@kapdepo · Post #7998 · 11.11.2025 г., 09:10
💎 Топ-10 акций с наименьшим P/E Один из самых ключевых финансовых мультипликаторов — P/E (price-to-earnings) — показывает, сколько инвесторы готовы заплатить за каждый сум (или доллар) прибыли компании. Проще говоря, чем ниже P/E, тем дешевле компания оценивается рынком относительно своих заработков. 🌱 Низкий P/E может означать, что акция недооценена и инвесторы пока не верят в её потенциал — или, наоборот, что бизнес переживает спад и прибыль падает. 🚀 Высокий P/E, напротив, указывает на ожидания будущего роста — рынок готов переплачивать за перспективу (часто это касается IT-компаний). Но иногда такие компании оказываются переоценёнными, если рост не оправдывается. В нашем рейтинге по итогам III квартала лидируют банковские акции — 🏦«Узпромстройбанк», 🏦«Хамкорбанк», 🏦«Универсал банк», 🏦«Алокабанк». Это естественно: банки традиционно показывают стабильную прибыль, а их котировки растут медленнее, поэтому мультипликатор P/E у них остаётся низким. 📌 Низкий P/E — не всегда гарантия выгодной покупки, но точно повод присмотреться к бизнесу и понять, почему рынок оценивает прибыль так дешево. — 💎 Eng past P/E ko‘rsatkichiga ega TOP-10 aksiyalar Moliyaviy tahlilda eng muhim ko‘rsatkichlardan biri — P/E (price-to-earnings) kompaniya foydasining har bir so‘miga (yoki dollarga) investorlar qancha to‘lashga tayyorligini bildiradi. Oddiy qilib aytganda, P/E qanchalik past bo‘lsa, kompaniya bozorda o‘z foydasiga nisbatan shunchalik arzon baholanadi. 🌱 Past P/E ko‘rsatkichiga ega aksiyalar ko‘pincha bozor tomonidan hali to‘liq qadrlanmagan yoki vaqtinchalik ishonchsizlikka duch kelgan kompaniyalar bo‘lishi mumkin. Biroq bu ba’zan ish faoliyatidagi pasayish yoki foydaning kamayishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. 🚀 Yuqori P/E esa, aksincha, kelajakdagi o‘sish kutilayotganini anglatadi — bozor istiqbol uchun ko‘proq to‘lashga tayyor (bu holat ko‘pincha IT-kompaniyalarga xos). Ammo o‘sish kutilganidek bo‘lmasa, bunday aksiyalar ortiqcha baholangan bo‘lishi ham mumkin. III chorak yakunlariga ko‘ra, bizning reytingda bank aksiyalari — 🏦“O‘zsanoatqurilishbank”, 🏦“Hamkorbank”, 🏦“Universal bank”, 🏦“Aloqabank” yetakchilik qilmoqda. Bu tabiiy hol: banklar odatda barqaror foyda ko‘rsatadi, lekin ularning aksiyalari sekinroq o‘sadi, shuning uchun ularning P/E ko‘rsatkichi past bo‘lib qoladi. 📌 Past P/E har doim ham foydali xarid kafolati emas, ammo bu ko‘rsatkich kompaniyani chuqurroq o‘rganish va bozor nima uchun foydani arzon baholayotganini tushunish uchun jiddiy sababdir. 📈#рейтинг#PE