TGINSIGHT CHAT
Milliy Aql markazi
@Milliy_Aqlmarkazi
PoliticsMilliy tiklanish partiyasi qoshidagi O'quv-tadqiqot va loyihalarni tayyorlash markazi Qo'shimcha ma'lumot uchun: @Milliy_Aql_markazi_bot
Recent posts
Page 1 of 40 · 469 posts
Posted Apr 24
🔥Kamera va radarlar endi pravangizni olib qo'yishi mumkin. 🗓 1-apreldan buyon kameralar va radarlar orqali jarima ballar hisoblash tartibi joriy qilingan va hali bir oy bo'lmasdan 3 nafar haydovchi 10 jarima bali to'plashgan ulgurishgan... 📌Batafsil video davomida! Milliy AQL markazi 📱📱📱📱📱
Posted Apr 23
🔥Orolboʻyi masalasi – mintaqa kelajagi masalasi 🇺🇿2026-yil 22-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyo davlatlarining ekologik diplomatiyasi tizimli va izchil tus olib, sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilmoqda. ➡️Asosiy muammo: 2040-yilga borib Orol dengizi havzasida suv taqchilligi yiliga 20 mlrd kub metrga yetishi mumkin. Bu esa ekologiya, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy barqarorlikka jiddiy xavf tug‘diradi. ➡️ Oʻzbekistonda natijalar: • Sug‘oriladigan yerlarning 60%ida suv tejovchi texnologiyalar joriy etildi • Irrigatsiya tarmoqlarini betonlash 40%ga yetdi • Suv xo‘jaligida energiya sarfi 30%ga qisqardi • Har yili 10 mlrd kub metr suv iqtisod qilinmoqda (2030-yilgacha – 15 mlrd) ➡️ Yangi tashabbuslar: • Jamg‘armani mintaqaviy integratsiya drayveriga aylantirish • Dastur va loyihalar samaradorligini oshirish • Moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish • “Kelajak suvi” mintaqaviy dasturini ishga tushirish • Afg‘onistonni mintaqaviy suv hamkorligiga jalb qilish 🗓Muhim taklif: 2026–2036-yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish oʻn yilligi” deb e’lon qilish ➡️ Shuningdek, barcha yetakchilar sentabr oyida Samarqandda o‘tkaziladigan Suvni tejash bo‘yicha Butunjahon forumiga taklif etildi. 📌Bizni kuzatishda davom eting! Milliy AQL markazi 📱📱📱📱📱
Posted Apr 22
🇺🇿Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mintaqaviy ekologik sammitda muhim tashabbuslarni ilgari surdi. batafsil 📌Bizni kuzatishda davom eting! Milliy AQL markazi 📱📱📱📱📱
Posted Apr 22
🔥Sud tizimi statistikasi: so‘nggi yillardagi o‘sish qanday? O‘tgan yil davomida sudlar tomonidan jami 533 019 ta ish ko‘rib chiqildi. 🔹 Shundan: — 224 817 ta fuqarolik-huquqiy munosabatlarga oid — 161 189 ta uy-joy va oila munosabatlariga oid — Qolgan qismi esa mehnat, yer munosabatlari hamda alohida tartibda ko‘riladigan ishlar hissasiga to‘g‘ri keladi 📈 Taqqoslash uchun: 2020-yilda jami ko‘rilgan ishlar soni 194 598 ta edi. Bu esa so‘nggi 5 yil ichida sudlarga murojaatlarning sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi. 📬 2025-yilda sudlarga tushgan arizalar soni: ➡️2 169 425 ta Bu 2020-yilga nisbatan qariyb 4 barobar ko‘p. 🌍Hududlar kesimida eng ko‘p murojaatlar: — Toshkent shahri: 558 753 ta — Toshkent viloyati: 200 003 ta — Farg‘ona viloyati: 176 736 ta — Samarqand viloyati: 176 448 ta — Andijon viloyati: 168 023 ta 💡 Ushbu ko‘rsatkichlar aholining huquqiy faolligi va sud tizimiga murojaat qilish darajasi ortib borayotganini anglatadi. 📌Milliy AQL markazi 📱📱📱📱📱
Posted Apr 21
🔥Isroil–Eron mojarosi ➡️Isroilning mintaqada jiddiy to‘polonlar boshlaganiga ikki yarim yildan oshdi. ➡️Isroil va AQSh urushda g‘alaba qildik deb bong urmoqda, aslida-chi, vaziyat kimning foydasiga ishlamoqda? 📌Batafsil video davomida! Milliy AQL markazi 📱📱📱📱📱
Posted Apr 21
🔥Endilikda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganlar jazolanadi. 🗓Joriy yil 25-mart kuni hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishga oid qonun qabul qilindi. Endilikda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxsga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi... 🔗Batafsil 📌Bizni kuzatishda davom eting! Milliy AQL markazi 📱📱📱📱📱
Posted Apr 21
🔥“Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi 🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi loyihasi koʻrib chiqildi. Mazkur hujjat mamlakatda yoshlar siyosatini tizimli asosda amalga oshirishga qaratilgan birinchi kompleks strategiya hisoblanadi. ➡️Bugungi kunda Oʻzbekiston aholisi 38 million nafardan ortiq boʻlib, shundan 9,5 millioni yoki qariyb 25 foizi 14–30 yoshdagi yoshlardan iborat. Har yili oʻrtacha 270 mingta yosh oila shakllanmoqda. Ushbu demografik koʻrsatkichlar yoshlar siyosatini uzoq muddatli va izchil rivojlantirishni taqozo etadi. 📊2030-yilgacha erishilishi rejalashtirilgan asosiy koʻrsatkichlar: ➡️ har yili 600 ming nafar yoshning bandligini taʼminlash; ➡️ 900 ming nafar yoshni volontyorlik faoliyatiga jalb etish; ➡️ 450 ming nafar yoshning xorijiy tillar boʻyicha bilimini kamida B2 darajaga yetkazish; ➡️ har yili kamida 10 mingta yosh oilani ipoteka dasturlari orqali qoʻllab-quvvatlash; ➡️ yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik darajasini izchil kamaytirish. 🎓Taʼlim va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash choralari: ✔️ chekka hududlarda oʻquv markazlarini tashkil etish uchun 300 million soʻmgacha ssudalar ajratish; ✔️ ushbu markazlar uchun ijtimoiy soliq hamda oʻqituvchilar daromad soligʻini 1 foiz etib belgilash; ✔️ B2 darajaga ega yoshlarga xorijiy pasport rasmiylashtirish xarajatlarida, C1 darajaga ega boʻlganlarga esa ayrim davlat xizmatlarida 50 foizgacha chegirmalar berish; ✔️ nodavlat taʼlim xizmatlarini keng qoʻllab-quvvatlash. 🏠Yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash: Strategiya doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplash mexanizmi joriy etilib, yosh oilalar uchun uy-joy sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashiladi. ➡️Yoshlar salomatligi va ijtimoiy himoya: ✔️ tun-u kun faoliyat yurituvchi psixologik yordam markazini tashkil etish; ✔️ ruhiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar ulushini 40 foizga kamaytirish; ✔️ sport bilan muntazam shugʻullanuvchi yoshlar ulushini oshirish. ➡️Xalqaro hamkorlik va imkoniyatlar: ⚫️ 100 ming nafar yoshni xalqaro taʼlim va almashinuv dasturlariga jalb etish; ⚫️ BMT, Jahon Banki kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda “Junior Professional Officer” dasturlarini kengaytirish; ⚫️ xalqaro forumlar, kongresslar va yoshlar muloqot platformalarini yoʻlga qoʻyish. ➡️Amalga oshirish bosqichi (2026–2027-yillar): Strategiyani dastlabki bosqichda 7 ta yoʻnalish boʻyicha 56 ta loyiha orqali amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan: ⚫️“Yangi avlod tadbirkorlari” dasturi doirasida 20 ming nafar yoshni nufuzli xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda oʻqitish; ⚫️ 1000 ta istiqbolli biznes loyihani saralab olib, ularga 3 yilgacha imtiyozli moliyaviy koʻmak berish. 📌Bizni kuzatishda davom eting! Milliy AQL markazi 📱📱📱📱📱
Posted Apr 20
