Professor-o‘qituvchilarimiz bilan tanishing
🎓Malika Xasanova — Al-Xorazmiy universitetida akademik yozuv va muloqot ko‘nikmalari fanidan ma'ruzachi-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Malika Xasanova Toshkentdagi Webster universitetida "Ta’lim va innovatsiyalar" yo'nalishida magistrlik darajasini olgan.
📚 6 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan malakali mutaxassis sifatida davlat maktablari va o‘quv markazlarida ingliz tili, CEFR hamda IELTS yo‘nalishida yuzlab o‘quvchilarni tayyorlagan.
⚡️Uning shogirdlari mahalliy va xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarga erishgan.
💫 Malika Xasanova uchun o‘qituvchilik — bu shunchaki kasb emas. Bu — ijodkorlik, mehr va mas’uliyatdir.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#MeetOurProfessors#professor#alkhwarizmi
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
Professor-o‘qituvchilarimiz bilan tanishing
⚡️Suxrob Yangibayev — endilikda Al-Xorazmiy universitetida Kompyuter dasturlash fanidan ma’ruzachi-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda.
🎓 Suxrob Yangibayev Sankt-Peterburg davlat elektrotexnika universitetida tahsil olgan.
Kasbiy faoliyati davomida bir qator tashkilotlarda muhandis sifatida faoliyat olib borgan hamda TATU Urganch filialida stajyor-o‘qituvchi sifatida dars bergan.
✔️ Suxrob Rustamovichning amaliy tajribasi va zamonaviy IT texnologiyalariga oid chuqur bilimlari talabalarga zamon talablariga mos, innovatsion ta’lim berishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonamiz.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#MeetOurProfessors#professor#alkhwarizmi
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot
Professor-o‘qituvchilarimiz bilan tanishing
⚡️ Dr. Cosimo Buffone — endilikda Al-Xorazmiy universiteti Dron texnologiyalari muhandisligi fakultetida fizika fanidan professor sifatida faoliyat yuritmoqda.
✅ Dr. Buffone Xitoydagi Tianjin Savdo universitetida dotsent bo‘lgan, shuningdek, Université libre de Bruxelles (Belgiya), Edinburg universiteti (Buyuk Britaniya) va Italiyadagi ta’lim muassasalarida ham dars bergan.
Ilmiy faoliyati:
⏺ Rimdagi “La Sapienza” universitetida Aerokosmik muhandislik yo‘nalishida tahsil olgan;
⏺ Buyuk Britaniyaning Edinburg universitetida “Mikrosistemalarda issiqlik va massa almashinuvi” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan;
⏺ 29 ta ilmiy maqola va 5 ta patent muallifi;
⏺ Scopus bazasida 770 dan ortiq iqtibosga ega.
Kasbiy faoliyati:
⏺ 20+ yil davomida Yevropa Kosmik Agentligi, Rolls-Royce, Airbus, Moog kabi nufuzli tashkilotlar bilan yirik ilmiy loyihalarda ishtirok etgan;
⏺ Faoliyat yuritgan tashkilotlariga 4,4 mln yevrodan ortiq ilmiy grant va loyihalar jalb qilgan;
⏺ Belgiyadan Xitoygacha 5 mamlakatda ilmiy izlanish va pedagogik faoliyat olib borgan.
🎗 Al-Xorazmiy universiteti jamoasi Dr. Cosimo Buffone’ning chuqur ilmiy bilimlari va boy tajribasi talabalarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor bo‘lishiga ishonadi.
🔁English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#MeetOurProfessors#professor#alkhwarizmi
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot