TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← 峰青驿站

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @FengChingLocalization · Post #79 · Aug 8

#MacOS 仅限 Mac 设备使用

Hashtags

Results

13 similar posts found

Search: #professor

当前筛选 #professor清除筛选
Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University

@alxorazmiyuni · Post #52 · 09/11/2025, 03:51 PM

Professor-o'qituvchilarimiz bilan tanishing ⚡️ Dr. Mutti-Ur Rehman endilikda Al-Xorazmiy universitetiningMatematika va informatika maktabi Dasturiy ta'minot muhandisligi dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda. ✅ Dr. Mutti-Ur Rehman 2023–2024-yillar AQShning Nevada universiteti, Reno shahridagi Matematika va statistikа kafedrasi dotsenti bo'lgan. Ilmiy faoliyati: ⏺Italiyadagi GSSI SISSA institutida PhD dissertatsiyasini yoqlagan; ⏺AQShdagi MIT institutida postdoktoral tadqiqotini olib borgan. 📋Kasbiy faoliyati: ⏺10+ yil davomida universitetda ilmiy tadqiqotlar olib borgan; ⏺ oliy ta'limda o'qitish bo'yicha 7 yillik tajribaga ega; ⏺10+ davlatda ilmiy seminarlar va xalqaro konferensiyalar spikeri sifatida faoliyat yuritgan; ⏺Bir nechta nufuzli, xalqaro ilmiy jamiyatlar a’zosi. ✅️Dr. Mutti-Ur Rehman2013-yilda Amaliy Matematika yo‘nalishi bo‘yicha GSSI va INFN tomonidan berilgan PhD stipendiyasi sohibi bo'lgan. 🎗Biz Dr. Mutti-Ur Rehmanning bilim va tajribasi talabalarimizning muvaffaqiyatiga yo'l ochishiga ishonamiz. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #professor Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Hashtags

Germaniyalik professor tomonidan ochiq ma'ruza tashkil etildi 💥 Dunyoda 84-o'rinda turuvchi Germaniyaning Humboldt universitetida 2000-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan professor Franz Wolfgang Hubert tomonidan universitetimiz talabalari uchun ochiq ma'rusa o'tkazildi. 💫 Professor o‘z ma’ruzasida Yevropada olib borilayotgan CO₂ siyosati, uning markazlashgan rejalashtirishga asoslangan yondashuvlari va bunday siyosatning oqibatlari haqida so‘z yuritdi. 🔵 Uning ta’kidlashicha, haddan tashqari markazlashgan rejalashtirish ko‘plab samarasizliklarga olib kelib, siyosiy xarajatlarni oshirgan hamda asta-sekin ijtimoiy-siyosiy qo‘llab-quvvatlashni pasaytirgan. 🎗Professorning ma'ruzasi talabalar uchun qiziqarli va yangi bilimlarga boy o'tdi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #professor#Germaniya ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Germaniyaning Dresden amaliy fanlar universitetidan kelgan professor Robert Baumgartl bilan tanishing ✅ Professor 25 yillik faoliyati davomida ko'plab yoshlarga ta'lim bergan. Endilikda ushbu bebaho tajriba “Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabalari bilan ham ulashiladi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #Germaniya#professor ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

TUM universitetining Kimyo va materialshunoslik muhandisligi dekani bilan intervyu 🧪Myunxen texnika universiteti professori va dekani Kai-Olaf Hinrichsen Kimyo va materialshunoslik muhandisligi sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, yutuqlar va talabalar uchun eng kerakli tavsiyalari bilan o'rtoqlashdi. ▶️To'liq video YouTube sahifamizda: https://www.youtube.com/watch?v=QglkxpzA3o0 💫 Professor Hinrichsen TUM universitetining Singapurdagi kampusida dekan, ABET kabi nufuzli akkreditatsiya tashkilotlarining kordinatori va universitetimizda o'quv dasturlarini yaratishda yaqindan ishtirok etgan tajribali olim hisoblanadi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #TUM#professor ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Professorlarimizning maqsadi – liderlarni tayyorlash ⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti iqtisodiyot bo'yicha professori Amerikalik Chris Hannumning maqsadi nafaqat sifatli bilim berish balki, kelajak liderlarini tayyorlashdan ham iborat. 💥 U dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Kolorado davlat universitetida tahsil olgan va ta'lim sohasida ko'p yillik tajribaga ega. 🎗Sifatli ta’lim – dunyoni o‘zgartira oladigan liderlarni tarbiyalaydi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #USA#professor ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University

@alxorazmiyuni · Post #72 · 09/15/2025, 03:03 PM

Professor-o'qituvchilarimiz bilan tanishing ⚡️ Iskandarova Risolat Ravshanbekovna endilikda Al-Xorazmiy universitetining Akademik yozuv va muloqot mahorati fani ma`ruzachisi sifatida faoliyat yuritadi. Ilmiy faoliyati: ⏺O`zbekiston Davlat Jahon tillari universitetida sinxron tarjima (ingliz tili) yo`nalishida magistr darajasiga ega; ⏺Hozirgi kunda pedagogika nazariyasi, pedagogik ta`limotlar tarixi mutaxassisligi bo`yicha ilmiy ish olib bormoqda. 📋Kasbiy faoliyati: ⏺2 yil davomida universitetda ilmiy tadqiqotlar olib borgan; ⏺oliy ta'limda o'qitish bo'yicha 3 yillik tajribaga ega; ⏺10+ ilmiy jurnallarda va xalqaro konferensiyalarda o`z maqolalari bilan ishtirok etgan; ⏺bir nechta o`quv va uslubiy qo`llanmalar muallifi. ⏺“IELTS imtihonidan umumiy 8.0 ball egasi” 🎗Biz Iskandarova Risolatning bilimi va bebaho tajribasi talabalarimizni kelajakda ulkan muvaffaqiyatlarga yetaklashiga ishonamiz! 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #professor#teacher Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Tajribali professor-o'qituvchilarimizdan yana biri bilan tanishing 💫 Dunyo reytingida 50-o'rinda turuvchi London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabida tahsil olgan Wenshen Ye talabalarimizga O'yin nazariyasidan bilim bermoqda. 💥Top oliygohlaridan kelgan kuchli professor-o'qituvchilar “Yangi Oʻzbekiston” universitetida! 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #professor#LSE ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University

