ishtirok etmoqda 🔄 O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti vakillari Osiyo–Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) Bosh Assambleyasining 41-yig‘ilishida, shuningdek Davlat metrologiya muassasalarining Yevro–Osiyo hamkorligi (COOMET) tashkiloti nomidan ishtirok etmoqda. 📍Nufuzli anjuman 2025 yil 21–28 noyabr kunlari Koreya Respublikasining Incheon shahrida, Koreya o‘lchovlar va ilmiy-tadqiqot instituti (Korea Research Institute of Standards and Science – KRISS) tomonidan tashkil etilmoqda. ✍️ Bu xalqaro tadbirda O'zbekiston milliy metrologiya instituti hodimlari metrologiyaning akustika, massa, elektr, uzunlik, harorat, sarf, fotometriya, kimyo, ionlantiruvchi nurlanish, vaqt va chastota yo‘nalishlari hamda sifat tizimi bo‘yicha texnik qo‘mitalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etdi. ✅Ushbu yig‘ilishda ishtirok etish orqali O‘zMMI mutaxassislari turli yo‘nalishlardagi eng so‘nggi yutuqlar, metodikalar va xalqaro talablar bilan tanishdilar va o'z yo'nalishlari bo'yicha taqdimotlar taqdim etdilar. ✅ Ma'lumot uchun: Hozirgi kunga kelib, O‘zMMI APMP doirasida BIPM bazasida ro‘yxatga olingan 3 ta (akustika va tebranish, uzunlik, hajm) solishtirish loyihalarida ishtirok etmoqda, shu bilan birga 2025 yil davomida NIM (China)da – 11 nafar NIMT (Tailand)da – 5 nafar KRISS (Koreya)da – 3 nafar mutaxassislar malakasi oshirildi. 🎖️ Tadbir doirasida KRISSning 50 yillik faoliyati, shuningdek, Metrik konvensiya qabul qilinganligining 150 yilligi ham tantanali ravishda nishonlanadi. 📈 Ushbu yirik xalqaro tadbirga qatnashish massa, ionlovchi nurlanish, elektr va magnetizm, bosim, uzunlik, fotometriya, vaqt va chastota o‘lchash yo‘nalishlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan yangi solishtirish loyihalarda ishtirok etish imkonyatini beradi. ❗️ Mazkur anjumanda O‘zMMI vakillarining ishtiroki Germaniya Fizik-texnik instituti (PTB)ning “Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida qo‘llab-quvvatlanmoqda. 📰 Shuningdek, ta'kidlash joizki, APMP rasmiy veb-saytida O‘zMMI ning joriy yildagi faoliyati xalqaro jamoatchilikka “Highlights of Recent Activities at UzNIM” nomli maqola orqali taqdim etildi. (https://www.apmpweb.org/portal/article/index/cid/16/id/1336.html). #UzNIM#APMP#KRISS#COOMET#Metrology#APMP_GA_2025 🌐standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube