Сайты "Комитета" (VC, DTF) обновили дизайн лайков и дизлайков. Раньше это была цифра с двумя стрелками-кнопками, как на Reddit, Хабре и Пикабу. Стрелка вверх добавляла посту или комментарию плюс, а стрелка вниз — минус. Сумма всех плюсов и минусов выводилась или зелёным, если она положительная, или красным с минусом, если отрицательная.
Сейчас лайк сделали отдельной кнопкой слева, дизлайк — отдельной кнопкой справа, с другим дизайном. А счётчик показывает всем только лайки, а дизлайки только автору.
Спорный тут и дизайн, и само решение. Дизайн понятно, почему: кнопки абсолютно разных стилей и в разных местах отвечают за принципиально похожие действия. Пользователи DTF уже вовсю стебутся комментами "Я скачал твой пост" (потому что кнопка дизлайка похожа на скачивание).
Но куда хуже то, что дизлайки отображаются только автору. Они при таких условиях нафиг не нужны. Автор может просто игнорировать этот счётчик. Раньше, если какой-то человек сморозил чушь, толпа его массово минусует, и все это видят, и он сам знает, что все видят. С полным ртом минусов очень сложно как-то оправдываться и продолжать отстаивать свою точку зрения. Ещё и добавлялось удобство сканирования для читателей: комменты с минусами можно специально пропускать, или, допустим, специально останавливаться на них ради горячей дискуссии.
У этой системы, разумеется, был серьёзный косяк: минусы получали не только те, кто говорил неверное или глупое мнение, но и те, кто говорил непопулярное мнение. Например, на VC лучше было не писать комментарии в поддержку России, даже если по смыслу тезис верный и просто передаёт какой-то факт, вроде "Россия одна из лучших в мире в области атомной энергетики". Это сводило обсуждения к тому, что люди либо молчали, либо подстраивались под принятую в сообществе идеологию, что могло, например, создавать ложные впечатления относительно количества поддерживающих ту или иную точку зрения, да и в целом не всегда способствовало образованию интересных обсуждений.
Тем не менее, на мой взгляд, полное сокрытие дизлайков при наличии самой кнопки дизлайка — решение, которое берёт худшее от всех альтернатив. Сам по себе институт дизлайка остаётся (а, значит, остаётся выражение негатива), при этом с коллективной ответственности за негатив ("Мудаки меня травят, ну и фиг с ними, стадо баранов!") идёт перенос на личную ответственность за негатив ("Вася Иванов меня травит, найду козла и начищу ему харю!"). Причём, ещё и для пользователей от этого нет никакого толка: теперь кто угодно может писать что угодно, и в худшем случае публично получит за это ноль лайков и всё.
Впрочем, в "Комитете" совершенно явный управленческий кризис (как и много где сейчас). Удивительно, что сайты хоть как-то ещё поддерживаются и даже вносятся изменения.
#web
#about
✈️Nega biz kam uchamiz?
Men Yevropada bir yilda ko'p uchdim. Uchish chastotam Ziyoxonov yoki boshqa trevel blogerlarnikiga yetib qolgandi. Agar uyoqda muqim yashab, o'rtacha oylik olgan taqdiringizda ham yiliga 15-20 va hatto 30 martagacha ham ucha olasiz. Xo'sh, nega unday?
Asosiysi, albatta soqqa bilan bog'liq. Bugun O‘zbekistonda aviachiptaning o‘rtacha narxi 25 ish kunlik daromadga teng — amalda bir reys uchun bir oylik ish haqi sarflanadi. Qozog‘istonda bu 4 kun, G‘arb mamlakatlarida esa bir kunlik daromadga teng. Demak, aviatsiya hozircha bizda yetarlicha hashamatli narsa hisoblanadi.
Jahon statistikasi aniq ko‘rsatadi: daromadlar oshgani sayin odamlar ko‘proq uchadi— avval ish yuzasidan yoki qarindoshlar oldiga, keyin esa dam olish uchun. Hozir bizda iqtisodiyot yiliga 6−7 foizga o‘smoqda va bu sur’at saqlansa, 2030-yillar o‘rtalariga kelib ikki baravarga oshishi mumkin.
ikkinchi sabab, aeroport. Bugungi kunda Toshkent xalqaro aeroportida 12 ta geyt bor. Yirik xalqaro aeroport uchun bu hatto terminalning bir qanoti darajasiga ham yetmaydi. Katta hablarda bir qanotda 30 ta va undan ortiq geyt bo‘lishi mumkin. Kimda-kim Istanbul yoki Heathrow airportga borgan bo'lsa, uni ichida adashib qolish hech gapmas.
Ammo shunchaki katta aeroport borligi muammoni hal qilmaydi, shunga yarasha yangi yo'nalishlar ham kerak. Bizda esa asosan yo'nalishlar miqdori chegaralangan. Hozir yangi aeroportlar qurilyapti. Odamlar aytganimdek ko'proq uchsa, ichki talabning o‘sishi aviakompaniyalarga yuklama va operatsion foyda keltirishi mumkin.
Uchinchisi, albatta viza. O'zbekiston passporti afsuski o'z kuchi bilan oldingi o'rinlarda turmaydi jahonda. Deyarli barcha G'arb va rivojlangan davlatlarga uchish uchun bizga viza kerak bo'ladi.
Lekin shu bilan birga juda ko'pgina turistik davlatlar (Misr SHarm el Sheyxi, Tailand, Malaysia va Gruziya va hz)ga viza shart emas, Va kamida 20 ta va undanam ko'p yaxshi davlatlarga sayohat qilish uchun UZB passporti kifoya qiladi.
Sizda yana qanday fikrlar bor?
@bagajsiz
#about
Oksforddagi Christ Church kollejining ovqatlanish zali dunyodagi eng mashhur zallardan biri sanaladi. XVI asrda qurilgan bu ulkan, gumbazsimon xona oʻzining uzun yog‘och stollari, devorlariga osilgan sobiq dekanlar va bitiruvchilar portretlari hamda baland vitrajli derazalari bilan ajralib turadi. Bu shunchaki ovqatlanish joyi emas - bu tarixning bir bo‘lagidir.
Ushbu zal faylasuflar va shoirlardan tortib bosh vazirlargacha bo‘lgan ko‘plab avlodlarni yetishtirgan. U shuningdek, Garri Potter filmidagi Katta zalni ilhom manbayi boʻlgani bilan ham mashhur - garchi filmdagi versiyasi dekoratsiya bo‘lsa-da.
Talabalar bugungi kunda ham bu yerda har kuni ovqatlanishadi, asrlar davomida shakllangan an’analarni haligacha davom ettirishadi. Bu yerga shunchaki ko‘z tashlash uchun kirsangiz ham, zal o‘zining abadiy, ulug‘vorligi bilan shubhasiz Oksfordga xos ekanligini ta’kidlab turadi.
@bagajsiz
#about
✈️Nega biz kam uchamiz?
Men Yevropada bir yilda ko'p uchdim. Uchish chastotam Ziyoxonov yoki boshqa trevel blogerlarnikiga yetib qolgandi. Agar uyoqda muqim yashab, o'rtacha oylik olgan taqdiringizda ham yiliga 15-20 va hatto 30 martagacha ham ucha olasiz. Xo'sh, nega unday?
Asosiysi, albatta soqqa bilan bog'liq. Bugun O‘zbekistonda aviachiptaning o‘rtacha narxi 25 ish kunlik daromadga teng — amalda bir reys uchun bir oylik ish haqi sarflanadi. Qozog‘istonda bu 4 kun, G‘arb mamlakatlarida esa bir kunlik daromadga teng. Demak, aviatsiya hozircha bizda yetarlicha hashamatli narsa hisoblanadi.
Jahon statistikasi aniq ko‘rsatadi: daromadlar oshgani sayin odamlar ko‘proq uchadi— avval ish yuzasidan yoki qarindoshlar oldiga, keyin esa dam olish uchun. Hozir bizda iqtisodiyot yiliga 6−7 foizga o‘smoqda va bu sur’at saqlansa, 2030-yillar o‘rtalariga kelib ikki baravarga oshishi mumkin.
ikkinchi sabab, aeroport. Bugungi kunda Toshkent xalqaro aeroportida 12 ta geyt bor. Yirik xalqaro aeroport uchun bu hatto terminalning bir qanoti darajasiga ham yetmaydi. Katta hablarda bir qanotda 30 ta va undan ortiq geyt bo‘lishi mumkin. Kimda-kim Istanbul yoki Heathrow airportga borgan bo'lsa, uni ichida adashib qolish hech gapmas.