@alxorazmiyuni · Post #162 · 11/04/2025, 07:39 AM

Professor-o‘qituvchilarimiz bilan tanishing 🎓Malika Xasanova — Al-Xorazmiy universitetida akademik yozuv va muloqot ko‘nikmalari fanidan ma'ruzachi-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Malika Xasanova Toshkentdagi Webster universitetida "Ta’lim va innovatsiyalar" yo'nalishida magistrlik darajasini olgan. 📚 6 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan malakali mutaxassis sifatida davlat maktablari va o‘quv markazlarida ingliz tili, CEFR hamda IELTS yo‘nalishida yuzlab o‘quvchilarni tayyorlagan. ⚡️Uning shogirdlari mahalliy va xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarga erishgan. 💫 Malika Xasanova uchun o‘qituvchilik — bu shunchaki kasb emas. Bu — ijodkorlik, mehr va mas’uliyatdir. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #MeetOurProfessors#professor#alkhwarizmi Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University

@alxorazmiyuni · Post #121 · 10/13/2025, 07:41 AM

Professor-o‘qituvchilarimiz bilan tanishing ⚡️Suxrob Yangibayev — endilikda Al-Xorazmiy universitetida Kompyuter dasturlash fanidan ma’ruzachi-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. 🎓 Suxrob Yangibayev Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetida tahsil olgan. Kasbiy faoliyati davomida bir qator tashkilotlarda muhandis sifatida faoliyat olib borgan hamda TATU Urganch filialida stajyor-o‘qituvchi sifatida dars bergan. ✔️ Suxrob Rustamovichning amaliy tajribasi va zamonaviy IT texnologiyalariga oid chuqur bilimlari talabalarga zamon talablariga mos, innovatsion ta’lim berishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonamiz. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #MeetOurProfessors#professor#alkhwarizmi Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Al-Xorazmiy Universiteti | Al-Khwarizmi University

@alxorazmiyuni · Post #109 · 10/03/2025, 07:01 AM

Professor-o‘qituvchilarimiz bilan tanishing ⚡️ Dr. Cosimo Buffone — endilikda Al-Xorazmiy universiteti Dron texnologiyalari muhandisligi fakultetida fizika fanidan professor sifatida faoliyat yuritmoqda. ✅ Dr. Buffone Xitoydagi Tianjin Savdo universitetida dotsent bo‘lgan, shuningdek, Université libre de Bruxelles (Belgiya), Edinburg universiteti (Buyuk Britaniya) va Italiyadagi ta’lim muassasalarida ham dars bergan. Ilmiy faoliyati: ⏺ Rimdagi “La Sapienza” universitetida Aerokosmik muhandislik yo‘nalishida tahsil olgan; ⏺ Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetida “Mikrosistemalarda issiqlik va massa almashinuvi” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan; ⏺ 29 ta ilmiy maqola va 5 ta patent muallifi; ⏺ Scopus bazasida 770 dan ortiq iqtibosga ega. Kasbiy faoliyati: ⏺ 20+ yil davomida Yevropa Kosmik Agentligi, Rolls-Royce, Airbus, Moog kabi nufuzli tashkilotlar bilan yirik ilmiy loyihalarda ishtirok etgan; ⏺ Faoliyat yuritgan tashkilotlariga 4,4 mln yevrodan ortiq ilmiy grant va loyihalar jalb qilgan; ⏺ Belgiyadan Xitoygacha 5 mamlakatda ilmiy izlanish va pedagogik faoliyat olib borgan. 🎗 Al-Xorazmiy universiteti jamoasi Dr. Cosimo Buffone’ning chuqur ilmiy bilimlari va boy tajribasi talabalarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor bo‘lishiga ishonadi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #MeetOurProfessors#professor#alkhwarizmi Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot

Professor Luchano Retsolla – PRACE HPC Excellence Award 2024 sovrindori bo'ldi 💥 “Yangi O‘zbekiston” universiteti faxriy professori Luchano Retsolla nufuzli PRACE HPC Excellence Award 2024 mukofotiga sazovor bo‘ldi. 🚛 Yevropaning yuqori samarali hisoblash texnologiyalari bo‘yicha hamkorligi (PRACE) tomonidan ta’sis etilgan ushbu mukofot 20 ming dollar miqdorida boʻlib, HPC texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan muhim ilmiy yutuqlarni e’tirof etadi. 🔹 Professor Retsolla nafaqat universitetimizning faxriy professori, balki dunyo miqyosida tan olingan yetakchi olimlardan biri hisoblanadi. 🎗 Professorni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklaymiz va u universitetimiz akademik jamoasining bir qismi ekanidan faxrlanamiz. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #Retsolla#professor#PRACE#mukofot ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

12
PreviousPage 1 of 2Next