TGINSIGHT CHAT
Aslanov's Lessons
@Aslanovs_Lessons
EducationThree main channels I run: 1️⃣ this one (@aslanovs_lessons) 2️⃣@mraslanov 3️⃣@pdfbooksyouneed For questions @Aslanovs_robot
Recent posts
Page 1 of 84 · 1,007 posts
Posted Apr 23
🆕 IELTS Speaking kursi 🔍 7 ta video dars: 1. IELTS Speaking Part 1 2. IELTS Speaking Part 2 3. IELTS Speaking Part 3 4. Band Descriptors (1) 5. Band Descriptors (2) 6. Band Descriptors (3) 7. Band Descriptors (4) 🔍 6 ta topshiriq: 1. Part 1 savollari…
Posted Apr 23
🆕IELTS Speaking kursi 🔍 7 ta video dars: 1. IELTS Speaking Part 1 2. IELTS Speaking Part 2 3. IELTS Speaking Part 3 4. Band Descriptors (1) 5. Band Descriptors (2) 6. Band Descriptors (3) 7. Band Descriptors (4) 🔍 6 ta topshiriq: 1. Part 1 savollari 2. Part 2 savollari 3. Part 3 savollari 4. Full Mock 1 5. Full Mock 2 6. Full Mock 3 Yuborgan vazifalaringizni o'zim tekshirib to'liq feedback beraman. ➡️O'quvchilarimning IELTS natijalari ⚡️Bonus: Grammar + Voc Up kurslari 💰200 000 UZS (cashback ham bo'ladi) To'liqroq ma'lumot uchun @doniyoraslanov_admin ga "SPEAKING" deb yozib qoldiring.
Posted Mar 29
Instagramga yangi video joyladim 😊 Mavzu: Grammatikani o'rgatishdagi top 3 xato Bu yerda ko'rsangiz bo'ladi 👍, 🔍, 💬 esdan chiqmasin.
Posted Mar 24
Instagramga 2 ta yangi video joyladim: 1️⃣Ingliz tili ustozlarida eng ko'p uchraydigan xato 2️⃣O'quvchilarimda speaking yaxshi emas. Nima qilsam bo'ladi?
Posted Mar 5
📹 Instagramda ham ustozlar uchun juda foydali reels joylayapman: 1️⃣Nega o'quvchilarim ingliz tilida gapirmayapti? 2️⃣Yosh ustozlarga 3 tavsiya 3️⃣Qanday Reading materiallar tanlash kerak? 4️⃣Bir guruhda har xil darajadagi o'quvchilar bo'lsa nima qilish kerak? 5️⃣Shovqin qilayotgan o'quvchilarni tinchlantirish usullari Obuna, like, share, save bilan qo'llab-quvvatlashingizni kutib qolaman 😊
Posted Oct 8
Odat! Avvallari juda ko'plab ota-onalarda shaxsan manga yoqadigan odat bo'lardi. Farzandlari maktabdan (asosan maktabdan) qaytganda 'Qani, oldimga o'tirchi. Bugun nimalarni o'rganding?' deb deyarli har kuni so'rashardi. O'zimda ham shunday bo'lgan. Uyga borsam ota-onam bugun nima o'rganganimni so'rashadi deb darsda ikki barobar e'tiborliroq o'tirardim. Qani endi shu odatni yana tiklasak. Hatto, farzandlari repetitorda o'qiyotgan ota-onalar orasida. 📱@mraslanov
Posted Oct 8
Sir! Dars berishni boshlaganimda, birinchi maktab bolalariga uylariga borib dars o'tardim. Dars beradigan o'quvchilarimni otasi poytaxtdagi katta supermarketlardan birini xo'jayinlaridan edilar. U kishini boyligi, sharoitini va manga bo'lgan munosabatini ko'rib qoyil qolganman. Katta miqdorda puldan tashqari, darsim tugagandan keyin mashinalarida uyimga tashlab qo'yardilar. Qo'yavering, yetib olaman, ishdan charchab kelgansiz desam ham yo'q deb oyoq tirab olardilar. Keyin tushunganman - katta ehtimol bilan muvaffaqiyatlarining bir siri ahli ilmlarni xurmat qilganliklaridan ekanligini. 📱@mraslanov
Posted Sep 28
Baliqlar! Bir klinikaga tez-tez ishim tushadi. U yerda turli-tuman, rang-barang baliqlar akvariumda saqlanadi. Biroq, u yerga borgan 90% odam ularga uncha e'tibor bermaydi. Ularga qarab zavq olmaydi. Sababi ularning fikru-hayoli kasallik. Hayot ham shunday - biz qaysidur muammoyimizga yetarlidan ortiq sho'ng'ib ketib, atrofimizdagi boshqa 'baliq'larga parvo qilmaymiz. Lekin shuni aksini qilsak hayotimiz yanada mazmunli bo'ladi deb o'ylayman. 📱@mraslanov
