TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Аниме,Музыка, Аниме эдиты

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

Find similar content

Source channel @StickerEdit · Post #5721 · Apr 29

Аниме: #БлюЛок Тип: #Авы

Results

131 similar posts found

Search: #ekoreyd

当前筛选 #ekoreyd清除筛选
Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #24845 · 04/07/2026, 02:11 PM

#Ekopartiya #Oltinsoy_tumani #Ekoreyd Atrof-muhit musaffoligiga befarq bo'lmaylik Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Oltinsoy tuman Kengashi raisi B. Eshonqulova tashabbusi bilan tumandagi “Jilibuloq” mahallasida hamda 30-sonli maktab hududida ekologik reyd tadbiri o'tkazildi. ♻️ Reyd davomida hududning sanitariya holati, atrof-muhit tozaligi hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari o‘rganildi. Mutasaddilar tomonidan hudud ko‘zdan kechirilib, mavjud holat yuzasidan monitoring olib borildi. 🔎 O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlar jalb qilinib, muammolarni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilir joyida bartaraf etildi. 🌿 Shuningdek, hudud mas’ullariga maishiy chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, atrof-muhitni asrash, hudud tozaligini doimiy nazoratda saqlash bo‘yicha zarur tavsiyalar va tushuntirishlar berildi. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #24750 · 04/06/2026, 01:45 PM

#Ekopartiya #Qiziriq_tumani #Ekoreyd O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziriq tuman partiya tashkiloti raisi Q. Igamberdiyeva tashabbusi bilan tumandagi Tibbiyot birlashmasida tibbiy chiqindilarni zararsizlantirish jarayonini o‘rganish maqsadida ekoreyd o‘tkazildi. Ekoreyd davomida tibbiyot muassasasida hosil bo‘ladigan tibbiy chiqindilarni yig‘ish, saqlash hamda ularni zararsizlantirish tartiblariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, xavfli tibbiy chiqindilarni mufel pechlari orqali zararsizlantirish jarayonining amaldagi sanitariya-gigiyena va ekologik talablarga qay darajada mos ravishda amalga oshirilayotgani o‘rganildi. Shuningdek, tibbiy chiqindilarni to‘g‘ri saralash, ularni maxsus belgilangan joylarda vaqtincha saqlash, belgilangan tartibda zararsizlantirish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’minlash masalalari yuzasidan muassasa mutasaddilari bilan suhbatlar olib borildi. Ekoreyd jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berilib, tibbiy chiqindilar bilan ishlashda ekologik xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi. Mazkur ekoreydning asosiy maqsadi tibbiy chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olishdan iboratdir.

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #25454 · 04/21/2026, 04:27 AM

#Ekopartiya #Jarqoʼrgʼon_tumani #Ekoreyd O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi tomonidan hududlarda ekologik holatni o‘rganish va mavjud muammolarni aniqlash maqsadida navbatdagi ekoreyd tashkil etildi. Mazkur reydda tuman Kengashi raisi K.G‘afurjonov, Xalq deputatlari tuman Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat O. Maxmudov hamda tuman markaziy chiqindi yig‘ish poligoni mas’ul xodimi A. Muxammadiyevlar ishtirok etdi. Ekoreyd Jarqo‘rg‘on tumani “Qo‘shtepa” mahallasi hududida joylashgan markaziy chiqindi yig‘ish poligonida o‘tkazilib, unda chiqindilarni to‘plash, saralash va zararsizlantirish jarayonlari atroflicha o‘rganildi. O‘rganish davomida poligonda bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlanib, xususan, chiqindilarni saralash ishlari talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi, chiqindilarni zararsizlantirish bo‘yicha belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilmayotgani, maxsus chuqur handaqlar mavjud emasligi hamda chiqindilarni tuproq bilan ko‘mish ishlari olib borilmayotgani ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ul shaxslarga joyida tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, mazkur holat yuzasidan masalani qat’iy nazoratga olish hamda kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputatlik so‘rovi kiritilishi belgilandi. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon · Post #23197 · 02/20/2026, 12:53 PM

#Termiz_shahar #Termiz_tumani #Ekoreyd ♻️ “Yashil dunyo” dehqon bozorida ekologik reyd o‘tkazildi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Termiz shahar hamda Termiz tumani partiya tashkilotlari hamkorligida Termiz shahridagi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozorida ekologik reyd tadbiri tashkil etildi. Mazkur reyddan ko‘zlangan asosiy maqsad — bozorda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligini o‘rganish, iste’molchilar salomatligini himoya qilish hamda ekologik va sanitariya madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi. Ekoreyd davomida, ayniqsa, go‘sht va qatiq (sut) mahsulotlarining saqlanish sharoiti, ularning ochiq yoki yopiq holda savdoga qo‘yilgani, sovutish tizimlari mavjudligi, mahsulotlarning sifati va tozaligiga alohida e’tibor qaratildi. Sotuvchilarga sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish, mahsulotlarni belgilangan tartibda saqlash, atrof-muhitni toza tutish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati

Navoiy viloyat Kengashi

@navoiyekopartiya · Post #20712 · 03/11/2026, 05:39 PM

#Navoiy #Ekoreyd Navoiy shahrida ekoreyd: daraxtni to‘sib qo‘ygan qum olib tashlandi Navoiy shahrida atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni saqlab qolish va ekologik madaniyatni oshirish maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy shahar Kengashi tomonidan navbatdagi ekoreyd tadbiri o‘tkazildi. Ekoreyd jarayonida Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkor tomonidan daraxt atrofiga qurilish uchun mo‘ljallangan qum qo‘yilgani aniqlandi. Tadbirkorga tegishli tushuntirish ishlari olib borililishi natijasida daraxt atrofidagi qum olib tashlandi. Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇Kanalimizga obuna bòling! https://t.me/navoiyekopartiya