Ammo shunchaki katta aeroport borligi muammoni hal qilmaydi, shunga yarasha yangi yo'nalishlar ham kerak. Bizda esa asosan yo'nalishlar miqdori chegaralangan. Hozir yangi aeroportlar qurilyapti. Odamlar aytganimdek ko'proq uchsa, ichki talabning o‘sishi aviakompaniyalarga yuklama va operatsion foyda keltirishi mumkin.
Uchinchisi, albatta viza. O'zbekiston passporti afsuski o'z kuchi bilan oldingi o'rinlarda turmaydi jahonda. Deyarli barcha G'arb va rivojlangan davlatlarga uchish uchun bizga viza kerak bo'ladi.
Lekin shu bilan birga juda ko'pgina turistik davlatlar (Misr SHarm el Sheyxi, Tailand, Malaysia va Gruziya va hz)ga viza shart emas, Va kamida 20 ta va undanam ko'p yaxshi davlatlarga sayohat qilish uchun UZB passporti kifoya qiladi.
Sizda yana qanday fikrlar bor?
@bagajsiz
#about
Sayohat va Taom
Kecha doʻstlar bilan street-kafeda bardak choy ichib oʻtirib, Toshkentda qaysi restoranda zo’r beshbarmoq qilishi haqida gao ketdi. Gap aylanib-aylanib menga qaysi davlatlarda nimalar yeganim haqidagi savollar bilan tugadi. Shunda bir qiziq narsani payqab qoldim.
Har qanday sayohatning sifati, albatta, ko‘p jihatdan uning madaniy dasturiga bog‘liq: manzaralar, ko‘chalar, tarixiy joylar, muzeylar, diqqatga sazovor maskanlar va hokazo. Lekin birinchi navbatda, shubhasiz restoran, umuman, ovqatlanish darajasi va sifatiga koʻproq bog‘liq.
Har qanday sayohatdan eng ko‘p esda qoladigani – bu taom va dasturxon atrofidagi suhbatlardir. Oqshomni kim bilan o‘tkazding? Senga qanday xizmat ko‘rsatishdi? Dasturxonda nimalar bor edi yoki stoldan koʻrinib turgʻon manzara qanday edi? Nechi pul, qanaqa va porsiyasi. Mahalliy kolorit va masalliqlar. Alkogol-chi?
Eng go‘zal joyda bo‘lsangiz ham, agar restoranlari dabdala bo‘lsa, sayohatingiz ham bemaza bo‘ladi. Bitta yomon kechki ovqat mamlakat haqidagi taassurotlarni xira qilib, butun ta’tilning rasvosini chiqarishi mumkin.
Umuman olganda, odamlar madaniy shahar yoki tumanda yashashni xohlaymiz deganda, ular bar va restoranlarning yaxshi tanlovi borligini nazarda tutishadi. Shu sababli, restoratorlar har qanday aholi punktidagi eng muhim odamlardir, ular hokimlar va me’morlardan ham muhimroq.
Shu ma’noda Ispaniya yoki Gruziya o‘zini mukammallikka yetkazgan. Sayyohlarni jalb qilishni istayotgan bizda ham juda katta potensial bor. Va qachondir biz eng gurman va gastronomik turizmning choʻqqisiga chiqishimiz mumkin.
Buyogʻiga shu sfera turizmda yetakchi oʻringa chiqadi.
@bagajsiz
#about
Samolyotda uxlash
Eng koʻp sayohat qilgan va samolyotda uchgan yilimdan xulosa qilib aytamanki, butun kun davomida shahar tomosha qilish va aylanish odamni charchatadi.
Yana aeroportda turish ham osonmas: parvozdan 1-2 soat oldin kelish kerak, uzoq vaqt tikka oyoqda turishga to’gʻri keladi.
Va yana Yevropada arzon parvozlar odatda yo erta tongda, yo kechasi boʻladi, shu uchun bu paytda uyqu kelishi normal.
