@gsbe_uz · Post #1414 · 06/27/2024, 01:47 PM
🛒Elektron savdo platformasi hamda elektron savdo do‘koni bo‘yicha sovrinli viktorina tashkil etildi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-martdagi PQ–101-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi to‘g‘risida”gi 2023-yil 4-oktabrdagi 526-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ, shuningdek, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 🛍 “E-auksion” elektron savdo platformasi hamda “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda baholash maqsadida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filial xodimlari ishtirokida sovrinli viktorina tashkil etildi. 🔍Batafsil ma'lumot #GraduateSchool#Entrepreneurship#E_auction#E_shop 🌐Web-site | ✅ Telegram | ✅Facebook | 🌐Instagram