TGINSIGHT CHAT
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi
@farkengash
PoliticsXalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi Veb-sayt: www.farkengash.uz Facebook: facebook.com/kengashrasmiy Youtube: youtube.com/@farkengash E-Pochta: [email protected] Murojaat uchun: @kotibiyatfar_bot
Recent posts
Tag: #munosabat · 81 posts
Posted Apr 14
#munosabat So‘xda yangi davr boshlandi: imkoniyatlar eshigi ochildi 🇺🇿 Davlat rahbarining Farg‘ona viloyati So‘x tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishda biz so‘xliklar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi. 💬➡️Birinchi navbatda avvallari chegara hududda istiqomat qilganligimiz bois So‘xga yetib borish qiyin, transport va logistika imkoniyatlari cheklangan, iqtisodiy aloqalari zaif hududlardan biri sifatida mahalliy aholi uchun qiyinchiliklarni yuzaga keltirar edi. Prezidentimiz rahbarligida so‘nggi yillarda mintaqaviy hamkorlik va qat’iy siyosiy iroda tufayli bu hududni kompleks rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilgani barchamizni quvontirmoqda. Yangi yo‘llar ochildi, chegaradan o‘tish tartiblari yengillashtirildi, tadbirkorlik uchun sharoitlar yaxshilandi, zamonaviy bog‘cha, maktab, poliklinika va uy-joylar barpo etildi. ▶️ Raqamlarga e’tibor qaratsak, bugungi kunda So‘xdagi 25 ta mahallada 88,6 ming aholi yashaydi. Hududda 29 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 33 ta maktab, 2 ta o‘rta maxsus ta’lim muassasasi, 14 ta sog‘liqni saqlash muassasasi va 2 ta madaniyat ob’yekti faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yilning o‘zida 13 ming 921 ta ish o‘rni yaratildi, 1 ming 667 ta oila kambag‘allikdan chiqarildi. 🇺🇿 Umuman, So‘xdagi o‘zgarishlar shunchaki infratuzilma yangilanishi emas, balki hududning iqtisodiy faolligi oshgani, aholi ishonchi mustahkamlangani va yoshlar uchun imkoniyatlar kengayganining amaliy ifodasidir. 🇺🇿 Faxr bilan aytishimiz mumkin, bugungi So‘x asta-sekin mintaqaviy iqtisodiy tizimga qayta qo‘shilmoqda. Shu bilan birga, tumanda kambag‘allik darajasi 7,9 foiz, ishsizlik 5,5 foizni tashkil etib, bu ko‘rsatkichlar hali ham respublika o‘rtacha darajasidan yuqori ekani ko‘rsatib o‘tildi. Quvonarlisi, mutasaddilar joriy yilda tumanga 40 million dollar investisiya jalb qilish, 15 million dollarlik eksportni ta’minlash rejasi olingani xalq turmush farovonligini oshirish yo‘lidagi aniq maqsadlar majmui deyish mumkin. 🔵 Barchaga ma’lum tumanimiz tog‘lar bag‘ridagi jannatmakon maskan. Aynan mazkur yig‘ilishda tumanning turizm salohiyatiga alohida e’tibor qaratilgani e’tirofga sazovor. So‘xning betakror tabiati, musaffo havosi, daryolari va salqin iqlimi mazkur sohani iqtisodiyot drayverlaridan biriga aylantirish imkonini beradi. Masalan, Sarikanda, Rovon va Istiqlol mahallalaridan o‘tgan So‘x daryosi qirg‘oqlarida yangi turizm ob’yektlarini qurilsa ko‘plab yoshlar bandligini ta’minlanadi. Shuningdek, reabilitatsiya, fizioterapiya, dori-darmon logistikasi va tibbiy ta’limni bir hududda jamlagan Tibbiy xizmatlar klasterini tashkil etish bu xalqimiz salomatligi yo‘lidagi ezgu maqsadlardan biridir 🔵 Mikroloyihalarga kelsak, 300 ta loyiha orqali 8,6 ming aholini kasb-hunarga o‘qitish rejasi – bu bevosita bandlikni ta’minlashga qaratilgan eng manzilli yondashuvdir. Bu jarayonga 64 milliard so‘m kredit resursi ajratilishi va qo‘shimcha 74,5 milliard so‘m infratuzilmaga yo‘naltirilishi iqtisodiy faollikni yanada jonlantiradi. Qishloq xo‘jaligida taklif etilgan loyihalar ham katta iqtisodiy samara berish imkoniga ega. Masalan, 425 gektar yaylovda bog‘dorchilik, 60 gektarda za’faron yetishtirish, 100 gektarda kartoshkachilik, 30 ta hovuzda har biri 50 tonnadan forel balig‘i yetishtirish kabi tashabbuslar qishloq xo‘jaligini an’anaviydan yuqori qo‘shilgan qiymatli modelga o‘tkazishga xizmat qiladi. Shuningdek, 8 kmlik sug‘orish tarmog‘i orqali 800 gektar yerni o‘zlashtirish imkoniyati – bu yer resurslaridan samarali foydalanishning aniq namunasidir. 📍 Eng muhimi, bu islohotlar markazida inson manfaati turgani – daromadlarni oshirish, ish o‘rinlari yaratish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 🇺🇿 So‘x ahli ushbu ishonch va imkoniyatlarni chuqur anglagan holda, belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishga bor kuch va salohiyatini safarbar etadi. Subxonali Nishonov, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz |✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube
