TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← 峰青驿站

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @FengChingLocalization · Post #79 · Aug 8

#MacOS 仅限 Mac 设备使用

Hashtags

Results

3 similar posts found

Search: #socialwork

当前筛选 #socialwork清除筛选

🗣O‘zbekistonda ijtimoiy ish ekotizimi 🇺🇿Ijtimoiy himoya milliy agentligi respublikaning barcha 14 hududida 8939 ta ijtimoiy xodim shtati yaratib, ijtimoiy ishni professionalizatsiyaga asos soldi va aholining turli qatlamlari bilan manzilli ijtimoiy ish tizimini joriy qildi. Bundan tashqari, 207 nafarsupervayzer faoliyatini yurituvchi bosh mutaxassis shtati yaratilib, ijtimoiy xodimlarning kasbiy rivojiga xizmat qilmoqda. 🧠Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kolumbiya universiteti (AQSh) Ijtimoiy ish maktabi hamda UNICEF hamkorligida “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi” tashkil etildi. 📝Ijtimoiy ishning barqaror rivoji malakali mutaxassislar tayyorlash bilan chambarchas bog‘liq: 🟢19 ta oliy ta’lim muassasasida ijtimoiy ish yo‘nalishi joriy etilgan; 🟢4355 nafar talaba mazkur yo‘nalishda tahsil olib, kelajakda tizimning asosiy tayanchiga aylanmoqda; 🟢2025–2026 o‘quv yili uchun kvotalar 2500 dan ortiq etib belgilanishi sohaga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganini ko‘rsatadi. 🤩 Sohadagi mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi uchun Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tomonidan Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabi bilan hamkorlikda: 🟢576 soatlik ijtimoiy ish bo’yicha 8 modulni qamrab olganqayta tayyorlov kurslari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular orqali zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berilmoqda; 🟢5 ta dalillarga asoslangan xorijiy intervensiya amaliyotga joriy etilib, xizmatlar samaradorligi oshirilmoqda; 🟢20 dan ortiq akademik va amaliy o‘quv dasturlari joriy etilmoqda. 🧠Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi tomonidan raqamlashtirish doirasida 11 ta moduldan iborat e-learning tizimi ishlab chiqilib, uzluksiz ta’lim imkoniyatlari kengaytirilmoqda. 📎Yuqoridagi islohotlar O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasi bosqichma-bosqich professional tizimga aylanib borayotganini, xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashgan holda ijtimoiy ishni yangi sifat bosqichiga chiqayotganini ko‘rsatadi. #Butunjahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyishoyligi#ijtimoiyish#socialwork#monthofsocialwork 📱Telegram📱Facebook 📱Instagram📱Youtube 📱LinkedIn

🗣“Ijtimoiy ish oyligi” davom etmoqda Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti professor o'qituvchilari va talabalari ishtirokida "Ijtimoiy ish oyligi" keng nishonlanmoqda. Qalbida ezgulik bo'lgan har bir inson yaxshilik qila oladi. Oylikdavomida Yangiyer shahri "Nodirabegim Mehriyan" nomli kunduzgi parvarishlash xizmatiga tashrif amalga oshirildi. #butunjahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyishoyligi#ijtimoiyish#socialwork#monthofsocialwork 📱Telegram📱Facebook 📱Instagram📱Youtube 📱LinkedIn

#xorijdaijtimoiyish 🗣Amerikada ijtimoiy ish — siz o‘ylagandan ancha murakkab tizim 🇺🇸 Amerika Qo‘shma Shtatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy ish sohasi yuqori darajada tizimlashtirilgan va katta mas’uliyatni talab etadi. 📌 Ushbu mamlakatda ijtimoiy xodimlar ko‘pincha muammoli vaziyatlarga birinchi bo‘lib yetib boradi. Har bir murojaat maxsus raqamli tizimlar orqali nazorat qilinadi va harakatlar qat’iy tartib asosida amalga oshiriladi. ⚖️ Agar bola xavf ostida bo‘lsa, ijtimoiy xodim sud orqali oilaviy muhitga aralashish huquqiga ega. Bu esa ijtimoiy himoya tizimining kuchli huquqiy asosga ega ekanini anglatadi. 🎓 AQShda ijtimoiy xodim bo‘lish uchun nafaqat oliy ma’lumot, balki majburiy litsenziya talab etiladi. Bu esa kasb egalari zimmasidagi mas’uliyatni yanada oshiradi. 👨‍💻 Yana bir muhim jihat — ixtisoslashuv. Har biri aniq yo‘nalishda: bolalar, migrantlar, ruhiy salomatlik yoki nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlaydi. 🤩 Eslatib o‘tamiz, 2025-yil noyabr oyida Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar vakillari tomonidan AQShda ijtimoiy ish faoliyati o‘rganilgan edi: 🟢Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabi 🟢Lenox Hill Neighborhood House 🟢Nyu York bolalar markazi 🟢Cidny tashkiloti 📝 Hozirgi kunda esa xalqaro standartlarga asoslangan holda AQSh Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish maktabi tajribasi asosida Ijtimoiy ish bo'yicha qayta tayyorlov kurslari olib borilmoqda. #AQSHdaijtimoiyish#Butunjahonijtimoiyishkuni#ijtimoiyishoyligi#ijtimoiyish#socialwork#monthofsocialwork 📱Telegram📱Facebook 📱Instagram📱Youtube 📱LinkedIn