TGTGInsightтелеграм анализLIVE / telegram public index
← Такты, стеки, два колеса

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Намери подобно съдържание

Изходен канал @clockstackwheels · Post #784 · 21.03

У Лавки Игр хороший SMM, но я на их примере хочу проиллюстрировать важность умения разбираться в деталях той системы, которой ты пользуешься. СММщик писал пост с упоминанием статьи и вместо прямой ссылки на запись просто скопировал свой текущий URL из адресной строки браузера после того, как зашёл в поиск и нашёл нужный текст. То есть, в тексте вместо простого /wall-8375786_166962 получилось что-то такое: /search?c%5Bper_page%5D=40&c%5Bq%5D=истбрук&c%5Bsection%5D=statuses&w=wall-8375786_166962 Можно говорить, что это скорее ошибка ВК, но в разработке на самом деле есть некоторые подходы вроде CQRS, идемпотентности и семантического использования HTTP-методов, говорящие, в числе прочего, о том, что URL должен полностью отражать текущее состояние страницы. Думаю, это наследие Дурова, который любил консервативные решения. В любом случае, ВК здесь совершенно не уникален, и немало систем, которые ведут себя точно так же. При этом СММщик вызывает своей ссылкой у пользователей непредвиденное поведение: заход на страницу поиска и ввод поисковой фразы. А нижняя ссылка на скриншоте ещё хуже — обратите внимание, там нужный пост был открыт изнутри некоторой личной переписки, поэтому нажатие на ссылку формирует, внезапно, запрос на переписку с незнакомым большинству пользователей человеком, с которым общался СММщик в этот момент. Помимо просто путаницы для людей, которые в этом не разбираются (а таких большинство), возникает ещё и вполне прямая опасность: мало ли, что за страницы и с какой целью открыты у СММщика в момент вставки ссылки. Вполне возможна ситуация, при которой таким способом будут выданы закрытые сведения или даже даны несанкционированные доступы. #web

Hashtags

Резултати

Намерени 4 подобни публикации

Търсене: #psu

当前筛选 #psu清除筛选

🇺🇿🇺🇸Pittsburg State Universitetining Research and Innovation markazi 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari AQShda davom etayotgan qisqa muddatli o‘quv dasturi doirasida Pittsburg State Universityning Research and Innovation (Tadqiqot va innovatsiya) markaziga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida markaz faoliyati, unda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va innovatsion loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish jarayonlari, shuningdek, universitetning amaliy loyihalarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha yo‘lga qo‘ygan tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Markaz vakillari ayniqsa startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yosh tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning g‘oyalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berishdi. Shuningdek, markazda olib borilgan tadqiqotlar natijasida turli sohalar uchun zarur bo‘lgan texnik qurilmalar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgani, bu jarayon yaqin yillarda yanada kengaytirilishi rejalashtirilayotgani qayd etildi. Uchrashuv yakunida dastur ishtirokchilari va markaz mutaxassislari o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazilib, bilim va tajriba almashildi. Tashrif delegatsiya a’zolariga innovatsion ekotizimning amaldagi ishlash jarayoni, universitet va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik modeli hamda startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida keng tasavvur berdi. 🇷🇺RU #GSBE#USA#PSU#Innovation#Research#Startup 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

🇺🇿🇺🇸 AQSh, Pittsburg savdo-sanoat palatasiga tashrif 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan AQShda tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Pittsburg area Chamber of Commerce (Pittsburg savdo-sanoat palatasi) tashkilotiga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida Amerika Qo‘shma Shtatlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznes yuritishning huquqiy va iqtisodiy asoslari, shuningdek, mahalliy biznes muhitining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Tashrif ishtirokchilari AQShdagi kichik va o‘rta bizneslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi, investitsion imkoniyatlar, shahar darajasida tadbirkorlikni rivojlantirish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar. Pittsburg savdo-sanoat palatasi vakillari ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Shuningdek, O‘zbekiston tadbirkorlari uchun AQSh bozorida faoliyat yuritish bo‘yicha maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Ushbu tashrif ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, investitsiya aloqalarini chuqurlashtirish va o‘zaro tajriba almashish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Delegatsiya a’zolari tashrif davomida kelgusida ham samarali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishdilar. 🇷🇺RU #GSBE#USA#PSU#Chamber#Business#Partnership 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

🇺🇿🇺🇸AQShda tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlarida tashkil etilgan “Human Resource Development” (HRD) bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv dasturi o‘z yakuniga yetdi. Dastur davomida ishtirokchilar Pittsburg State University, Pittsburg area Chamber of Commerce, Research and Innovation markazi hamda Crossland College of Technology kabi nufuzli ta’lim va biznes tashkilotlariga tashrif buyurib, AQShning inson resurslarini boshqarish, texnologik ta’lim, innovatsion tadqiqotlar va tadbirkorlik ekotizimi borasidagi ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishdilar. Ishtirokchilar o‘quv mashg‘ulotlari davomida zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, HR tizimlarining amaliy qo‘llanilishi, startaplarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, texnik ta’limning innovatsion modeli, universitet–sanoat hamkorliklari va AQSh biznes muhitining ichki jarayonlari bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. O‘tkazilgan seminarlar, savol-javoblar, amaliy mashg‘ulotlar hamda mutaxassislar bilan muloqotlar delegatsiya a’zolarining malakasini sezilarli oshirdi. Dastur yakunida barcha ishtirokchilar o‘z o‘quv faoliyati uchun rasmiy sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Pittsburg State University hamda hamkor tashkilotlar tomonidan ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#USA#PSU#HRD#StudyAbroad#BusinessEducation 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

🇺🇿🇺🇸Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi AQShda malaka oshirish dasturini yo‘lga qo‘ydi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan Pittsburg davlat universiteti (Pittsburg State University) bilan hamkorlikda Inson resurslarini rivojlantirish (HRD – Human Resource Development) yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi. Mazkur dastur mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, zamonaviy boshqaruv va HR tizimlarini joriy etish, shuningdek, davlat va xususiy sektorlar uchun raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. O‘quv kurslari davomida ishtirokchilar AQShning ilg‘or tajribasi, inson resurslarini boshqarish, tashkilotlarda samaradorlikni oshirish, yetakchilik va menejmentning zamonaviy yondashuvlari bilan tanishadilar. Dasturda Oliy biznes maktabi tinglovchilari, shuningdek, davlat va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqdalar. Ular Pittsburg davlat universitetining professor-o‘qituvchilari bilan bevosita muloqotda bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar va seminarlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va uni mamlakatimiz ta’lim hamda iqtisodiyot sohalariga joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarining amaliy ifodasidir. 🇷🇺RU #GSBE#USA#PSU#HRD#StudyAbdoad#BusinessEducation 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube