TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← 峰青驿站

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @FengChingLocalization · Post #80 · Aug 8

#Windows 仅限 Windows 设备使用

Hashtags

Results

15 similar posts found

Search: #koreya

当前筛选 #koreya清除筛选

Universitetimiz talabalari Koreyada amaliyot o'tashmoqda 🌐 “Yangi Oʻzbekiston” universiteti Mexanika muhandisligi yo'nalishi talabalari Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem korxonasida amaliyot o'tashmoqda. ✅ Amaliyot 2 oy davom etib, talabalar xarajatlarini qoplash uchun kompaniya tomonidan oylik $1450 AQSh dollari miqdorida stipendiya ajratiladi. 💥 Talabalarimiz amaliyot davomida Hyundai Rotem'ning ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalari, zavod boshqaruvi va innovatsion muhandislik yechimlari bilan bevosita tanishadilar. ✨ Hyundai Rotem — Hyundai Motor Group tarkibidagi xalqaro kompaniya bo‘lib, asosan temir yo‘l transport vositalari va sanoat avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #amaliyot#Koreya ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Unutilmas va taassurotlarga boy 3 hafta 💥 Janubiy Koreyaning DGIST universiteti talabalari tomonidan tashkil etilgan 3 haftalik IT maktabi muvaffaqiyatli yakunlandi. ✨ Ushbu videolavha orqali dastur qanchalik qizg'in va yuqori kayfiyatda o'tganligini ko'rishingiz mumkin. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #DGIST#Koreya ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Xorijlik talabalar bilan darslar qiziqarli o'tmoqda 💥 Janubiy Koreyaning DGIST universiteti talabalari bilan tashkil etilgan IT maktab o'z faoliyatini davom ettirmoqda. 🎗 Koreyalik mehmonlar va ishtirokchilar loyiha haqida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashishdi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #DGIST#Koreya ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Janubiy Koreyalik talabalar tomonidan IT maktabi o‘tkazilmoqda 💥 Universitetimizda Janubiy Koreyaning DGIST universitetidan kelgan 12 nafar talaba tomonidan Respublikamizning barcha hududlaridan yig‘ilgan 72 nafar yoshlar uchun 3 haftalik IT maktabi tashkil etildi. ✨ Ushbu IT maktab Janubiy Koreya bilan ilk bor tashkil etilayotgan bo‘lib, yoshlarga dasturlash, grafik dizayn va sun'iy intellekt yo‘nalishlarda bilim berish maqsad qilingan. ⚡️ Bugun mazkur loyiha doirasida universitetimizda Koreya madaniyati kuni o‘tkazilib, unda Janubiy Koreya tarixiga oid qiziqarli savol-javoblar va milliy taomlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. ✅ DGIST dunyo reytingida top 350-o‘rinda turuvchi Janubiy Koreyaning ilg‘or oliygohlaridan hisoblanib, “Yangi O‘zbekiston” universiteti ikkala davlat yoshlari o‘rtasida bilim ko‘prigi vazifasini bajarayotganidan faxrlanamiz. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #DGIST#Koreya ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

“OʻzTMK” AJ | Rasmiy kanal

@uztmk_official · Post #3087 · 10/18/2025, 08:44 AM

#TMK#ODA #Koreya 🇰🇷 🇺🇿 Koreyaning KORAM va KITECH ilmiy institutlari hamda TMK hamkorligida Incheon shahrida o‘tkazilgan ODA Koreya–O‘zbekiston nodir metallar markazi dasturi boshqaruvi bo‘yicha 4-Xalqaro Kengash yig‘ilishi har ikki davlat olimlari va mutaxassislari uchun sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish maydonini yaratdi. ⚫️Yig‘ilish davomida TMK vakillari markazning modernizatsiyasi, yangi R&D Park haqida va tajriba-sinov infratuzilmasini yaratish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdilar. ✔️Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi KTC, KITECH va KORAM tashkilotlarining ODA boshqaruvi bo‘yicha yig‘ilishlarida ishtirok etib, kelgusidagi hamkorlik mexanizmlarini muhokama qildilar. 🧊ODA dasturi doirasida 2023–2025-yillar davomida Koreya–O‘zbekiston nodir metallar markazi 21 turdagi laboratoriya va yarim sanoat uskunalari yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Hozirda uskunalarni yetkazib berishning 3-bosqichi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yetkazib berish 2025-yil noyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan. 🫥🫥🫥 📎На русском языке 📎In English 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram

