#Press_tur
Bo‘stonliqda asalarichilik sanoatga aylanmoqda
📍Bo‘stonliq tumani "Dumaloq" mahallasida Turkiya texnologiyasi asosida 20 turdagi asal mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
✅Mazkur loyiha yangi ish o‘rinlari, eksport va barqaror daromadni ta’minlaydi.
🍯Press-tur davomida jurnalistlar tajribali asalarichi Begali Amirqulov xonadonida bo‘lib, 40 yillik tajribaning samarasini ko‘rdi: 8 ta ish o‘rni va oyiga o‘rtacha 20 mln so‘m daromad.
Bugun tumandagi 20 ga yaqin mahalla asalarichilikka ixtisoslashgan. 2025-yilda ushbu sohada faoliyat boshlagan 200 nafardan ortiq tashabbuskorga imtiyozli kreditlar ajratilib, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Sayt | Telegram| Facebook | Instagram| Youtube|X
#Press_tur
Namanganda bo'lib o'tgan forum doirasida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi
✅ Unda 30 nafardan ortiq mahalliy va xorijiy jurnalistlar Namangan va To‘raqo‘rg‘on tumanlaridagi gulchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan mahallalarda bo'lib, barqaror bandlikni taʼminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Sayt | Telegram |Facebook | Instagram | Youtube| X
#press_tur
🚜Andijonda yig'ilayotgan arzon mini traktorlar
Xabar berganimizdek, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Axborot xizmati tomonidan Andijon viloyatiga press-tur tashkil etildi.
Bugun OAV vakillari Izboskan tumanida Ilhomjon Qosimov tomonidan mahalliy ehtiyot qismlari va “Matiz” dvigatelidan yig'ilgan mini traktorlar bilan tanishdi.
Dastlab o‘z tomorqasiga ishlov berish maqsadida yaratilgan ushbu texnika import qilinadigan traktorlardan qariyb 2 baravar arzon va yoqilg'i sarfi oz.
Ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirgan tadbirkor tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi. Kelgusida traktorlar sonini 100 dan oshirish va bu orqali yuzga yaqin fuqarolarni ish bilan band qilish rejalashtirilgan.
Tomorqachilik bilan shug‘ullanayotgan oilalarga qulaylik yaratish maqsadida ayni paytda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan mazkur texnikalarni realizatsiya qilish, xususan aholiga lizing asosida berish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Sayt | Telegram |Facebook | Instagram | Youtube
#press_tur
🍇Andijondagi “uzumchilar” mahallasini bilasizmi?
Press-tur ishtirokchilari Buloqboshi tumanidagi M. Ismoiliy mahallasida bo‘lib, aholining “Bir kontur - bir mahsulot” tamoyili asosida uzum yetishtirish borasidagi yutuq va tajribalarini o‘rgandi.
Mahalladagi 405 ta xonadonning 325 tasi uzumchilik bilan shug‘ullanadi. Ular yiliga 900 tonnaga yaqin hosil olmoqda.
Uzumchilikka ixtisoslashgan ushbu mahallada hosilni saqlash va realizatsiya qilish uchun maxsus sovitkich va omborlar ham qurilgan.
E’tiborlisi, uzumlarni to‘g‘ri parvarishlash va yuqori hosil olish maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashabbusi bilan mahallaning o‘zida maxsus Agromarkaz tashkil etildi.
Sayt | Telegram |Facebook | Instagram | Youtube
#press_tur
Navbatdagi manzil - Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tashabbusi bilan tashkil qilingan issiqxona
Press-tur davom etmoqda. Ishtirokchilar Oltinko‘l tumanidagi 5 gektar maydonda barpo etilgan issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Issiqxona 50 ta kam ta’minlangan oilalarga 10 sotixdan 2 yilga ijaraga berilgan. Yiliga uch marta hosil olish hisobiga har bir oila 150-200 million soʻmdan daromad topadi. Tadbirkor koʻchat, urugʻ, oʻgʻit, yoqilgʻini yetkazib berib, hosilni oʻzi sotib oladi va eksport qiladi.
Bu yerda fuqarolar mahsulot yetishtirish bilan bir qatorda zamonaviy oʻquv xonalarida Bandlik vazirligi tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislar ishtirokida tomorqachilik sirlarini o‘rganmoqda.
Bu kabi issiqxonalar kambagʻallik yuqori Ulugʻnor, Paxtaobod, Xoʻjaobod, Marhamat va Andijon tumanlarida ham barpo etiladi.
