@uztmk_official · Post #2299 · 07/25/2025, 01:01 PM
#TMK#Worley#Injiniring ⚡️TMK va Worley: Global injiniring kompaniyasi bilan hamkorlik ⚫️TMK va dunyoning 47 mamlakatida faoliyat yuritayotgan Avstraliyaning yirik injiniring kompaniyasi Worley delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Unda TMK loyihalarida Worley kompaniyasining professional injiniring, konsalting va loyiha boshqaruvi xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar tog‘-kon, qayta ishlash va metallurgiya sanoatida istiqbolli loyihalar bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Uchrashuv davomida quyidagilar muhokama qilindi: ✔️Yangi konlarni o‘zlashtirish va texnogen chiqindi omborlaridan kritik minerallar ajratish loyihalari doirasida Worley tajribasini jalb qilish; ✔️ESG sohasida loyihalar amalga oshirishda Worley tajribasini o‘rganish imkoniyatlari. 🗣️Worley kompaniyasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Jon Armstrong TMKning qisqa vaqt ichida erishayotgan yutuqlari va global miqyosdagi istiqbolli rejalarini yuqori baholadi. 💠 Mazkur uchrashuv TMKning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish va yirik global injiniring kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. 🔹🔹🔹 🔗На русском языке 🔗In English 🗄🗄🗄🗄 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram
Hashtags