Navoiy viloyat Kengashi

@navoiyekopartiya · Post #19339 · 12/16/2025, 12:03 PM

#Navoiy #Ekoreyd 📌 Har bir daraxt – nafas, uni asrash esa burch! 🌿 Atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil makonni asrab-avaylash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Afsuski, reklama va boshqa faoliyatlar fonida ko‘p hollarda daraxtlarga nisbatan loqayd munosabatlar, ularning zararlash holatlari uchramoqda. Shu kabi muammolarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy shahar Kengashi tomonidan Shabboda hamda Tolstoy ko‘chalarida ekoreyd tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida partiya vakili tomonidan ayrim tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan daraxt tanalariga reklama bannerlari, e’lonlar, afishalar yopishtirilgani aniqlab, reklama materiallarini olib tashlash choralarini ko‘rdi. 📣 Ekopartiya bu boradagi faoliyatini izchil davom ettiradi va barcha fuqarolarni tabiatni asrashda hamkorlikka chorlaydi! Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling https://t.me/navoiyekopartiya

Navoiy viloyat Kengashi

@navoiyekopartiya · Post #19254 · 12/12/2025, 10:34 AM

#Navoiy #Ekoreyd O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy shahar Kengashi raisi tomonidan Lochin MFY hududida tozalik va obodonlashtirish borasidagi masalalarni ko‘zdan kechirildi. Reyd davomida mahalladagi Energetiklar ko‘chasida to‘planib qolgan xazon barglari va mayda chiqindilar ko‘zga tashlandi. Ushbu holat bo‘yicha mas’ul tashkilot — “Stimul Navoiy” MChJga xabar berildi. Shahar Obodonlashtirish ishchi xodimlari xazonlarni belgilangan tartibda yig‘ib, maxsus ajratilgan poligonga olib chiqib tashladi. Kichik e’tiborsizliklar katta ekologik muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, mahalla va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va tezkor choralar ko‘rish shahar obodonchiligida muhim o‘rin tutadi. Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling https://t.me/navoiyekopartiya

Navoiy viloyat Kengashi

@navoiyekopartiya · Post #21065 · 03/31/2026, 05:00 AM

#Zarafshon #Ekoreyd Zarafshon shahrida ekologik muhitni yaxshilash, hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish va ta’lim muassasalarida qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zarafshon shahar Kengashi raisi hamda partiyadan Xalq deputatlari shahar Kengashiga saylangan deputatlar tomonidan 10-sonli “Ovunchoq” maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida, avvalo, muassasa hududidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavjud yashil hududlarning holati, bolalar uchun yaratilgan ekologik muhit hamda obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti hududini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida jami 60 dona mevali daraxt ko‘chatlari hamda 150 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan. Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇👇Kanalimizga obuna bo‘ling https://t.me/navoiyekopartiya

Navoiy viloyat Kengashi

@navoiyekopartiya · Post #21024 · 03/30/2026, 03:52 PM

#Zarafshon #Ekoreyd Zarafshon shahrida ekologik holatni yaxshilash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda toza va obod muhitni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zarafshon shahar Kengashi raisi tomonidan Bahor MFY hududida ekoreyd tadbiri tashkil etildi. O‘rganishlar jarayonida mahalla hududida joylashgan chiqindixonalardan birida chiqindilar me’yoridan ortib ketgani aniqlanib, bu holat atrof-muhitga hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi. “Toza hudud” davlat unitar korxonasining Zarafshon shahar bo‘limi mas’ul xodimlariga murojaat qilindi. Natijada, korxona xodimlari tomonidan chiqindilar olib chiqilib, hudud to‘liq tozalandi. Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇Kanalimizga obuna bo‘ling! https://t.me/navoiyekopartiya

Navoiy viloyat Kengashi

@navoiyekopartiya · Post #21021 · 03/30/2026, 03:52 PM

#Zarafshon #Ekoreyd Zarafshon shahrida ekologik holatni yaxshilash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda toza va obod muhitni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zarafshon shahar Kengashi raisi tomonidan Alisher Navoiy MFY hududida ekoreyd tadbiri tashkil etildi. O‘rganishlar jarayonida mahalla hududida joylashgan chiqindixonalardan birida chiqindilar me’yoridan ortib ketgani aniqlanib, bu holat atrof-muhitga hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi. “Toza hudud” davlat unitar korxonasining Zarafshon shahar bo‘limi mas’ul xodimlariga murojaat qilindi. Natijada, korxona xodimlari tomonidan chiqindilar olib chiqilib, hudud to‘liq tozalandi. Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇Kanalimizga obuna bo‘ling! https://t.me/navoiyekopartiya

Navoiy viloyat Kengashi

@navoiyekopartiya · Post #20849 · 03/19/2026, 03:42 AM

#Zarafshon #Ekoreyd Zarafshon shahrida ekologik holatni yaxshilash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda toza va obod muhitni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zarafshon shahar Kengashi raisi tomonidan Quruvchi MFY hududida ekoreyd tadbiri tashkil etildi. O‘rganishlar jarayonida mahalla hududida joylashgan chiqindixonalardan birida chiqindilar me’yoridan ortib ketgani aniqlanib, bu holat atrof-muhitga hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi. “Toza hudud” davlat unitar korxonasining Zarafshon shahar bo‘limi mas’ul xodimlariga murojaat qilindi. Natijada, korxona xodimlari tomonidan chiqindilar olib chiqilib, hudud to‘liq tozalandi. Ekopartiya Navoiy viloyati Kengashi matbuot xizmati 👇Kanalimizga obuna bo‘ling! https://t.me/navoiyekopartiya

123•••1011
PreviousPage 1 of 11Next