Posted Sep 27
Meva! Bir kuni darsimdan chiqib tashqariga ketmoqchi bo’lib tursam bir yosh hamkasbim chaqirib qoldi. Borsam qarang, ustoz birinchi oyligimga adamlarga kompyuter va onamlarga telefon oldim. Ularniki eskirib qolgan edi dedi. U qizning ko’zidagi quvonchni, oqlangan ota-ona ishonchini, shuncha mehnatlarining mevasini chinakamiga tushunish uchun o’zimiz ham bundan o’tishimiz kerak. Sizda ham hozir qiyin bo’lyaptimi? Taslim bo’lishga shoshilmang! Mevasini ko’rmaguncha davom eting. 📱@mraslanov
Posted Sep 26
Paymedan eslatma! Payme ilovasini o'chib yoz oyidagi kirim va chiqimlarni hisobotini ko'rib chiqdim. O'sha hisobot menga bir narsani yana bir bor eslatdi. Iyun va Iyul oylarida yozda maksimal ko'pchilik bekor qolmay ilm olsin deb kurslar ochgan edim. Maqsad ilm berish bo'lgan, tushum juda yaxshi. Avgust oyida juda pulga muhtoj bo'lgandim va pul topay deb kurslar ochdim. Natija kutganimdek bo'lmadi. Eslatma: maqsadni ilm ulashish deb qo'ysak, pul o'zi bizni topib keladi. Pul desak, u bizdan qochishi mumkin. 📱@mraslanov
Posted Sep 26
Odamlar nima deydi? Mana shu qo'rquv bizni ko'p narsadan ushlab qoladi. Misol uchun bir kuni bir taksist bilan gaplashib ketyapman. Aytishlaricha moliyaviy tarafdan qiynalgan ekanlar. Ming so'm ham hozirgi ahvollarida juda kerakli pul ekan. Ularga mashinangizga yandex taksi reklamasini yopishtirib oling, eshitgan edim shunda sizga ma'lum pul tashlab berishar ekan, harna-da desam, ular 'Voy! Odamlar nima deydi?' dedilar... Yana boshqa kuni, boshqa bir amaki bilan ham gaplashib ketdim. Aytishlaricha ancha uzoqdan kelib poytaxtda taksi qilar ekanlar. Yo'qchilikdan yakkayu yagona o'g'illari yosh ota bo'lishiga qaramasdan Rossiyada qurilishda ishlar ekan. Ular ham moliyaviy tarafdan qiynalayotganlarini, shuning uchun o'zlari bu yerda, o'g'illari chet elda jon berib ishlayotganliklarini aytdilar. Qo'shimcha qilib, aksiga bizda to'y-hashamlar ko'p, hammasini yaxshilab qilish kerak, unga ham ko'plab pullarimiz ketayapti dedilar. Ularga ham norozi ohangda amaki, sizga nima zaril, o'zi misqollab yig'ayotgan ekansizlar desam yana o'sha gap - odamlar nima deydi? Qachon shu qo'rquvdan batamom qutular ekanmiz?
Posted Sep 26
Support! O'zim mustaqil joy olib dars berishni boshlagan paytlarim shunday o'quvchilarim bo'lgan ana o'shalarda man haqiqiy supportni ko'rganman. Hozir bitta reaksiya yoki izoh yozishga yaramayotgan bir paytimiz, avval shunday o'quvchilarim bo'lardi - har oy 1, 2 marta darsga kelib, to'lov qilib yana bir oy yo'q bo'lib ketgan. Na aloqaga biror raqami bo'lardi na internetda manzili. Keyinchalik bilsam ustozga bizdan yordam bo'lsin deb shunday qilishgan ekan. Yana shunday bir o'quvchim bo'lardi - 1 yil maosh olmasdan ishlagan. Kunlik harajatiga majburlab pul bersam olardi lekin oylik haqida gap borsa YO'Q USTOZ! deb ishimda yordam berar edi. Nega unday qilasan desam Otam shunday deganlar. Ustozingni xizmatini qil, duosini ol lekin pulini olma deb uqtirgan ekanlar. Hozir o'sha shogirtim 3000$ dan ko'p pul topadi oyiga. Qarang hayotni qiziqligini.