#Buxoro
📺 Buxoro MTRKda Romitan tumanida faoliyat olib borayotgan usta hunarmandlar haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.
📊Unda ustalarning kasbdagi mahorati, hunarmandchilikka bo‘lgan mehri hamda yosh avlodga kasb o‘rgatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari keng yoritildi.
📊Milliy hunarmandchiligimizni rivojlantirish va uni kelajak avlodga yetkazish borasidagi fidokorona mehnat alohida e’tirof etildi.
✅Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
#Buxoro
📚 O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH
📍 Buxoro viloyati, Romitan tumani
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “O‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror ijrosi doirasida Romitan tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
📌Umumta’lim maktablarida turli kasb-hunar to‘garaklari tashkil etilib, ular zarur jihoz va xomashyo bilan ta’minlandi. Ustoz-shogird an’analari asosida olib borilayotgan mashg‘ulotlar yoshlar qalbida mehnatsevarlik, mas’uliyat va ijodkorlik fazilatlarini shakllantirmoqda.
➡️Ayni paytda zardo‘zlik, kashtachilik, bosh kiyimlar tayyorlash, munchoqli milliy taqinchoqlar yasash, esdalik buyumlari tayyorlash, kulolchilik va tikuvchilik yo‘nalishlarida amaliy darslar tashkil etilgan.
✅Jarayonlarda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi vakillari faol ishtirok etib, o‘quvchilarga milliy hunarmandchilik sirlarini o‘rgatmoqda.
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'lla
#Buxoro
⚡️ Buxoro viloyati Romitan tumanida hunarmandlar bilan uchrashuv
📌27-fevral kuni Umedjon Barnoyev — Buxoro viloyati Romitan tumani hokimi boshchiligida Romitan tumanida hunarmandlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📊Uchrashuvda maktab va texnikumlarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ustoz-shogird an’analari asosida kasb-hunar to‘garaklarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Har bir maktabda hunarmandchilik ustaxonasi tashkil etish va hunarmandlarni biriktirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
📊Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasi Romitan tuman bo‘limi tomonidan a’zolar uchun yaratilgan imtiyoz va qulayliklar haqida ma’lumot berildi.
📌 Hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash — yurtimiz taraqqiyotining muhim omili.
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'lla
#Buxoro
⚡️Qorovulbozorlik usta hunarmandlar bilan uchrashuv!
📌Ko‘hna Buxoro azaldan hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati bilan dong taratgan. Asrlar davomida shakllangan ana shu boqiy an’analarning munosib davomchilari bugun Qorovulbozorda ham saf tortmoqda.
📊Bugungi kunda yurtimizning olis hududlarida ham hunarmand ustalar safi tobora kengayib bormoqda. Har bir ustaning maqsadi – o‘z faoliyatini rivojlantirish, hunarini yanada sayqallashtirish va ko‘proq shogird tayyorlashdir.
📊Lavhamiz qahramonlari – yosh va tashabbuskor hunarmandlar Boqiyeva Bibirajab hamda Hamroyeva Dilfuza ana shunday fidoyi ayollardandir. Ular bugun nafaqat o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yib, ishsizlar ro‘yxatidan chiqishga erishdi, balki nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar va uyda o‘tirgan ishsiz ayollarga ham hunar o‘rgatib, ularning hayotiga nur olib kirishmoqda.
✅Vatanimizning har bir qarich yerida hunarmandlar borligi quvonarli. Ularga ko‘makdosh bo‘lish, mehnatini qadrlash va qo‘llab-quvvatlash esa barchamizning burchimizdir.
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llas
#BUXORO ZARDO‘ZLIGI
4-Material
🌟Amirlar davrida oltin davr
⚡️Abdulahadxon (1885–1911) davrida zardo‘zlik ustaxonalari uchta yirik markazga aylantirildi.
📌Bu esa buyumlarga ehtiyoj nihoyatda oshganini ko‘rsatadi.
➡️Zardo‘zi choponlar, belbog‘lar, joynamozlar va saroy bezaklari nafislikda bir-biridan ustun bo‘lishga intilgan.
📊Ustalar saroy a’yonlari darajasida hurmat ko‘rgan. Ular jamiyatda obro‘li insonlar hisoblangan.
✨ Zardo‘zlik – sharafli kasb.
Davomi bor...
✅O‘zbekiston xalq ustasi Baxshillo Jumaev hamda
✅”Hunarmand “ uyushmasi Axborot xizmati rahbari Nilufar Xotamova hamkorligida tayyorlandi.
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#Buxoro
✅Peshku tumanida istiqomat qiluvchi Shamsiyeva Hilola Murodulloyevna 5 yildan buyon “Hunarmand” uyushmasi a’zosi sifatida zardo‘zlik yo‘nalishida faoliyat yuritib kelmoqda.
