@bagajsiz · Post #83 · 04.02.2025 г., 18:32
#prices "Yorkka sayohat qanchaga tushdi?" Uzr, sal kechikkan post. Xullas, yakuniy hisob-kitoblar qilib ko'ramiz. 1. Transport - Lesterdan Yorkka (borib-qaytish)— £32.50 UK ichkarisida harakatlanish men o'ylagandan ancha qimmat ekan. Mana bu yerda yozgandim. Menda rent car yo'q, shu uchun eng arzon transport avtobusdan foydalandim. 2. York ichida harakatlanish — £0 Shahar ancha kompakt va piyoda yurishga moslashgan. Bu tarafi menga juda yoqdi. Shuning uchun hech qanday transportga hojat yo'q. Albatta, siz daryoda suzgingiz kelib qolmasa. 3. York Minsterga kirish —£16 studentlar uchun + £6 Towerga chiqish Cathedralga kirish pullik ekan. Boshida kirmoqchi emasdim, ammo shuncha joyga kelib ichiga kirmay ketish ham xato bo'lardi. Studentlarga chegirma bor ekan, buning ustiga. Mana shu joyi yoqdi UKning. Studentlarga juda ko'p joyda zo'r sale bo'ladi. Topshiringlar! Towerga chiqish ixtiyoriy. Men ungayam oshiqcha pul to'ladim va bu uchun oyoqlarim meni 2 kun qarg'adi:) 4. Taomlanish Nonushta - £3.85 va tushlik - £20.50 Ovqat mutlaqo o'zizga bog'liq, uydan sendvich qilib kelsangiz ham bo'ladi:) Nega bunaqa deyapman. To'g'risi, diniy tomonlarga o'tmoqchi emasmanu, kimga qanaqa lekin men halol ovqatlarni afzal ko'raman. Bu yerda halol ovqatlar optioni ko'p emas, lekin yo'g'ammas. Street foodlarda bor, restoranlarda bor. Narxlari lekin salgina qimmatroqdek, balki menga shunday tuyular. Tushlik uchun 20 funt bu o'rtacha narx, undan arzoni ham tepasi ham bor. — Muzeylar Ularga kirmadim to'g'risi, narxlari £15-20 atrofida. Studentman axir. — Suvenirlar Bu yerda Harry Potter filmidagi Diagon Alley joylashgan. Juda mashhur joy. O'sha yerdan suvenir olmoqchi edim, keyin 2 kun och qolarkanman. Ularni narxi ham £20-25 funtlar atrofida. — Ko'zda tutilmagan boshqa xarajatlar - £12 Tekin joylar - barcha parklar, York Mediaval Walls (devorda yurasiz), Yorkning eski qismi Demak, jami: £90.85 (so'mda tahminan 1mln 450ming) To'g'risi, UK uchun yaxshi narx. Ha, lekin bundan yana £10-15 funtni olib tashlasayam bo'lardi, shunchaki men hali bu joylarni yaxshi bilmaganim, tayyorgarligim bo'lmagani pand berdi. Ammo shundan yaxshi tajriba to'pladim. Shunaqa gaplar. Sayohatnoma: Bagajsiz! — Sayohat qilish uchun chamadon emas, jur’at kerak!
Hashtags