@mri_pressa · Post #14617 · 11.04.2026 г., 12:03
#QQS Soliq davrida jami daromadi xatolik natijasida bir milliard soʻmdan oshib, QQS guvohnomasi avtomatik berilganda – QQS guvohnomasini tugatish tartibi belgilandi Avval xabar berilganidek, 2021-yil 22-sentyabrdagi 595-sonli VMQning 1-ilovasida tasdiqlangan Nizomning 37-bandida oʻzgartirish kiritildi. Unga ko‘ra: – Soliq davrida jami daromadi xatolik natijasida 1 mlrd soʻmdan oshib, QQS guvohnomasi berilgan soliq toʻlovchilarning ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq elektron shaklda taqdim etilgan soliq toʻlovchining ixtiyoriy maxsus roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi arizasiga asosan ham soliq organi tomonidan guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishi mumkin. Bunda guvohnomani tugatish toʻgʻrisida qaror soliq organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan qabul qilinadi hamda guvohnoma u berilgan sanadan boshlab tugatiladi. Misol uchun,aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi xatolik tufayli 1 mlrd soʻmdan ortiq summaga chek (yoki EHF) rasmiylashtirdi hamda ariza taqdim etmagan holda avtomatik guvohnoma berildi. Soliq toʻlovchi tomonidan xato rasmiylashtirilgan chek (yoki EHF)ga tuzatish kiritildi hamda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadi 1 mlrd soʻmdan kamaydi. Bu holatda soliq toʻlovchining arizasiga asosan soliq organi tomonidan QQS guvohnomasi berilgan sanadan tugatilib, aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga qaytariladi. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads
Hashtags