TGINSIGHT CHAT
"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali
@Termiz_MTU
News and media"Temiryo‘linfratuzilma" AJ "Termiz mintaqaviy temir yo`l uzeli" filialining rasmiy telegram kanali Murojaat, shikoyat va takliflar uchun: @termizmtuboshligi Facebook: https://www.facebook.com/termiz.mtu/
Pellgargadennoù diwezhañ
Pajenn 1 eus 84 · 1,003 pellgargadennoù
Embannet 9 Mae
9-may — Xotira va qadrlash kuni... Ba’zi insonlar bu hayotni tark etsa ham, ularning qadami bosgan yo‘llari, qilgan mehnati va samimiy chehrasi xotiralardan hech qachon o‘chmaydi. Bir paytlar shu maskanlarda halol mehnati bilan el xizmatida bo‘lgan, temir yo‘l tizimi ravnaqi uchun bor kuchini ayamagan hamkasblarimiz bugun oramizda yo‘q... Turli xastalik sabab hayotdan erta ko‘z yumgan aziz insonlarning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi. Ular bilan birga ishlagan kunlar, ish jarayonidagi samimiyat, mas’uliyat va insoniylik bugun ham ko‘z oldimizda... Ushbu xotira roligi — nafaqat bir lavha, balki fidoyi insonlarga bo‘lgan hurmat, sog‘inch va qalbdagi chuqur ehtirom ifodasidir. Inson ketadi... Ammo uning yaxshi nomi, mehnati va xotirasi yashab qoladi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱Telegramm |📱Facebook |📱Web|
Embannet 9 Mae
Tinchlik yo‘lidagi jasorat — avlodlar xotirasida. Har bir davlat uchun barqaror tinchlik hamda el farovonligidan ulug‘roq ne’mat yo‘q. 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan biz yurt osoyishtaligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan barcha ajdodlarimiz hamda zamondoshlarimizning xotirasini chuqur ehtirom bilan yod etamiz. Mustaqillikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash va sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining mardligini yuksak qadrlaymiz. Ularning o‘z qasamyodiga sodiqligi va ko‘rsatgan jasorati kelajak avlodlar uchun vatanparvarlikning yuksak namunasidir. Bugungi tinch va osuda kunlarimiz poydevorini yaratishda hissa qo‘shgan har bir vatandoshimizning nomi va xizmatlari davlatimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlanadi. Tinchlik va osoyishtalik yurtimizni hech qachon tark etmasin, farovon kunlarimiz bardavom bo‘lsin! #Burch#Jasorat#Matonat Hurmat bilan,"Temiz MTU" filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev. Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱Telegramm |📱Facebook |📱Web|
Embannet 9 Mae
G‘alaba bayrog‘ini jahon uzra baland ko‘tarishga munosib hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning, xalqimizning mardlik va matonat maktabi bizga madadkor kuch bo‘lib xizmat qiladi. — Опорой и вдохновляющей силой для нас является школа мужества и стойкости наших отцов и дедов, всего нашего народа, который внес достойный вклад в Великую Победу. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Embannet 8 Mae
“INSON QADRI AZIZ, XOTIRASI MUQADDAS” 2026-yil 7-may kuni "Termiz temir yoʻl masofasi" filiali Boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi raisi U.M.Xurramov, Xotin-qizlar masalahat kengashi raisi S.A.Babaxanova, Yoshlar yetakchisi O.P.Xaitmurotovlar tomonidan “9-may Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan Nuroniy va keksalarni ulugʻlash, ularga mehr-muruvvat koʻrsatish maqsadida koʻp yillar davomida Termiz temir yoʻl masofasi filiali tizimida fidoyi xizmat qilgan Nafaqadagi hamda Front orti mehnat fidoyilari, Veteranlar holidan xabar olinib ular bilan mazmunli davra suhbatlari oʻtkazildi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin aziz Vatandoshlar! "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱Telegramm |📱Facebook |📱Web|
