Danvez ar bellgargadenn
Termiz – Qumqo‘rg‘on – Denov temir yo‘l uchastkasida amaliy o‘rganish va nazorat ishlari olib borildi Joriy yil 6-may kuni “Poyezdlar harakati xavfsizligi” kunida “Termiz MTU” filiali boshlig‘i G‘.O.Mamadaliyev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan 1-N sonli harakat xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosi ta’minlash maqsadida joylarda amaliy o‘rganish va nazorat ishlarini olib bordi. Nazorat ko‘rigi davomida Termiz-Qumqo‘rg‘on-Denov temir yo‘l uchastkasida amalga oshirilayotgan ishlar, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar, stansiyalarda eksplutatasion ishlar holati va ish samaradorligi ko‘zdan kechirildi. Qumqo‘rg‘on-Quduqli uchastkasida amalga oshirilayotgan elektrlashtirish ish jarayonini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi va ushbu uchastkada yaxshilanayotgan sun’iy inshoatlar qurilish jarayonini ham nazoratga oldi. Safar davomida ishchi xodimlarning bilim saviyasini oshirish, ishdagi kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida Uzel boshlig‘i rahbarligida uzel tarkibidagi barcha korxonalar rahbarlari va Pulhakim, Tangimush, Oqjar, Surxon hamda Elbayon stansiyalari boshliqlari, stansiya navbatchilari ishtirokida Qumqo‘rg‘on stansiyasi parkida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining 2014-yil 12-may kunida tasdiqlangan 181-N sonli buyrug‘i talablari asosida “Ko‘rgazmali kommission oylik ko‘rigi” (KMO) o‘tkazildi. "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱Telegramm |📱Facebook |📱Web|