Meni ishim haqida kwork'dagi mijoz fikri❤️
Hozirgi buyurtmam, qaysidir "dizayner" chizib bergan dizaynini qaytadan chizib beryapman. Menimcha, bu mijozga yoqyapti...
P.S. Bizdagi mijozlar, ha mayli... Mijozim qaysi soha vakili ekanligini tahmin qilib ko'ring va izohga yozib qoldiring))
@suxrobblog > #kwork#buyurtma
Kwork'da profil ochib qoʻydim. Bir ikkita ishlardan yengillab olsam, boshida kichikroq buyurtmalar olishga harakat qilib koʻrishim mumkin.
Masalan, boshida mobil dizaynlarga aloqador buyurtmalarga eʼtiborimni qaratishim mumkin.
— Mana buyerda aytilgan dasturchi aka esa, bitta proektni kelishib qoʻyib, 4-5 oydan beri, mijozdan feature'lar qoʻshtirib ketayotgan ekan. Yaʼniki, oylik emas, bitta summaga (fixed) kelishilgan proektni qoʻshimchalar qoʻshish bilan ishlab borayotgan ekanlar.
🎚️ Shu uchun mijoz bilan kelishuvni puxta qilish kerak, iloji boricha dizayn boʻyicha buyurtmani MVP bosqichiga deb kelishish kerak yoki qoʻshiladigan feature'larni oldindan aniqlab olib, shundan chiqmay ishlash kerak.
@suxrobblog » #kwork#frilans
💻Kwork.ru bo‘yicha fikrlarimni bo'lishishda davom etaman...
Hozirda bir mijoz bilan faol tarzda ishlayapman. Bundan tashqari, yaqinda yana bir mijozdan 5 ta loyiha chiqdi (har biri taxminan 30 000± rubl atrofida edi), lekin hozircha ularni rad etdim. Sababi, avval mavjud mijozlarimning ishini tugatib bermoqchiman. Ularga, hozirgi ishlarim tugashi bilan ularning loyihalarini olishim mumkinligini ham aytib qo‘yganman.
Umuman olganda, Kwork platformasida ishlash menga deyarli qiyinchilik tug‘dirmayapti. Faqat bitta masala bor, rus tilini yaxshilab o‘rganishim kerakligini his qilyapman 😅. Ko‘p terminlarni bilmayman, ba’zan oddiy yozishmalarda ham qiynalib qolyapman. Shuning uchun rus tilini ham asta-sekin o‘rganib borishim kerak.
(O‘zbek tilidan tashqari yana 3 ta til bo‘lyapti-a, karl! 😄)
Mijozimning o‘zi ham samimiy va ochiqko‘ngil inson ekan. Suhbat davomida, komplementlar qilib turibdi. To‘g‘risi, ularning budjeti ish hajmiga nisbatan ancha past narxda, lekin men baribir loyihani bajarib beraman deb aytganman. Jarayonlar cho‘zilib ketsa yoki menga minusga ketsa ham, so'zimda turib, ishni oxirigacha yetkazish niyatidaman.
Shu o‘rinda aytishim kerakki, mijozim ham suhbatda: “Ishni tashlab ketasiz deb o‘ylagandim” degandek gapirdi. Endi esa menga ishonch bildirayotgani sezilib, komplement qilib turibdi. Ishqilib, buncha maqtovdan keyin qo‘lim ishga bormay qolmasa bo‘ldi edi 😄
Xulosa qiladigan bo'lsak:
Kishi aytgan gapi va olgan mas’uliyati uchun javob bera olishi kerak.
Agar bunga tayyor bo‘lmasa, “bu ishga aqlim yetmaydi” deb boshqa yo'lni tanlagani afzal. Ishning sifati ham, obro‘si ham shundan boshlanadi.
@suxrobblog » #kwork#frilans#mijoz