TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← 峰青驿站

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @FengChingLocalization · Post #79 · Aug 8

#MacOS 仅限 Mac 设备使用

Hashtags

Results

1 similar post found

Search: #stajiyor

当前筛选 #stajiyor清除筛选
Suxrob Xurramov | Blog

@suxrobblog · Post #915 · 06/25/2025, 07:49 AM

Nima uchun hech kim stajyor yoki shogird olishni istamayapti? — deb, Linkedin'da Rahimjon Turdiyev quyidagicha yozmoqda: Sababi oddiy! Shogird sifatida olingan yosh dasturchilar mas'uliyatni his etmayapti. “Tekinga ishlayapman baribir, bugun bormasam nima qiladi, bugun kech boraman, ertaroq ketaman bugun. Shuncha ishladim, yordam bermadi, endi qachon pul berarkan bu ochko‘z ishxona yoki ustoz”, va hokazo. Ba'zilari o‘z oilaviy muammolarini bo‘lishib, rahmini keltirib 1-2 so‘m olmoqchi bo‘ladimi... Oqibatda hech kim stajyor olgisi kelmaydi. Ba'zi startaplar stajyor olib ishlatayapti. Albatta, boshlanishda 5-6 oy oylik bermasdan, keyingi 1 yilda ham juda kam pul beradi. Hozir stajyorlarga faqat mana shunaqa tarzda ishlashni tavsiya qila olaman. Shuncha bilim, ko‘nikma bilan uyda o‘tirgandan ko‘ra, tajriba oshirib turgan ma’qul. Bu yerda hech nimani muhokama qilmoqchi emasman. Mavjud vaziyat shuni taqozo qiladi. *** Shaha Dolimov izohda yozmoqda: — 3 ta grafik dizayner shogird oldik. 1 tasi ma’qul keldi va o‘sha yigitga ish taklif qilsak "Mani ishga olsangiz anavi 2 ta do'stimni ham ishga olishingiz kerak. Ishlasak 3 lamiz ishlaymiz, bo‘lmasa yo‘q" degan edi, nima deyishni bilmay qoldim :) Bunday hodisalardan ko‘p bo‘lganda buyon intern'lar olmay qo‘ydik. Balkim kelajakda fikrlar o‘zgarar... *** Yuqoridagi post va izoh boʻyicha meni fikrim ham quyidagicha kompaniya qiymat bermay turib, talab qoʻyadigan stajiyor va xodimlarni ishga qabul qilmaslik kerak deb hisoblayman. Boshida bu kabi talablar quyar ekan-ki, ertaga ishga joylashib olgandan soʻng, "qaysarlik" qilib olishi ishxona uchun zararga ishlaydi. Shogird yoki stajiyor 1 yildan kamroq vaqtda ubu kimga qiymat bera oladi deb oʻylamayman. Menga koʻp dizaynerlar portfoliosini yoki figma fayllarini tashlashadi, koʻpincha birga ishlaganimizga menga qiymat bera olmasligini sezaman. Baʼzida 2-3 yilik tajribasi bor, dizaynerlar bilan ishlaganimda ham men uchun qiymat bera olmagan. Ularni ishini oʻzim qayta tayyorlab chiqishga majbur boʻlgan paytlarim koʻp boʻlgan. Dizayn prinsiplari, fundamental narsalarni bilishmaydi, kuzatuvim boʻyicha... Maʼlumot oʻrnida, individual shogirdlik dasturim bor edi, shu kabi vaziyatlar sababli, shogird olishni toʻxtatganman. Va boshqa shogird olmaslikka qaror qilganman) Xulosa qiling! Qiymat bermasdan, nimadir talab qilishga urinmang, aks holda, shunchaki, chopilib ketasiz. Postni stajiyor va shogirdlikda yurgan yaqinlarga ulashib qoʻyamiz. @suxrobblog » #stajiyor#shogird