Embannet 8 Mae
Keksalar hamisha e’zozda va hurmatda! 2026-yil 8-may kuni "9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Termiz MTU” filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda filial boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev, uzel boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi R.Rejapov hamda Uzel xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Yusupovalar ishtirok etdilar. Mazkur tadbirga front orti mehnat faxriylari, baynalmilal jangchilar hamda Chernobil fojiasi ishtirokchilari taklif etilib, ular bilan samimiy davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida filial boshlig‘i barcha nuroniylarni bayram bilan muborakbod etib, ularga chuqur hurmat va ezgu tilaklarini bildirdi. Shuningdek, faxriy mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir yakunida Uzel boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi R.Rejapov hamda Uzel xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Yusupovalar boshchiligida nuroniylar holidan xabar olinib, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi hamda esdalik sovg‘alari ulashildi. Yoshi ulug‘ insonlarni qadrlash, ularning xizmatlarini e’zozlash — xalqimizga xos yuksak fazilatdir. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱Telegramm |📱Facebook |📱Web|
Embannet 8 Mae
MILLIY LIBOSDA — MILLIY G‘URUR VA NAFAOSAT. Bugun “Termiz aloqa va signallashtirish masofasi” filialida haftaning juma kuni doirasida o‘tkazilayotgan “Milliy liboslar kuni” tashabbusi yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Milliy liboslarda faoliyat olib borgan xodimlar ish jarayonlariga nafaqat mas’uliyat va tartib, balki milliy qadriyatlarimizga xos go‘zallik va o‘ziga xos ruh bag‘ishlashdi. Atlas va adras matolaridan tikilgan milliy liboslar jamoada iliq muhit va estetik uyg‘unlikni yanada mustahkamladi. Mazkur tashabbus orqali milliy an’analarimizni asrab-avaylash, ularni kundalik hayotimizga keng tatbiq etish hamda yoshlar qalbida milliy o‘zlik va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Termiz aloqa va signallashtirish masofasi” filiali jamoasi esa ushbu ezgu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlab, milliy qadriyatlarimizni amalda namoyon etishda faol ishtirok etmoqda. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱Telegramm |📱Facebook |📱Web|
Embannet 7 Mae
Joriy yilning 7-may kuni “Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev va Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i bilan hamkorlikda G‘alaba stansiyasida qo‘shni davlatlarga o‘tuvchi hamda qo‘shni davlatlardan keluvchi vagonlar harakati hamda texnologik jarayonlarni tezlashtirish maqsadida stansiyaning 2AP yo‘lida dinamik tarozi qurilmasini o‘rnatish hamda bojxona skanerini ish faoliyatini tashkil etish yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi. Stansiyada ushbu taklif etilayotgan qurilmalar o‘rnatilib foydalanishga topshirilsa ish jarayonlari sezilarli darajada tezlashadi bu bilan yoqilg‘i mahsulotlari tejaladi, eng asosiysi vagonlar aylanmasi oshadi. Bundan tashqari G‘alaba ko‘rik parkida qurilayotgan bojxona ko‘rigi punktini qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirib tegishli ko‘rsatmalar berildi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱Telegramm |📱Facebook |📱Web|
Embannet 7 Mae