Hashtags
Posted Apr 6
#Munosabat O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida Prezident qaroriga sharh GulnoraMarufova Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a'zosi munosabati Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi 🌐farkengash.uz | ✅Telegram | ✅Facebook | 📹YouTube
Hashtags
Posted Mar 26
#Munosabat Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilmoqda GulnoraMarufova Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a'zosi munosabati Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi farkengash.uz | Telegram | Facebook | YouTube
Hashtags
Posted Mar 24
#Munosabat Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimida davlatimiz rahbarining tabrigi yuzasidan Orzigul Qozixonova Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi munosabati Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi farkengash.uz | Telegram | Facebook | YouTube
Hashtags
Posted Feb 27
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Munosabat Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida O‘zbekistono‘zo‘rnini yaxshilaganiyuzasidan Orzigul Qozixonova Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi munosabati Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi farkengash.uz | Telegram | Facebook|YouTube
Hashtags
Posted Feb 19
#Munosabat Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tinchlik kengashi yig‘ilishidagi ishtiroki yuzasidan Orzigul Qozixonova Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi munosabati Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi farkengash.uz | Telegram | Facebook|YouTube
Hashtags
Posted Feb 19
#Munosabat Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tinchlik kengashi yig‘ilishidagi ishtiroki yuzasidan Gulnora Marufova Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a‘zosi munosabati Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi farkengash.uz | Telegram | Facebook|YouTube
Hashtags
Posted Jan 3
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 #Munosabat 2026-yil - mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili yuzasidan Gulnora Marufova Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a‘zosi munosabati Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamentis
Hashtags
Posted Dec 27
#Munosabat Muhammadali Yunusov, Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi deputati - Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha belgilangan yangi chora-tadbirlar meni juda quvontirdi. Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi farkengash.uz | Telegram | Facebook| YouTube
Hashtags
Posted Dec 9
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿#Munosabat Insonparvarlik siyosatining oliy namunasi. Prezident farmoni bilan 615 nafar shaxs afv etildi. Abdulxakim Eshmuratov Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi munosabati Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Hashtags
Posted Nov 19
#Munosabat "Maqsadi va kelajagi bir mintaqa"... Maqolani to'liq Yangi O'zbekiston gazetasining 240-sonida o'qing X.Komilov, Xalq deputatlari Farg'ona viloyat Kengashi raisi Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi farkengash.uz | Telegram | Facebook| YouTube
Hashtags
Posted Nov 18
#Munosabat Markaziy Osiyo Yangi davr ostonasida Ozodaxon Dadajonova, Xalq deputatlari Farg'ona tumani Kengashi deputati Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi farkengash.uz | Telegram | Facebook|YouTube
Hashtags