“OʻzTMK” AJ | Rasmiy kanal

@uztmk_official · Post #2886 · 09/26/2025, 10:52 AM

#Koreya#TMK #UTMK_Smart_Powder 🇺🇿🇰🇷O‘zbekiston va Koreya: kukun metallurgiyasida qo‘shma loyihaga start berildi ✅O‘zbekiston texnologik metallar kombinati qoshida tashkil etilgan “UTMK Smart Powder” MChJ hamda Koreya Respublikasining yetakchi kompaniyalaridan biri – Korea Powder Metallurgy Co. Ltd. o‘rtasida qo‘shma hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan dastlabki shartnoma imzolandi. ⚡️Mazkur kelishuv kukun metallurgiyasi asosida detallar ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda yangi mahsulot turlarini yaratishni ko‘zda tutadi. Shartnoma ikki tomon uchun ham strategik ahamiyatga ega bo‘lib, mahalliy va xalqaro bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar taklif etish imkonini beradi. 💠Uchrashuv davomida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi: ➡️zamonaviy kukun metallurgiyasi texnologiyalarini O‘zbekistonda joriy etish; ➡️yuqori sifatli sanoat detallarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish; ➡️mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish va texnologiya transferini amalga oshirish; ➡️eksportbop mahsulotlar orqali O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash. Loyihaning amalga oshirilishi mamlakat sanoat tarmoqlari uchun muhim ahamiyat kasb etib, metallurgiya sohasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga keng yo‘l ochadi. 🚀O‘zbekiston texnologik metallar kombinati qoshida tashkil etilgan “UTMK Smart Powder” – mamlakatimizda kukun metallurgiyasi yo‘nalishida yangi ufqlarni ochishga qaratilgan innovatsion korxona. Ushbu markaz nafaqat ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga, balki yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish orqali xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘lishga intiladi. 🫥🫥🫥 📎На русском языке 📎In English 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram

uzmilliymedia

@uzmilliymedia · Post #3020 · 08/02/2024, 04:07 PM

🇺🇿🇰🇷O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Kyungdong universiteti delegatsiyasining tashrifi Joriy yilning 2-avgust kuni Kyungdong universitetining prezidenti Jon Kyu Lee janoblari boshchiligidagi delegatsiya O‘zJOKUga tashrif buyurdi. Tashrifning maqsadi O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruv Raisi, O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo’ja tomonidan Kyungdong universiteti prezidenti Jon Kyu Lee “O‘zJOKU faxriy professori” unvonining tantanali topishirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Kyungdong universiteti prorektori, vatandoshimiz Sirojiddin Jo‘rayevga “O‘zJOKU faxriy dotsenti” unvoni berildi. Ushbu unvonlar ikki universitet va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissalari hamda o‘z oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishdagi salmoqli yutuqlari uchun taqdirlandi. — 🇺🇿🇰🇷Визит делегации Университета Кёндон в Университет журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана 2 августа делегация Университета Кёндон во главе с его президентом господином Джоном Кю Ли посетила Университет журналистики и массовых коммуникаций Узбекистана (УЖМКУз). Целью визита стала торжественная церемония, на которой председатель Национальной медиа ассоциации Узбекистана, ректор УЖМКУз профессор Шерзодхан Кудратходжа присвоил президенту Университета Кёндон Джону Кю Ли звание "Почетный профессор УЖМКУз". Также звание "Почетный доцент УЖМКУз" было присвоено проректору Университета Кёндон, нашему соотечественнику, Сирожиддину Джураеву. Данные звания были присуждены в знак значительного вклада обоих руководителей в укрепление сотрудничества между двумя университетами и странами, а также за их существенные достижения в развитии своего учебного заведения. ✅Bizga obuna bo‘ling / Подписывайтесь на нас #uzjoku#Koreya#hamkorlik

”Yangi O‘zbekiston“ universiteti va Pusan milliy universiteti vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi ✅ Bugun ”Yangi O‘zbekiston“ universitetiga Janubiy Koreyaning Pusan Milliy universiteti vitse-prezidenti Chung - Hwan Jeon boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. 🤝 Uchrashuvda hamkorlikning keyingi bosqichida amalga oshiriladigan amaliy ishlar batafsil muhokama qilindi. 🎗”Yangi O‘zbekiston“ universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirib, talabalarga keng imkoniyatlar yaratishda davom etadi. #xalqaro_hamkorlik#Pusan_milliy_universiteti#Koreya ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Iqtidorli talabalar yutug'i: Universitetimiz talabasi Koreyada 💥 U-ENTER innovatsion markazi tomonidan o'tkazilgan startaplar tanlovida g'olib bo'lgan talabamiz Fyodor Amanov va loyiha mentori Azizbek Shukurov Koreya Respublikasiga borishdi. ✅ U yerda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan tashkil etilgan loyiha doirasida 10 ga yaqin ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirok etishmoqda. 🎗 Mazkur ilmiy-amaliy sayohat talabamizning o'z loyihasini yanada rivojlantirishi va yangidan-yangi kashfiyotlar yaratishga undashiga ishonamiz. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #Koreya#KOICA#startap ⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