Sayt | Telegram |Facebook | Instagram | Youtube
#press_tur
▶️ Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Axborot xizmati tomonidan Andijon viloyatida tashkil etilgan press-tur boshlandi.
Unda OAV vakillari kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni taʼminlash, aholini tadbirkorlikka jalb qilish va daromadini oshirishga qaratilgan loyihalar, shuningdek, kichik sanoat zonalari faoliyati, aholi uchun yangi ish oʻrinlari va yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishmoqda.
📍Ilk manzil - vodiyda yagona bo‘lgan Andijon mebel markazi.
16 gektar maydonni egallagan ushbu markazni barpo etishga 50 milliard soʻm yoʻnaltirilgan bo‘lib, loyiha natijasida 1000 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratilgan.
Bu yerda 100 ta ishlab chiqarish obyekti, 236 ta savdonuqtasi va shourumlardan tashqari zamonaviy logistika markazi hamda dizaynerlik maktabi faoliyat yuritmoqda.
Markazda yiliga 160 ming dona mebel ishlab chiqarilib mahalliy va xorijiy bozorlarga yo‘naltiriladi.
Sayt | Telegram |Facebook | Instagram | Youtube
#Press_tur
Avtomatlashtirilgan boshqaruv orqali korrupsion xavflar kamaymoqda
“Ochiq eshiklar kuni” doirasida Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida press-tur tashkil etildi.
👉Batafsil
___
С помощью автоматизированного управления снижаются коррупционные риски
В рамках «Дня открытых дверей» для представителей СМИ в Шуртанском газохимическом комплексе был организован пресс-тур.
👉Подробно
👇Bizni kuzating:
🌐web-sayt | 📷instagram | 👉telegram | ▶️youtube | 💬facebook
#Press_tur
Ayni vaqtda, "Uzbekistan GTL" zavodida jurnalist va media vakillari ishtirokida o‘tkazilayotgan press-tur davom etmoqda
web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook
#press_tur
Gaz-kimyo sanoatining yuragiga press-tur
Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida joylashgan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasiga ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
👉Batafsil
👇Bizni kuzating:
web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook
#press_tur
🥹 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Termiz shahrida OAV vakillari uchun tashkil etilgan press-turga start berildi
🇺🇿 Tadbirda 15 nafardan ziyod OAV vakillari va blogerlar ishtirok etmoqda.
☺️ Ishtirokchilar dastlab shahar markazidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazida bo'ldi.
📝telegram💻instagram
📝facebook🐧xcom
🎞youtube🎖ihma.uz
#press_tur
Keyingi manzil — Xo‘jaobod tumanidagi 17-sonli maxsus maktab-internati
Maktab-internatining yo‘nalishi – eshitish idrokini rivojlantirish. Quvvati-240 o‘ringa mo’ljallangan. Hozirda jami o‘quvchilar soni 186 nafarni, sinflar soni esa 23 tani tashkil etadi.
Maktabdagi yo’lga qo’yilgan to‘garaklar:
1. Fan to‘garaklari – 16 ta
2. Barkamol avlod bolalar maktabidan qo‘yilgan to‘garaklar – 4 ta. (Floristika, moxir qo‘llar, robototexnika, rassomchilik)
3.Kasb-hunarga yo‘naltirilgan to‘garaklar – 4 ta. (kosibchilik, chilangarlik, duradgorlik, pazandachilik)
To‘garaklarga jalb etilgan o‘quvchilar soni – 140 nafar tashkil qiladi.
Bundan tashqari, Andijon shahrida joylashgan “Muhammad yusuf ijod maktabi”dagi bir qator to’garaklarga ham o’quvchilar jalb etilgan. Bular mediadizayn, aktiyorlik, kompyuter savodhonligidir.
#press_tur doirasida hududiy matbuot kotiblari va OAV vakillari uchun trening tashkil etilib, unda Agentlikning kommunikatsiya strategiyasi, fuqarolar muammolarini aniqlash, ularni monitoring va tahlil qilish, inqirozli vaziyatlarda to’g’ri kommunikatsiyani yo’lga qo’yish, shu bilan birga amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar mohiyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot namoyish etildi.
Trening yakunlari bo'yicha tadbirda ishtirok etgan barcha OAV vakillariga ijtimoiy sohani faol yoritganligi va ishtiroki uchun tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.
Bu kabi press-turlar boshqa viloyatlarda ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
📝telegram💻instagram
📝facebook🐧xcom
🎞youtube🎖ihma.uz