⚡️U shu kungacha 20 nafarga yaqin shogird tayyorlagan.
📌Hozirda esa 5 nafar imkoniyati cheklangan yoshga hunar o‘rgatib, ularni mustaqil mehnat qilish va daromad topishga yo‘naltirmoqda.
Faсebook|✅Instagram
✅Youtube | ✅Murojaat yo'llash
#Buxoro
⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi “O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–410-son qarorining 1-ilovasi 19-bandiga muvofiq, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun joylarda ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish belgilangan.
📌Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida,"Hunarmand" uyushmasi Kogon shahar bo‘limi hamda Nuroniylar jamg‘armasi hamkorligida Kogon shahar “Nuroniylar maskani”da hunarmand Manzira Qosimova tomonidan “Kashtachilik va quroqchilik usulida tikish” yo‘nalishida to‘garak tashkil etildi.
✅To‘garakdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallada yashovchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni hunar o‘rganishga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat.
✅Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#Buxoro
⚡️Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi “Tinchlik” mahallasi hududdagi yirik mahallalardan biri hisoblanadi. Mazkur mahallada 1400 ta xonadonda qariyb 6 ming nafar aholi istiqomat qiladi.
📌Ushbu mahallada yashovchi Mehriniso Sanoqulova bir necha yildan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullanib keladi. U ovsini Zuhra Olimova bilan hamkorlikda ayollar uchun bejirim ko‘ylaklar, zamonaviy pardalar hamda ko‘rpa-yostiqlar tikib, oila byudjetiga munosib hissa qo‘shmoqda.
✅Ayni paytda ular 10 nafarga yaqin shogirdga tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rgatib, hunar orqali bandlikni ta’minlashga ham hissa qo‘shishmoqda.
➡️— Har kimning zari bo‘lmasa ham, hunari bo‘lsin ekan. Shu hunarim ortidan mahallada hurmat qozondim. Sevimli kasbim orqali daromad ham topyapman. Yaqin kelajakda faoliyatimni yanada kengaytirib, turli taqinchoq va bezaklar sotiladigan do‘kon ochish niyatidaman, — deydi Mehriniso Sanoqulova.
📊Darhaqiqat, hunar — insonni yuksaltiruvchi, uni jamiyatda o‘z o‘rniga ega qiladigan eng katta boylikdir.
Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#Buxoro
👍 Bugungi kunda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashi va o‘z salohiyatini namoyon etishiga xizmat qilmoqda.
📊Ayniqsa, so‘nggi yillarda tikuvchilik va milliy hunarmandchilik ayollar uchun daromad manbaiga aylandi.
🇺🇿Buxoro shahri “Foshun” mahallasida istiqomat qiluvchi Nozigul Yarasheva ana shunday mashaqqatli hunar orqali o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. U Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 33 million so‘m imtiyozli kredit olib, milliy ko‘rpa va ko‘rpachalar tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda.
⚡️Natijalar:
📊Mahallada uyda o‘tirgan ayollar ish bilan ta’minlandi
📊Bir oylik sof foyda o‘rtacha 6–7 million so‘m
📊Milliy an’analar asosida sifatli mahsulotlarga talab ortib bormoqda
📌Bu tashabbus nafaqat ayollar bandligini ta’minlaydi, balki milliy hunarmandchilikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
✅Faсebook|
✅Instagram
✅Youtube |
✅Murojaat yo'llash
#Buxoro
Qorovulbozorlik usta-hunarmandlar bilan uchrashuv!
Kohna Buxoroda azaldan hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatining oʻnlab turlari ravnaq topgan boʻlsa, bugun ana shu boqiy anʼananing bir qismi Qorovulbozorlik hunarmandlar hissasiga ham tegishli.
Bugunga kelib yurtimizning olis tumanlarida hunarmand ustalar soni ortib bormoqda. Har bir hunarmand oʻz faoliyatini kengaytirish va shogirdlar sonini koʻpaytirish niyatida.
Ularning takliflari, savol va murojaatlarini tinglash, muammolariga yechim topish maqsadida 28 yanvar kuni “Hunarmand” uyushmasi Buxoro viloyati Kogon shahar boʻlimi tomonidan hunarmand xotin-qizlar bilan seminar oʻtkazildi.
Seminarda hunarmandchilik sohasidagi yangiliklar va mavjud imtiyozlar haqida batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, hunarmandlarning faoliyat yuritishi uchun joy, kredit olish imkoniyatlari hamda xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish shartlari boʻyicha savol-javoblar boʻlib oʻtdi.