K-SOAT 🇰🇷

@ksoatnews · Post #5563 · 08/27/2024, 04:46 AM

Qabul ochildi! Magistratura va PhD bosqichini Janubiy Koreyaning mashhur KAIST universitetida o'qish uchun to'liq grant; oylik stipendiya beriladi! Talablar — Nomzodning bakalavr darajasi Koreya bakalavrlik darajasiga teng bo'lishi kerak (4 yil); — Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikati bo'lishi kerak (tanlagan yo'nalishiga qarab; kamida 6,5); — Ota-onasi ham, o'zi ham Koreya fuqarosi bo'lmasligi lozim. Foydali tomonlari — O'qish to'lovi to'liq qoplanadi; — Har oy stipendiya beriladi; — Tibbiy sug'urta puli qoplanadi; — Talabalar shaharchasida tadqiqot qilish, o‘qitish yoki ishlash orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari mavjud. Oxirgi muddat 12.09.2024 Batafsil https://grantgo.uz/go/14967 🤝 Koreyada o'qimoqchi bo'lgan tanishlaringizga ulashib qo'ying! #grantlar_va_stipendiyalar#toʻliq_moliyalashtiriladi#Koreya Telegram | YouTube | Mentorlik

K-SOAT 🇰🇷

@ksoatnews · Post #4645 · 11/09/2022, 03:06 PM

🇰🇷 Koreyada Daegu Universitetitda Magistr bosqichida o’qishni boshlagan 🎓 Muhammadga ulkan zafarlar tilab qolamiz! 🛫 Discovery bilan Koreya yanada yaqin. ✅ Doimgidek Discovery to’g’ri tanlov. Toshkent: 71-200-5558 | @discoveryadmin Xorazm: 55-500-7771 | @discovery_khorezm 👍 Bitta Like sizdan va hammaga tarqatamiz👏👏👏 #korea#koreya#grant#scholarship#daeguuniversity

GULISTON BUGUN | RASMIY

@gulistanuz · Post #22906 · 01/22/2026, 08:54 AM

Сирдарё – Корея: янги ҳамкорлик, янги имкониятлар Жорий йилнинг 19–21 январь кунлари Сирдарё вилояти ҳокими Эркинжон Турдимов бошчилигидаги делегациянинг Корея Республикасига хизмат сафари доирасида қатор самарали учрашувлар ўтказилди. Ташриф давомида кореялик ишбилармонлар, йирик компаниялар ва таълим муассасалари раҳбарлари билан икки томонлама манфаатли ҳамкорлик масалалари атрофлича муҳокама қилинди. Учрашувларда саноат, қишлоқ хўжалиги, инновация, таълим ҳамда инвестиция соҳаларида қўшма лойиҳаларни амалга ошириш истиқболлари асосий эътибор марказида бўлди. Сирдарёнинг инвестицион салоҳияти, қулай ишбилармонлик муҳити ва мавжуд имкониятлари кореялик ҳамкорларга тақдим этилди. Мазкур ташриф Сирдарё вилоятининг халқаро ҳамкорлик географиясини кенгайтириш, янги сармояларни жалб этиш ва ҳудуд иқтисодиётини барқарор ривожлантиришга хизмат қиладиган муҳим қадам бўлди. ——— Сырдарья — Корея: новое партнёрство и новые возможности С 19 по 21 января текущего года делегация Сырдарьинской области во главе с хокимом Эркинжоном Турдимовым совершила рабочий визит в Республику Корея. В рамках поездки состоялись содержательные встречи с представителями деловых кругов, крупных компаний и образовательных учреждений. В ходе переговоров обсуждены перспективы реализации совместных проектов в сферах промышленности, сельского хозяйства, инноваций, образования и инвестиционного сотрудничества. Корейской стороне был представлен инвестиционный потенциал Сырдарьинской области, а также созданные в регионе благоприятные условия для ведения бизнеса. Визит стал важным шагом на пути расширения международного партнёрства, привлечения инвестиций и обеспечения устойчивого социально-экономического развития Сырдарьинской области. #Sirdaryo#Koreya#XalqaroHamkorlik#Investitsiya#BiznesForum#Rivojlanish#YangiLoyihalar

12
PreviousPage 1 of 2Next