Joylarda harakat xavfsizligini ta’minlash va Jamiyat rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish maqsadida “Termiz MTU” filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev yo‘l xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, zaruriy ehtiyot qisimlar hamda kichik mexanizmlarning mavjudligi va ularning saqlanishi, ekspluatatsiyada foydalanish jarayonlarini ko‘zdan kechirish uchun Termiz temir yo‘l masofasi boshlig‘i bilan G‘alaba stansiyasida joylashgan yo‘lsozlar bo‘linmasida bo‘ldi. Joyidagi mas’ul xodimlar bilan suhbat qilinib ish jarayonida duch kelayotgan mavjud muammolari hamda takliflari tinglandi. Bugungi kundagi poyezdlar oqimini benuqson o’z manziliga yetkazishda tunu-kun mehnat qilib, yo‘llarning joriy holatini saqlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱Telegramm |📱Facebook |📱Web|
Embannet 7 Mae
"TEMIRYO‘LCHI" gazetasining 2026 yil 7-may kunidagi 18-soni mutolaa uchun havola qilinadi. Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱Telegramm |📱Facebook |📱Web|
Embannet 6 Mae
Termiz – Qumqo‘rg‘on – Denov temir yo‘l uchastkasida amaliy o‘rganish va nazorat ishlari olib borildi Joriy yil 6-may kuni “Poyezdlar harakati xavfsizligi” kunida “Termiz MTU” filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N sonli harakat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosi ta’minlash maqsadida joylarda amaliy o‘rganish va nazorat ishlarini olib bordi. Nazorat ko‘rigi davomida Termiz-Qumqo‘rg‘on-Denov temir yo‘l uchastkasida amalga oshirilayotgan ishlar, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar, stansiyalarda eksplutatasion ishlar holati va ish samaradorligi ko‘zdan kechirildi. Qumqo‘rg‘on-Quduqli uchastkasida amalga oshirilayotgan elektrlashtirish ish jarayonini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi va ushbu uchastkada yaxshilanayotgan sun’iy inshoatlar qurilish jarayonini ham nazoratga oldi. Safar davomida ishchi xodimlarning bilim saviyasini oshirish, ishdagi kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida Uzel boshlig‘i rahbarligida uzel tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari va Pulhakim, Tangimush, Oqjar, Surxon hamda Elbayon stansiyalari boshliqlari, stansiya navbatchilari ishtirokida Qumqo‘rg‘on stansiyasi parkida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining 2014-yil 12-may kunida tasdiqlangan 181-N sonli buyrug‘i talablari asosida “Ko‘rgazmali kommission oylik ko‘rigi” (KMO) o‘tkazildi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱Telegramm |📱Facebook |📱Web|
Embannet 6 Mae
YOʻLOVCHILAR DIQQATIGA! Joriy yilning 5-may kunidan boshlab poyezdlar harakat jadvaliga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi: ✅711/703-sonli "Buxoro/Qarshi - Toshkent" yoʻnalishi: Buxoro 05:21 — Toshkent 12:09 711-sonli Buxoro – Toshkent poyezdi Buxoro bekatidan amaldagi jadvaldan 4 daqiqa kech chiqmoqda. Jizzax bekatidan 19 daqiqa kech harakatlanmoqda. Guliston bekatidan 8 daqiqa kech harakatlanmoqda. Toshkent Shimoliy vokzaliga 8 daqiqa kech kirib kelmoqda. (Umumiy vaqti 4 daqiqaga uzaygan). ✅712-sonli “Toshkent-Buxoro" yoʻnalishi: Toshkent bekatidan Samarqand bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi keyin — Buxoro 02:27 ✅79/81-sonli "Termiz/ Sariosiyo - Toshkent yoʻnalishi: Termiz/Sariosiyo bekatidan Jizzax bekatiga qadar amaldagi jadval bo'yicha keyin — Toshkent 09:40 ✅54-sonli "Toshkent - Qoʻngʻirot” yoʻnalishi: Toshkent Janubiy bekatidan Jizzax bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi keyin — Qoʻngʻirot 10:14 54-sonli Toshkent – Qo‘ng‘irot poyezdi Toshkent bekatidan amaldagi jadval asosida harakatlanadi. Samarqand bekatiga 7 daqiqa oldin kirib kelmoqda. Navoiy bekatidan 