3-4 soatlik parvozda biroz mizgʻib olish - tanaga yana kuch to’plashiga yordam beradi, ayniqsa ekonomda ketayotganda. Biz oʻzbekistonliklar, xorijliklarga oʻxshab tez-tez samolyotda uchmaymiz, shu sabab o’zimiz bilan kitob olib chiqmasligimiz (garchi meni yonimda doimo bitta kitob va bukrider boʻlsa ham) tabiiy. Bu ayb emas, xullas.
Endi bir ozib-yozib samolyotga chiqqan odamga “bekor o’tirmay, kitob oʻqi” deyish qanchalik to’gri bilmadim.
https://t.me/abdusattor/178
@bagajsiz
#about
Uyga qaytish
Sayohat ajoyib narsa. Yangi davlatlar, yangi shaharlarda boʻlish, qiziq va ajoyib taassurotlarni boshdan kechirasan. Ammo bu yerda eng muhim narsa shuki, bular hammasi hissiyot bilan bogʻliq tuygʻular. Bir zumga oʻzingnni boshqa joyda begona davlatda yashaydigandek tasavvur qilish. Bir zumga oʻzingni Londonlik, Istanbullik yoki Islandiyalik sifatida his qilish. Yoqimli, shunday emasmi?
Ammo sayohatning yana bir muhim qismi haqida koʻp trevel-blogerlar gapirmaydi, bu haqida kam eslanadi. Ammo bu sayohatning muhim boʻlagi hisoblanadi. Uyga qaytish.
Toki uyga qaytmas ekansan, sening sayohating aslo tugamaydi. Aeroportdagi soatlab kutish, turli xil chemodanlarni sudrab ketayotgan turli xil insonlarni uchratarkansan, endi sen ham nihoyat uyga qaytayotganingdan mamnunlik his qilasan.
Hamma yaxshi yoki yomon sayohatdan keyin - yana oʻz uyingga, yaqinlaring, oilang, mushuging yohud kuchuging yoniga…
Meni ham bir yillik Angliyaga sayohatim - o’qishim oʻzini poyoniga yetdi. Orada kep ketgan boʻlsam ham Oʻzbekistonni sogʻindim. Uyingni sogʻinish va sogʻinganda bora olish ham bir baxt ekan. Chunki koʻrdimki, dunyoda millionlab insonlar oʻz uylaridan ayrilganlar, yangi koʻchib borgan joylari, Yevropa yo AQSh qanchalik rivojlangan boʻlmasin, haqiqiy uydek boʻla olmaydi.
Uyga qaytasan, hotirjamlik his qilasan, va sayohatlaringdagi ajoyib damlarni mamnunlik bilan eslab oʻtirasan.
Toki yangi sayohat boshlanmaguncha…
@bagajsiz
#about
Dunyo ayollari
Eng stilniy kiyinadigan qizlar - koreyslar (yapon va vyetnam va shu kabilar)
Eng zoʻr qomatlilari - qora tanli qizlar
Eng ehtiroslilari - latinolar
Eng malohatlilari - turkiylar
Eng samimiylari - britaniyaliklar
Eng latofatlilari - slavyanlar
Hammasidan zoʻri - oʻzimizning qizlar:)
@bagajsiz
#about
Sayohatlar haqida
part IV
Men profi sayohatchi emasman. Bu yildan juda aktiv boʻldim, xolos. Xorijda oʻqiyotganim bunga yaxshi sabab boʻldi. Hali meniyam o’rganadigan joylarim koʻp. Lekin butun umr orzu qilgan joylarimni koʻrdim, bundan xursandman. Sayohat shunisi bilan qiziqda: bilmagan joy, narsa va odamlaringizni bilib olasiz.
Keyingi yil uyga qaytaman, va buyogʻiga bunday bemalol boʻlmasman. Ammo endi niyat qildimki, sayohat umrimni oxirigacha meni va oilamni sevimli mashgʻuloti boʻlib qoladi. Pul topganda, sayohatga deb alohida yigʻib qoʻyaman. Toʻyga bitta qoʻziyam yetar:)
Sayohat meni hayotimni eng muhim qismi emas: oilam, ishim, oʻqishim va kitoblarim ham juda muhim, ammo bu miyaga zoʻr ozuqa beradigan jarayon. Siz ham sinab koʻring.
@bagajsiz