@poistine_dzhemal · Post #12149 · 09.12.2025 г., 12:59
Biz bilamizki, Qur'onga ko'ra inson, Allohga itoat etish, Unga ibodat qilish va Uni bilish,tanish uchun yaratilgan – "i'badu wa 'arofu". Lekin biz "ibāda"(ibodat) haqida gapirganda, ko'p musulmonlar buni to'g'ridan-to'g'ri namoz, ro'za va shunga o'xshash boshqa ibodatlarni – Islomning besh arkonini ado etish deb tushunadi. "Ibāda" (ibodat) aslida ancha kengroq ma'noga ega: xizmat qilish – bu barcha narsada ibodat qilishdir. Agar inson Allohning bandasi va shu bilan birga Uning xalifasi bo'lsa, demak, u o'zining zimmasiga olgan ishning muayyan jihatlari, osmon va zamin o'rtasida Alloh tomonidan amalga oshiriladigan, bir vaqtning o'zida Allohning vaqti va insonning vaqti taqqoslanganda , bu holda ming yilga bir kun nisbatidagi o'rin oladigan, amalga oshiriladigan "amr" uchun mas'uldur. Va bu maqsaddir. Alloh Taolo aytadi: "Nahotki Biz sizni behudaga(maqsadsiz) yaratganmiz deb gumon qilsangiz?...". Haqiqatan ham, insoniyat maqsadsiz qolmagan, balki maqsadga egadir va bu maqsad Qur'onning ko'p oyatlarida tasvirlanadi. Va bu maqsadga erishish, aynan inson ichidagi ichki vaqtning muhiti va ma'nosi bo'lgan vazifani bajarishdir. Chunki insonning ichki vaqti ikki xil belgi bilan belgilangan: yaqin, ya'ni unga keladigan shubhasiz, mustahkam narsa yoki uning dunyoviy yo'lini yakunlovchi o'limi va yawm-ul-qiyāma (يوم القيامه), ya'ni Qiyomat va Hisob-kitob kuni, tarixni yakunlovchi ikki jihat – ichki jihat va tashqi jihat. Ichki tomondan cheklangan va tashqaridan tarix tomonidan cheklangan vaqt – insonlarning molu mulkidir, ularning qo'lida bo'lgunga qadar. Shu sababli bu eng katta qadriyatdir. Aslida, bizning hayotimizda bizning qo'limizdagi vaqtdan qimmatliroq biron narsa yo'q. Shu sababli odamlar bu vaqtni pulga, boylikka, lazzatlarga almashtiradilar, bu loyiq almashish, loyiq "ajr" deb hisoblaydilar. Shu sababli Alloh Taolo haqiqattan bu arzon va xatoli almashish ekanligi haqida ogohlantiradi. Ana o'sha narsa menga, inshaalloh, biz bu yerda o'qiladigan leksiyalar kursini "Vaqtning ma'nosi" deb nomlashga sabab bo'ldi. "VAQTNING MA'NOSI" LEKSIYALAR KURSIDAN. 1-LEKSIYA. SIYOSIY FALSAFA MANBAI SIFATIDA ANTROPOLOGIYA, 2005-yil. ©Haydar Jamol #vaqt
Hashtags