🔥Pedagoglar uchun muhim yangilik! 🗓Bugun, 20-aprel soat 14:00 dan boshlab oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi) ega pedagoglar uchun ipoteka kreditining 25% qismini qoplash bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. 💰 Subsidiya boshlang‘ich badalning 25 foizini davlat budjeti hisobidan qoplab beradi. ➡️Kimlar murojaat qila oladi? ⚫️Kamida 15 yil pedagogik stajga ega bo‘lganlar ⚫️ Oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagoglar ⚫️O‘zida yoki turmush o‘rtog‘ida 2 tadan ortiq uy-joy bo‘lmaganlar ⚫️ Kredit tarixi bank talablariga mos keladiganlar ➡️Qanday ariza topshiriladi? ⚫️ Davlat xizmatlari markazlari orqali ⚫️MyGov mobil ilovasi orqali ⚫️my.gov.uz portali orqali ⚠️Muhim: Ariza berishdan oldin OneID tizimida banklarga kredit tarixingizni ko‘rish uchun ruxsat berilgan bo‘lishi shart. Aks holda ariza rad etilishi mumkin. ➡️ Dasturda quyidagi banklar ishtirok etadi: Agrobank, Asakabank, Ipotekabank, Xalq banki, Hamkorbank va boshqalar. 📌Bizni kuzatishda davom eting! Milliy AQL markazi 📱📱📱📱📱
Posted Apr 19
🔥Javohir Sindarov jahon shaxmat tojini yutsa — nech pul oladi? ➡️Javohir FIDE nomzodlar turnirida chempionlik uchun 170 ming dollar pul mukofoti oladi. Lekin bu hammasi emas? 📌Batafsil video davomida! Milliy AQL markazi 📱📱📱📱📱
Posted Apr 19
🔥 Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda madaniyat, turizm va Toshkent iqtisodiyotiga oid yirik rejalar belgilandi. ➡️Madaniyat va turizm: — Samarqandda 9 gektarda “Ipak yo‘li muzeyi” quriladi (6 mingdan ortiq eksponat) — 839 ta madaniyat markazi bosqichma-bosqich yangilanadi — 2030-yilgacha soha uchun 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi — Iqtidorli yoshlarni erta aniqlash va qo‘llab-quvvatlash tizimi kuchaytiriladi — Nodavlat teatr va studiyalarga grant va imtiyozlar beriladi ➡️Turizm rejalar: — 2026-yilda 12 mln, 2030-yilgacha 20 mln xorijiy turist jalb qilish maqsad qilingan — 2026–2027-yillarda 31 ta yirik turizm master-reja ishga tushadi — 40 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi — Tadbirkorlarning reklama xarajatlari 25% gacha qoplab beriladi ➡️Toshkent iqtisodiyoti: — Shahar YAIMning 21%ini ta’minlamoqda — 2026-yilda iqtisodiy o‘sish 12%ga yetkaziladi — 9 mlrd $ investitsiya, 3,6 mlrd $ eksport maqsad qilingan — 12 ta tuman aniq sohalarga ixtisoslashtiriladi (IT, sanoat, turizm va boshqalar) ➡️Yangi imkoniyatlar: — Tadbirkorlar muammolarini hal qilish uchun maxsus kengash tuziladi — Biznes uchun ruxsat va litsenziyalar soddalashtiriladi — Yangi moliyalashtirish mexanizmlari joriy qilinadi 📊 Qo‘shimcha: yana 88 trillion so‘mlik mahsulot, 4,9 mlrd $ eksport va minglab ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha zaxiralar aniqlangan. 📌Bizni kuzatishda davom eting! Milliy AQL markazi 📱📱📱📱📱
Posted Apr 16
🟦🟦🟦🟦 🔥Maktab va unversitetlarda o‘quvchi va talabalarga dars paytida telefondan har qanday turda foydalanish cheklangan ekanligini bilarmidingiz? ➡️Dars vaqtida telefon orqali gaplashish, xabar yuborish, hatto telefonni stol ustiga qo‘yib qo‘yish ham qat’iyan taqiqlangan... 📌Batafsil video davomida! Milliy AQL markazi 📱📱📱📱📱
Posted Apr 15
🔥 Joriy yilning 14-aprel kuni Markaziy Osiyo Xalqaro Institutida "Markaziy Osiyoda suv Xavfsizligi: iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Afg‘oniston(IA), Qozog‘iston, Shveysariya, Turkmaniston va Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirok etib, suv va suv inshootlaridan unumli foydalanish haqida o‘z tajribalarini bo‘lishishdi. Yig‘ilishda Oliy Majlis qo‘mitalari, Parlament Tadqiqot Instituti, Xalqaro Suv Boshqaruvi Instituti, Milliy Aql Markazi vakillari va ko‘plab mustaqil ekspertlar ishtirok etishdi. 📌Bizni kuzatishda davom eting! Milliy AQL markazi 📱📱📱📱📱