5 daqiqa erta harakatlanmoqda. Buxoro bekatidan amaldagi jadvaldan 24 daqiqa oldin harakatlanmoqda. Misken bekatidan 33 daqiqa oldin harakatlanmoqda. To‘rtko‘l bekatidan 29 daqiqa oldin harakatlanmoqda. Ellikqal’a bekatidan 29 daqiqa oldin harakatlanmoqda. Qorao‘zak bekatidan 29 daqiqa oldin harakatlanmoqda. Nukus bekatiga 29 daqiqa oldin kirib kelmoqda. Qo‘ng‘irot bekatiga 43 daqiqa erta yetib bormoqda. ✅53-sonli "Qoʻngʻirot - Toshkent” yoʻnalishi: Qoʻngʻirot 12:35 — Samarqand 02:52-03:20 keyin amaldagi jadval asosida harakatlanadi. 53-sonli Qo‘ng‘irot – Toshkent poyezdi Buxoro bekatidan 6 daqiqa oldin, Navoiy bekatidan 3 daqiqa oldin harakatlanmoqda. ✅126/75-sonli “Xiva-Andijon/Toshkent " yo’nalishi: Xiva 15:25 — Samarqand 00:45-01:30 keyin amaldagi jadval asosida harakatlanadi. 126-sonli Xiva – Andijon poyezdi Xiva va Buxoro bekatlaridan 10 daqiqa kech harakatlanmoqda. ✅125/76-sonli "Andijon/Toshkent - Xiva" yo’nalishi: Andijon va Toshkent bekatlaridan Samarqand bekatigancha amaldagi jadval asosida harakatlanadi keyin — Xiva 13:33 125-sonli Andijon – Xiva poyezdi Xiva bekatiga 18 daqiqa kech kirib kelmoqda. Shuningdek, Kattaqo‘rg‘ondan 41 minut erta Zirabuloqdan 29 minut erta, Ziyovuddindan 29 minut erta, Navoi bekatidan 42 daqiqa erta va Buxoro belatidan 52 daqiqa erta joʻnaydi. ✅71-sonli "Olot - Toshkent Janubiy" yo’nalishi: Olot 20:58 — Samarqand 02:21 - 02:45 keyin amaldagi jadval asosida harakatalanadi. ✅56-sonli “Toshkent - Xiva" yo’nalishi: Toshkent bekatidan Samarqand bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi keyin — Xiva 11:52 56-sonli Toshkent – Xiva poyezdi Buxoro bekatidan 10 daqiqa oldin harakatlanmoqda. Urganch bekatiga 15 daqiqa kech kirib kelmoqda. ✅57-sonli "Shovot - Toshkent" yo’nalishi: Shovot 18:16 — Samarqand 03:53-04:10 keyin amaldagi jadval asosida harakatlanadi. ✅127-sonli "Andijon - Qo'ng'irot" yo’nalishi: Andijon bekatidan Navoiy bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi keyin — Qo'ng'irot 20:33 127-sonli Andijon – Qo‘ng‘irot poyezdi Nukus bekatiga 10 daqiqa kech kirib kelmoqda ✅359-sonli "Xo'jand - Volgograd": yo’nalishi: Xo'jand bekatidan Navoiy bekatigacha amaldagi jadval bo'yicha keyin: Navoiy 00.35-01.06 — keyin amaldagi jadval asosida harakatlanadi. ✅98/94 Toshkent "Yo'lovchi - Andijon” yo’nalishi: Toshkent bekatidan Namangan bekatiga qadar amaldagi jadval bo'yicha harakatlanadi keyin — Andijon 14:16 ✅6454-sonli "Toshkent - Xovos" yo’nalishi: Toshkent 19:00 — Xovos 22:51 ✅6313-sonli "Andijon-Qo'qon" yo’nalishi: Andijon 17:08 — keyin amaldagi jadval bo'yicha. ✅6316-sonli "Buxoro - Qarshi" yo’nalishi: Buxoro 16:00 — Qarshi 19:05 ✅6318-sonli "Qarshi - Shahrisabz" yo’nalishi: Qarshi 19:30 — Shahrisabz 21:42 🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati 📲Telegram🌐Website🖤YouTube📷Instagram📒Facebook
Embannet 6 Mae
Ayni damda “Termiz MTU” filiali boshlig‘i G‘.O. Mamadaliyev tomonidan Termiz–Qumqo‘rg‘on uchastkasi bo‘ylab drezinada joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib bormoqda. O‘rganish jarayonida uchastkaning estetik holati, kvartal ko‘rikka tayyorgarlik darajasi, qurilmalarning ishlash holati, kontakt tarmoqlari, temir yo‘l izlari hamda temir yo‘l kesishmalarining texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirilmoqda. Shuningdek, har bir xo‘jalik kesimida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul rahbarlarga tezkor tartibda aniq topshiriqlar berilmoqda va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab berilmoqda. Telegram sahifamiz: 👉@Termiz_MTU👈