@dasturlash_hayoti · Post #4073 · 11/25/2025, 11:39 AM
#JavaScript#LocalStorage#FrontEnd#JS#Dasturlash 👨💻 JavaScript’da LocalStorage nima va qanday ishlatiladi? LocalStorage – bu brauzerda ma’lumotlarni saqlash imkonini beruvchi vosita. Saytni yopib ochganingizda ham ma’lumotlar saqlanib qoladi. Asosiy xususiyatlari: 🔹Ma’lumot string sifatida saqlanadi 🔹Brauzer yopilsa ham o‘chmaydi. 🔹Faqat hozirgi domen uchun amal qiladi. Eng ko‘p ishlatiladigan metodlar: // Ma'lumot qo'shish localStorage.setItem('ism', 'Jonibek'); // Ma'lumotni olish let ism = localStorage.getItem('ism'); console.log(ism); // Jonibek // Ma'lumotni o'chirish localStorage.removeItem('ism'); // Hammasini tozalash localStorage.clear(); 💡 Agar obyekt yoki massiv saqlash kerak bo‘lsa, JSON.stringify va JSON.parse dan foydalaning: let user = { name: 'Jonibek', age: 20 }; localStorage.setItem('user', JSON.stringify(user)); let getUser = JSON.parse(localStorage.getItem('user')); console.log(getUser.name); // Jonibek 💡LocalStorage – bu saytlar uchun “xotira” bo‘lib, foydalanuvchi ma’lumotlarini uzoq muddat saqlash imkonini beradi. 💻@dasturlash_hayoti— Dasturchilar hayoti, motivatsiya va IT olamidagi eng foydali maslahatlar shu yerda!