@ITmastersuz · Post #12840 · 30.04.2026 г., 05:58
🔥Xitoyda bir vaqtning o‘zida enaga, kuryer va uy yordamchisi bo‘la oladigan robot namoyish qilindi. 🤖 KAI kiyimlarni yig‘aoladi, turli asbob-uskunalar bilan ishlaydi, buyurtmalarni yetkazib beradi va bolalarga qarashda yordam bera oladi. 👍Eng qizig‘i — bu shunchaki buyruq bajaruvchi robot emas. U vaziyatni baholaydi, mustaqil qaror qabul qiladi va odamlar bilan muloqot qila oladi. 🤖 Mish-mishlarga ko‘ra, narxi 20 ming dollardan boshlanadi. Agar bu tasdiqlansa, u o‘z toifasidagi eng hamyonbop gumanoid robotlardan biri bo‘lishi mumkin. 📊Bizning barcha loyihalar | #humanoid
Hashtags