@gsbe_uz · Post #2965 · 01/26/2026, 12:21 PM
💙💙💙 🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabidan xalqaro o‘quv dasturi! 🇺🇿🇮🇹 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Italiyaning Milan shahrida joylashgan POLIMI Graduate School of Business bilan hamkorlikda 2026-yil martoyining ilk kunlarida“Raqamli transformatsiya sharoitida kompaniya biznesini zamonaviy menejment standartlari asosida samarali boshqarish yo‘llari” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursiga taklif etadi. ✅ Mazkur qisqa muddatli o‘quv kursida ishtirokchilar: - Raqamli transformatsiya sharoitida biznesni tashkil qilish; - Strategik boshqaruv, korporativ va loyiha boshqaruvini raqamlashtirish; - Biznesda sun’iy intellektni qo‘llash; - ESG-menejment; - Barqaror rivojlanishning xalqaro standartlari mavzular bo‘yicha amaliy bilim va tajriba orttiradilar. Dastur doirasida EDISON, PIRELLI, ROLD, UNICREDIT kabi yetakchi Italiya kompaniyalariga tashrif buyurish ham rejalashtirilgan. 👉Dastur haqida batafsil 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#POLIMI#Italy#Milan#DigitalTransformation 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube